16.12.2014 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining infrastrukturasini yanada takomillashtirish va respublika mintaqalaridan boʻlgan talabalar yashashlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalarining oʻqishi va yashashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) Toshkent shahri, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan 2-Respublika tibbiyot kolleji yotoqxonasining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda obyektni belgilangan tartibda bersin, Universitetga esa qabul qilib olsin va undan kelgusida samarali foydalanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Universitet tomonidan ishlab chiqilgan Universitet infratuzilmasini yanada kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitet obyektni mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitetning talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar obyektni kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet obyektni mukammal taʼmirlash, uni zarur asbob-uskunalar, mebel, inventar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, tutash hududni obodonlashtirish, shuningdek, zarur hollarda obyektga mos muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni almashtirish ishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Universitetga uning asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha Dasturni amalga oshirish uchun 2-ilovaga muvofiq jadvalga muvofiq 2016-yildan boshlab 3 yil mobaynida bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan 3,0 mlrd soʻmgacha miqdorda foizsiz budjet ssudasi ajratilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet va bosh pudratchi tashkilot tomonidan maʼqullangan Dasturni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha obyektni mukammal taʼmirlash uchun olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, inventarlar, moddiy-texnika resurslari 2016-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) istisno tariqasida ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda obyektni mukammal taʼmirlash boʻyicha bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan qurilish nazoratini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-dekabrdagi 342-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti infratuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbai

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Yotoqxonani kapital taʼmirlash va jihozlash

1.1.

Universitetga berilayotgan yotoqxona binolari va inshootlarining texnik holatini konstruktiv tekshirish

Universitetning oʻz mablagʻlari, xayriya ehsonlari

2015-yil fevral — aprel

Davarxitektqurilish, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

1.2.

Yotoqxona binosi va inshootlarini mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutini tanlash boʻyicha tender oʻtkazish

-

2015-yil mart — may

Davarxitektqurilish,

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

1.3.

Yotoqxona binosi va inshootlarini mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

Universitetning oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi va homiylik xayriyalari

2015-yil avgust

Loyiha instituti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

1.4.

Yotoqxona binosi va inshootlarini kapital taʼmirlash boʻyicha bosh pudratchini tanlash yuzasidan tender oʻtkazish

-

2015-yil sentabr — oktabr

Davarxitektqurilish, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

1.5.

Zarur asbob-uskunalar, mebel, inventar va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlagan holda yotoqxona binosi va inshootlarini kapital taʼmirlash

Universitetning oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi va homiylik xayriyalari

2016-yil sentabr

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

Bosh pudratchi

II. Muhandislik-kommunal infratuzilma obyektlari va hududni obodonlashtirish

1.6.

Yotoqxonaga optik tolali aloqa liniyasini yotqizish

Universitetning oʻz mablagʻlari,

xayriya ehsonlari

2016-yil aprel

“Oʻzbektelekom” AK

1.7.

GRP qurilishi bilan oʻrtacha bosimli gaz quvurlarini yotqizish

“Oʻztransgaz” AK

2016-yil aprel

“Oʻztransgaz” AK

1.8.

Avtonom gaz-elektr qozonxona stansiyasini qurish

Universitetning oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi va homiylik xayriyalari

2016-yil iyun

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

Bosh pudratchi

1.9.

Tashqi suv va kanalizatsiya tarmoqlarini yotqizish

Universitetning oʻz mablagʻlari,

xayriya ehsonlari

2016-yil aprel

“Suvsoz” DUK, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

1.10.

Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish

Universitetning oʻz mablagʻlari, budjet ssudasi va homiylik xayriyalari

2016-yil sentabr

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

Bosh pudratchi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 16-dekabrdagi 342-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz budjet ssudasini soʻndirish grafigi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Qaytarish sanasi

Summa (mln. soʻm)

1.

2017-yil 10-mart

500,0

2.

2017-yil 10-noyabr

500,0

3.

2018-yil 10-mart

500,0

4.

2018-yil 10-noyabr

500,0

5.

2019-yil 10-mart

500,0

6.

2019-yil 10-noyabr

500,0

JAMI

3 000,0