Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 03.12.2014 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillarda umumtaʼlim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan taʼminlash chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarorini bajarish yuzasidan, umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarining mavjud sport zallari toʻliq xatlovdan oʻtkazilganligi hamda ularning moddiy-texnika bazasi oʻrganilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2015 — 2020-yillarda umumtaʼlim maktablarini zamonaviy sport zallari bilan taʼminlash chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015 — 2020-yillar davrida umumtaʼlim maktablari uchun sport zallari qurishning 1-ilovaga* muvofiq asosiy parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining sport zallarini jihozlashning 2-ilovaga* muvofiq normativlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar mablagʻlari, respublika yuridik va jismoniy shaxslarining xayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha dasturlarni shakllantirishda ularning manzilli qismiga umumtaʼlim maktablari uchun sport zallari qurish loyihalarini kiritsinlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan har yilgi manzilli dasturlarga muvofiq umumtaʼlim maktablari uchun sport zallari qurish parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 49-son, 583-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 38-son, 1049-modda)