Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.12.2014 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun sharoit yaratish orqali ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2015-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ta’sir etadigan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tegishli loyiha va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhokama ishtirokchilari tomonidan berilgan takliflar tegishli loyiha va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiquvchilar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha maxsus bo‘lim ishlashini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalidagi maxsus bo‘limni texnik jihatdan doimiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari va aholi o‘rtasida mazkur qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini keng yoritish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tavsiya etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur qarorning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi va sifati bo‘yicha muvofiqlashtirishni hamda monitoring olib borishni, shuningdek zaruratga ko‘ra qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 2-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) ularni muhokama qilish yo‘li bilan baholash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jadval — normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish, muhokama qilish va kiritish (qabul qilish)ning barcha bosqichlarini amalga oshirishni hamda aniq muddatlarini nazarda tutadigan, ishlab chiquvchi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat — O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari va qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish — tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni va boshqa zarur ma’lumotlarni Yagona portalga joylashtirish, shuningdek muhokama ishtirokchilarining taqdim etilgan takliflarni ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash uchun umumlashtirish va ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchilar — tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqqan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhokama ishtirokchilari — Yagona portalda joylashtirilgan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan takliflar taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholashning maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud yechimini tahlil qilish orqali normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan) ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan qoidalarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tadbirkorlik subyektlariga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini tadbirkorlik subyektlarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlarni joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ancha xarajatlar qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar (shartlar)ni joriy etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining 30 va undan ortiq foizining huquq va qonuniy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tadbirkorlik subyektlarining belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki qo‘shimcha majburiyatlar joriy qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tadbirkorlik subyektlari uchun yangi turdagi javobgarlik choralarini joriy qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tadbirkorlik subyektlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqa turdagi imtiyoz, kafolat va preferensiyalarni belgilashni, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yangi huquqlar berishni nazarda tutuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari muhokama qilinishi va ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni baholash ular tartibga soladigan tegishli yo‘nalish va masalalarni yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning ishlab chiquvchilari tashabbusi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining takliflariga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va boshqa vakolatli organlarning o‘z vakolati doirasiga kiritilgan tegishli yo‘nalish va masalalar yuzasidan takliflari, shuningdek ular tomonidan tartibga solinadigan masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining asoslantirilgan jamoaviy murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qabul qilinadigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik qoidalarini yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri baholanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash maqsadida muhokama qilish jarayoni bo‘yicha tashabbus bilan chiqish, shuningdek muhokama ishtirokchilarining takliflarini umumlashtirish va ko‘rib chiqish tegishli ishlab chiquvchilar tomonidan o‘zlari tasdiqlagan jadval asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish to‘g‘risida xabarnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi uning manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish jarayoni boshlanishidan oldin — majburiy tarzda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat muhokamasi esa — u kuchga kirgandan so‘ng kamida bir yildan keyin o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni muhokama qilish uchun ishlab chiquvchi Yagona portalda muhokama o‘tkazish haqidagi xabarni, jadvalni, ta’siri baholanayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni, shuningdek muhokama ishtirokchilari uchun so‘rovnomani joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama ishtirokchilari uchun so‘rovnoma namunaviy shakllarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun — mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat uchun — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Muhokama o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani qabul qilish zaruratining asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning turi, nomi va rejalashtirilayotgan kuchga kirish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchi to‘g‘risida ma’lumot;

ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddati, bunda ushbu muddat xabarnoma Yagona portalda joylashtirilgan kundan boshlab 15 kundan kam bo‘lishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni baholash orqali hal qilinishi yoki o‘rganib chiqilishi kerak bo‘lgan muammo (masala)ning tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchi to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjat bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddati, bunda ushbu muddat xabarnoma Yagona portalda joylashtirilgan kundan boshlab 15 kundan kam bo‘lishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomaga, ishlab chiquvchining fikricha, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga oid boshqa ma’lumotlarga tegishli bo‘lgan axborot ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Muhokamalarni o‘tkazish va takliflarni umumlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muhokama qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat bo‘yicha takliflar muhokama ishtirokchilari tomonidan Yagona portalda mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq joylashtirilgan so‘rovnomalarni to‘ldirish yo‘li bilan taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Muhokama ishtirokchilari so‘rovnomalarda ko‘rsatilmagan masalalar bo‘yicha ham o‘zlarining asoslantirilgan takliflarini ixtiyoriy shaklda bildirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muhokama ishtirokchilari tomonidan muhokama predmetiga oid bo‘lmagan, asoslantirilmagan va aniq ifodalanmagan, shuningdek xabarnomada ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng taqdim qilingan takliflar ishlab chiquvchilar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishlab chiquvchilar muhokama ishtirokchilarining tushgan takliflarini umumlashtiradi va qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotni, agar rad etilgan bo‘lsa — asoslantirilgan sababni Yagona portalda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tushgan takliflar, ularning qabul qilinganidan yoki rad etilganidan qat’i nazar, Yagona portalda joylashtirilgan holda qoldirilishi va cheklanmagan doirada, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasining kelishuvini amalga oshirgan vazirliklar va idoralar uchun ham tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. O‘tkazilgan muhokamalar natijalarini inobatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha muhokama ishtirokchilarining takliflarini inobatga olish ishlab chiquvchilar tomonidan loyihani qabul qilingan takliflarga muvofiq qayta ishlash orqali va jadvalda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda loyihani qayta ishlash muddati muhokama tugaganidan so‘ng 30 kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishlab chiquvchilar qayta ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini axborot tariqasida Yagona portalga takroran joylashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Yagona portalda takroran joylashtirilgan loyiha muhokama natijasida qayta ishlangan yoki loyihaga kiritilgan bandlarga, shuningdek ularni taqdim qilgan muhokama ishtirokchilari haqida tegishli axborotga havolalar bilan joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qayta ishlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi uni Yagona portalda qayta joylashtirish bilan bir vaqtda manfaatdor vazirliklarga va idoralarga belgilangan tartibda kelishish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha muhokama ishtirokchilarining takliflarini inobatga olish tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan muhokama qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish qabul qilingan takliflarga muvofiq va tasdiqlangan jadvalda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Bunda loyihani ishlab chiqish muddati muhokama tugaganidan so‘ng 30 kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishlab chiqilgan loyiha muhokama o‘tkazish va ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa tartibotlarni amalga oshirish uchun Yagona portalda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘tkazilgan muhokama va uning natijalari majburiy tarzda normativ-huquqiy hujjat loyihasiga tushuntirish xatida (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, mahalliy davlat organlari qarorlari tayyorlanganda — yuridik xizmat ma’lumotnomasida) aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining aniq muddati belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganda ushbu Nizomning 10, 16 va 19-bandlarida ko‘rsatilgan muddatlar o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tasdiqlangan jadvallarda ko‘rsatilgan muddatlar normativ-huquqiy hujjatlarning kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining belgilangan aniq muddatiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat bo‘yicha o‘tkazilgan muhokama materiallari, shu jumladan ular bo‘yicha kelib tushgan takliflar, muhokama tugaganidan so‘ng 3 yil mobaynida Yagona portalda saqlanishi va cheklanmagan doirada tanishib chiqish uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishlab chiquvchining rahbari ushbu Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning muhokama qilish uchun Yagona portalga joylashtirilishi, muhokama ishtirokchilardan kelib tushgan takliflarning ko‘rib chiqilishi va ularning qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi axborotning joylashtirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA

Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasini o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Izoh: kiritilishi, qabul qilinishi yoki kuchga kirishining aniq muddatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilganda ko‘rsatilgan muddatlar o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning muhokamasini o‘tkazish

3-ILOVA

Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat
‎loyihalari muhokamasi ishtirokchilari uchun
‎SO‘ROVNOMA

‎‎‎‎Bog‘lanish uchun axborot:
‎ ‎
‎Tashkilotning nomi
‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.): ________________________________‎‎
Tashkilotning faoliyat sohasi:‎‎ ________________________________‎
Bog‘laniladigan shaxsning F.I.O.:‎‎ ________________________________‎‎
Bog‘lanish telefoni raqami:‎‎ ________________________________‎‎
Elektron pochta manzili:‎‎ ________________________________‎‎
‎‎

‎‎1. Fikringizcha, taklif qilinayotgan loyiha qanday muammoni hal etishga qaratilgan? Ushbu muammo bugungi kunda ham dolzarbmi?
________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

‎‎‎2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi davlat aralashuvi zaruratini talab qiluvchi omillarni qanchalik to‘g‘ri aniqlagan? Taklif etilayotgan tartibga solishning maqsadi tartibga solish orqali hal etilishi lozim bo‘lgan muammo bilan qanchalik bog‘liq? Sizning fikringizcha, normativ-huquqiy tartibga solish uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishadimi?
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

‎3. Muammoni hal etishning tanlangan yo‘li maqbulmi (shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari uchun foydasi va zarari nuqtai nazaridan)? Davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ulardan, Sizningcha, yanada kam xarajatlisi va (yoki) samaralirog‘i bormi?
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________‎‎

‎4. Sizningcha, taklif etilayotgan tartibga solish qaysi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga daxldor (subyektlar turlari va sohalar bo‘yicha, Sizning shahar yoki viloyatingizdagi, tumaningizdagi soni)?
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎
‎5. Taklif etilayotgan tartibga solishni joriy qilish sohadagi raqobat muhitiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadimi, sohada kuchlar taqsimotining asossiz ravishda o‘zgarishiga olib keladimi? Agar o‘zgartirsa, qanday qilib? Imkoniyat darajasida miqdoriy ko‘rsatkichlarni keltirib o‘ti�g.
‎‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎‎6. Davlat tomonidan tartibga solish subyektlarining majburiyatlari, javobgarligi qanchalik to‘liq va aniq ifodalangan, shuningdek mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma’muriy tartibotlar qanchalik tushunarli yozilgan, hokimiyat funksiyalari va vakolatlari qanchalik aniq va har xil, tushunilmaydigan tarzda yozilganligiga baho bering. Taklif etilayotgan normalar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq emas yoki zid deb o‘ylaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, bunday normalar va normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rsatib o‘ting.
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎7. Taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar bormi? Har bir ko‘rsatilgan qoida bo‘yicha asoslab bering.
‎‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎
‎8. Sizningcha, mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasida belgilanayotgan talab va normalar ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq qanday muammo va qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin? Unda tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish mexanizmi nazarda tutilganmi?
‎‎‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎‎9. Taklif etilayotgan tartibga solish kuchga kirishi uchun o‘tish davri talab qilinadimi (agar talab qilinsa, uning muddati qancha), yangi tartibga solish kiritilishida muddat bo‘yicha qanday cheklovlarni inobatga olish lozim?
‎‎‎‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎‎
‎10. Sizningcha, ayrim guruh shaxslariga nisbatan tartibga solishni joriy etishda qanday istisnolarni qo‘llash maqsadga muvofiq? Tegishli asoslarni keltirib o‘ting.
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎11. Vakolatli organ tomonidan aniqlashtirilishi zarur bo‘lgan ko‘rib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasining aniq qoida va normalariga oid maxsus savollar.
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________‎‎

‎12. Tartibga solish ta’sirini baholash doirasida, Sizning fikringizcha, inobatga olinishi maqsadga muvofiq bo‘lgan boshqa taklif va e’tirozlar.
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi to‘g‘risida nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning
‎ muhokamasi ishtirokchilarining
‎ SO‘ROVNOMASI

‎‎‎‎Bog‘lanish uchun axborot:
‎ ‎
‎Tashkilotning nomi
‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.): ________________________________‎‎
Tashkilotning faoliyat sohasi:‎‎ ________________________________‎
Bog‘laniladigan shaxsning F.I.O.:‎‎ ________________________________‎‎
Bog‘lanish telefoni raqami:‎‎ ________________________________‎‎
Elektron pochta manzili:‎‎ ________________________________‎‎
‎‎

1. Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadi ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan hal etilishi lozim bo‘lgan muammo bilan qanchalik bog‘liq? Sizning fikringizcha, normativ-huquqiy tartibga solish uning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishdimi?
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎2. Muammoni hal etishning tanlangan yo‘li maqbulmi (shu jumladan, umuman, jamiyat uchun foydasi va zarari nuqtai nazaridan)? Davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan maqsadga erishishning boshqacha varianti mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, ulardan, Sizningcha, yanada kam xarajatlisi va (yoki) samaralirog‘ini belgilang? ‎
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________

‎3. Tartibga solishni joriy etish sohadagi raqobat muhitiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdimi, sohada kuchlar taqsimotining asossiz ravishda o‘zgarishiga olib keldimi? Agar shunday bo‘lsa, qanday qilib? Imkoniyat darajasida miqdoriy ko‘rsatkichlarni keltirib o‘ting.‎
‎________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________‎‎

‎4. Davlat tomonidan tartibga solish subyektlarining majburiyatlari, javobgarligi qanchalik to‘liq va aniq ifodalangan, shuningdek mas’ul davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma’muriy tartibotlar qanchalik tushunarli yozilgan, hokimiyat funksiyalari va vakolatlari qanchalik aniq va har xil, tushunilmaydigan tarzda yozilganligiga baho bering.‎
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎5. Normativ-huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar bormi? Har bir ko‘rsatilgan qoida bo‘yicha asoslab bering.‎‎
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎6. Sizningcha, mazkur normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talab va normalar ijrosini nazorat qilish bilan bog‘liq qanday muammo va qiyinchiliklar vujudga kelmoqda?‎
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎7. Sizningcha, ayrim guruh shaxslariga nisbatan tartibga solishni joriy etishda qanday istisnolarni qo‘llash maqsadga muvofiq? Tegishli asosni keltiring.‎‎
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

‎8. Tartibga solish ta’sirini baholashda, Sizning fikringizcha, inobatga olinishi maqsadga muvofiq bo‘lgan boshqa taklif va e’tirozlar.‎‎‎
‎________________________________________________________________________ ‎________________________________________________________________________

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 49-son, 581-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda)