27.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarboyjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarboyjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb yuritiladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni barqaror va uzoq muddatli asoslarda rivojlantirishning eng muhim va zarur elementi ekanligini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning davlatlari ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatlarining vujudga kelgan oʻzaro texnologik aloqalarini hisobga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar davlatlari xoʻjalik faoliyati subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish aloqalarining bozor munosabatlari bazasida umumiy iqtisodiy makonni yaratishdagi hal qiluvchi rolini eʼtirof etib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tarmoqlar oʻrtasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasini qoʻllab-quvvatlash va oʻzaro manfaatli rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni taʼminlashga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro iqtisodiy faoliyatning erishilgan darajasiga tayanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy oʻsishning qatʼiyligi, oʻz fuqarolari hayot sharoitlarini yaxshilash, ish bilan taʼminlashni kengaytirish, material va odam resurslaridan samarali foydalanish hamda atrof-muhitni himoya qilishni taʼminlash maqsadlariga suyanib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar haqida ahdlashdilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda

Tomonlar mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tarmoq va tarmoqlararo komplekslarning toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish aloqalari asosida kooperatsiyani amalga oshirish va rivojlantirishida koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda

Tomonlar ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ularni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, sanoat tarmoqlarida ustuvorliklarni aniqlash, hamkorlikdagi loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda

Tomonlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperatsiya boʻyicha tovarlar yetkazib berish deyilganda pirovard mahsulotni birgalikda tayyorlash uchun zarur boʻlgan xomashyo, materiallar, uzellar, detallar, ehtiyot qismlar, zagotovkalar, yarim fabrikatlar, butlovchi materiallar va texnologik oʻzaro bogʻlik tarmoq va tarmoqlararo ahamiyatga ega boʻlgan boshqa buyumlarni yetkazib berish tushunilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar koʻrsatish deyilganda ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj ishlari, aloqa, axborot, dam olish, taʼlim, transport xizmatlari hamda texnik xizmat koʻrsatish va texnologik operatsiyalar tushunilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni qayta ishlash, bojxona tartiblari doirasida yetkazib berish deyilganda Tomonlar davlatlarining bojxona qonunchiligi belgilagan shartlarga muvofiq tovarlar yetkazib berish tushunilishi haqida kelishdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda

Tomonlar xoʻjalik faoliyati subyektlari tegishli tarmoqlar va tarmoqlararo bitimlarga asoslanib tuzgan shartnoma (kontrakt)larni ishlab chiqarish kooperatsiyasi va toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarning asosiy shakllari hisoblaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda

Tomonlar quyidagi tarmoqlarda ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisida bitimlar tuzishni ustuvor hisoblaydilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonilgʻi-energetika kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metallurgiya, kimyo, neft-kimyo sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinasozlik sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va aloqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meditsina va farmakologiya sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil sanoat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va qidiruv ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi tarmoqlar va tarmoqlararo bitimlarda kooperatsiyada qatnashuvchi va mahsulot ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) ixtisoslashuvini, shuningdek nomenklatura hamda mahsulotlar (xizmat koʻrsatish) kooperatsiyalangan yetkazib berish hajmlarini saqlab qoluvchi korxona va tashkilotlar roʻyxatlari belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda

Mahsulotlarni Tomonlar davlatlari bojxona chegaralari orqali bojxonada rasmiylashtirish va oʻtkazish uchun mazkur Bitimning 4-moddasida koʻrsatib oʻtilgan Shartnoma (kontrakt)lar asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida yetkazib beriladigan mahsulot (xizmat)larga deklaratsiya toʻldirish va hisobga olish Tomonlar bojxona organlari tomonidan ularning qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda

Oldi-berdi xomashyolaridan kooperatsiya boʻyicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar yetkazib berish oldi-berdi xomashyolari bilan operatsiyalar haqida Tomonlar davlatlarida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida yetkazib beriladigan xomashyo, materiallar va butlovchi materiallar qayta eksport qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ishlab chiqarish sohasida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida xoʻjalik faoliyati subyektlari munosabatlarining korxonalar va tarmoqlar kooperatsiya aloqalarini tartibga solish qismida oʻz mamlakatlari milliy qonunchiligi normalarini muvofiqlashtirish va yaqinlashtirish boʻyicha izchil ish olib borishga shartlashib oldilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar zarur holatlarda koʻp bilim talab qiladigan ishlab chiqarish va eksportga yoʻnaltirilgan tarmoqlar, shuningdek import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar chiqarishda kooperatsiyaning rivojlanishini tezlashtiruvchi kreditlar va investitsiyalar jalb qilinishi shartlarini kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ularni hal etishni manfaatdor vazirliklar va idoralarga topshirib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing, lizing tadqiqotlarini oʻtkazish va koʻrgazmalar tashkil etish, xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning mamlakatlari oʻrtasida hamkorlar izlash, shartnoma (kontrakt)larni tayyorlash, tuzish va bajarishda yordam berishni taʼmin etuvchi zamonaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlash boʻyicha tadbirlarni birgalikda amalga oshirish muammolarini hal etishni hamkorlikda tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Tomonlarning oʻzaro roziliklari boʻyicha oʻzgartirilishi va toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, besh yil mobaynida amalda boʻladi va agar shartlashuvchi Tomonlarning biri boshqa shartlashuvchi Tomonga tegishli muddatning tugashidan kamida olti oy oldin uni toʻxtatish haqidagi oʻz niyati haqida yozma ravishda xabar bermasa, oʻz-oʻzidan keyingi besh yilga uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 27-mayda Baku shahrida har biri oʻzbek, ozarboyjon va rus tillarida ikki nusxada tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim qoidalarini talqin etishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)