02.03.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida
Konsullik konvensiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ikkala mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish, va shuningdek oʻz fuqarolarining huquq va manfaatlarini yanada samarali himoyalashga intilib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1963-yil 24-aprelda Venada imzolangan Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena Konvensiyasining rivojiga konsullik munosabatlarini olib borish uchun qoʻshimcha qoidalarni oʻrnatish istagida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Konvensiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “Konsullik muassasasi” har qanday bosh konsullikni, konsullikni, vitse-konsullikni yoxud konsullik agentligini bildiradi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “konsullik okrugi” konsullik vazifalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratilgan tumanni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) “konsullik muassasasining boshligʻi” shu sifatda harakat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) “konsullik mansabdor shaxsi” har qanday shaxsni, jumladan konsullik muassasasining boshligʻi sifatida konsullik vazifalarini bajarish topshirilgan shaxsni ham anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) “konsullik xizmatchisi” konsullik muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) “xizmat koʻrsatish xodimi” konsullik muassasasiga xizmat koʻrsatish vazifalarini bajarayotgan har qanday shaxsni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) “konsullik muassasasining xodimlari” konsullikning mansabdor shaxslari, konsullik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi shaxslarni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) “konsullik xodimlarining xizmatchilari” konsullik mansabdor shaxslarini (konsullik muassasasi boshligʻi bundan mustasno), va shuningdek konsullik xodimlarini va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) “xususiy uy ishchisi” konsullik muassasasi xodimining faqat xususiy xizmatida boʻlgan shaxsni anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) “konsullik binolari” faqat konsullik muassasasi uchun foydalaniladigan binolar yoki binolar qismi va mazkur bino yoki bino qismiga xizmat qiluvchi, mulk huquqi kimga tegishli boʻlishidan qatʼi nazar, yer uchastkasini anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) “konsullik arxivlari” oʻz ichiga barcha qogʻozlarni, hujjatlarni,korrespondensiyani, kitoblarni, filmlarni, video-ovoz yozishni, disketlarni va konsullik idorasining reyestrlarini shifrlar va kodlar, kartotekalar va ularni asrash yoki saqlashni taʼminlashga moslashtirilgan har qanday uy jihozlarini oʻz ichiga oladi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) “konsullikka vakolat bergan davlat kemasi”, konsullikka vakolat bergan davlat bayrogʻi ostida yurish huquqiga ega boʻlgan va shu davlatda roʻyxatdan oʻtgan, harbiy kemalardan tashqari, har qanday kemani anglatadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) “konsullikka vakolat bergan davlat havo kemasi”, konsullikka vakolat bergan davlatda roʻyxatdan oʻtgan va shu davlatning taniqli belgilarini olish, yurish huquqiga ega boʻlgan, harbiy uchish apparatlaridan tashqari, har qanday uchish apparatini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Konsullik muassasalarining ochilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik muassasasi konsullik joylashgan davlatning hududida faqat konsullik joylashgan davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining manzilgohi, yoxud konsullik muassasasi manzilgohida boʻlmagan tarkibiy qismlari, uning darajasi, konsullik okrugi va konsullik mansabdor shaxslarining soni, shuningdek har qanday boshqa oʻzgarishlar, konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Konsullik idorasi boshligʻini tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik muassasasi boshligʻi tayinlanganiga qadar, diplomatik yoki boshqa tegishli yoʻllar bilan taklif qilinayotgan shaxsga nisbatan konsullik joylashgan davlatning roziligi olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar konsullik joylashgan davlat u yoki bu shaxsga konsullik muassasasining boshligʻi sifatida tayinlanishiga rozilik bermasa, u konsullikka vakolat bergan davlatga bunday rad etishning sabablarini maʼlum qilishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullikka vakolat bergan davlat diplomatik yoʻllar bilan konsullik joylashgan davlatning Tashqi ishlar vaziriga konsullik muassasasining boshligʻini tayinlash uchun konsullik patentini yoki boshqa xuddi shunday hujjatni yuboradi. Bu hujjatda konsullik muassasasi boshligʻining toʻliq ismi, familiyasi,uning fuqaroligi, darajasi,konsullik okrugi va konsullik muassasasi joylashgan joy koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasining boshligʻi boʻlib tayinlanishi uchun konsullik patentini yoki boshqa aynan shunday hujjatni olgandan soʻng, ekzekvatura deb nomlanadigan ruxsatni, bunday ruxsat har qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar, beradi. Ekzekvatura yoki boshqa ruxsatni berishga rad javobini berayotgan konsullik joylashgan davlat, konsullikka vakolat bergan davlatga bunday rad etishning sabablarini maʼlum qilishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 6-bandi va 4-moddada koʻzda tutilgan holatlardan tashqari, konsullik muassasasining boshligʻi ekzekvatura yoki boshqa ruxsat berilganidan soʻng oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsullik joylashgan davlat ekzekvatura yoki boshqa ruxsat berilishiga qadar konsullik muassasasining boshligʻiga vaqtinchalik oʻz vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyishi mumkin. U holda ushbu Konvensiyaning qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasining boshligʻiga oʻz vazifalarini bajarishga vaqtinchalik ruxsat bergan boʻlsa ham bu xabar konsullik okrugining vakolatli idoralariga zudlik bilan yetkaziladi. Bundan tashqari, u konsullik muassasasining boshligʻi oʻz mansabi boʻyicha burchlarini bajarish va mazkur Konvensiyadan kelib chiquvchi afzalliklardan foydalanish uchun zarur choralarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Konsullik muassasasi vazifalarining vaqtinchalik bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar konsullik muassasasining boshligʻi oʻz vazifalarini bajara olmasa yoki konsullik muassasasining boshligʻi mansabi boʻsh boʻlsa, konsullik muassasasining boshligʻi vazifalarini shu konsullik muassasasining yoki konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlaridan biri konsullik muassasasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi sifatida bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining boshligʻi vazifasini bajaruvchining toʻliq ismi va familiyasi konsullik joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik koʻrsatgan idoraga xabar qilinadi. Konsullikka vakolat bergan davlatning diplomatik vakolatxonasi tomonidan yoxud, konsullik joylashgan davlatda ushbu davlatning bunday vakolatxonasi boʻlmasa, konsullik muassasasining boshligʻi, yoxud u, buni qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, konsullikka vakolat bergan davlatning har qanday vakolatli idorasi orqali, umumiy qoidaga koʻra, xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullik muassasaning boshligʻi vazifasini bajaruvchiga yordam va himoya koʻrsatadilar. U ushbu muassasani boshqarar ekan, unga ushbu Konvensiyaning qoidalari tegishli muassasasining boshligʻiga berilgan kabi asosda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar konsullik joylashgan davlatda konsullikka vakolat bergan davlatning diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlari aʼzosi mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq tayinlansa, konsullik muassasasining boshligʻi vazifasini bajaruvchi diplomatik imtiyozlar va immunitetlardan konsullik joylashgan davlat qarshilik qilmagan taqdirda foydalanaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Konsullik xodimlarini tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat 3, 6 va 7-moddalarning qoidalari nazarda tutgan mustasnolardan tashqari, konsullik xodimlarini erkin tayinlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatga konsullik mansabdor shaxslarining konsullik muassasasi boshligʻidan tashqari barchasining toʻliq ismi va familiyasi, mavqeyi va darajasi, konsullik joylashgan davlat xohlagan vaqtda, 7-moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun oldindan xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasining barcha xodimlariga va ularning oila aʼzolariga konsullik muassasasining xodimlari va ularning oila aʼzolari maqomini tan oluvchi shaxsiy guvohnomalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarosi boʻlmogʻi darkor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
“Persona non grata” deb eʼlon qilingan shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlat xohlagan vaqtda konsullikka vakolat bergan davlatga diplomatik yoʻllar orqali u yoki bu konsullik mansabdor shaxsining “persona non grata” ekanligini yoki har qanday konsullik xodimi nomaqbul ekanligini xabardor qilishi mumkin. Bunday holatda konsullikka vakolat bergan davlat shu shaxsni chaqirib olishi va uning konsullik muassasasidagi vazifalarini toʻxtatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar konsullikka vakolat bergan davlat ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan majburiyatlarni oqilona muddatlarda bajarishdan voz kechsa yoki bajarmasa, konsullik joylashgan davlat shu shaxsga nisbatan ekzevaturani yoki boshqa ruxsatni bekor qilishi yoki uni konsullik xodimi deb hisoblashni toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasining xodimi sifatida tayinlangan shaxs konsullik joylashgan davlat hududiga kelishidan oldin yoki konsullik joylashgan davlatga kelib boʻlgan boʻlsa, agar u konsullik muassasasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishgunga qadar, nomaqbul deb eʼlon qilinishi mumkin. Bunday holatda konsullikka vakolat bergan davlat uning tayinlanishini bekor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1 va 3-bandlarida qayd etilgan hollarda konsullik joylashgan davlat konsullikka vakolat bergan davlatga oʻz qarorining sabablarini maʼlum qilishi shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Konsullik joylashgan davlatni tayinlashlar, kelish va ketishlar toʻgʻrisida xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlatning Tashqi ishlar vazirligi yoki shu vazirlik koʻrsatgan idoraga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik muassasasining xodimlarining tayinlanishi, ularning tayinlangandan keyin konsullik muassasasiga kelishi, ularning tamoman ketishi, yoki ular vazifalarining toʻxtatilishi va ularning maqomiga daxldor boʻlgan konsullik muassasasida ishlagan davrida, boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik idorasi xodimining oila aʼzosi va u bilan doimo birga yashovchi shaxsning kelishi yoki batamom ketishi, shuningdek, tegishli hollarda u yoki bu shaxsning, oilaning shunday aʼzosi boʻlishidan toʻxtaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) uydagi xususiy ishchilarning kelishi va batamom ketishi va tegishli hollarda, ularning shu sifatda xizmatlarining tugashi haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) konsullik joylashgan davlatda konsullik muassasasining xodimi yoki xususiy uy ishchisi sifatida yollangan yoki boʻshatilgan shaxslar toʻgʻrisida xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kelish yoki batamom ketish toʻgʻrisidagi xabar imkoniyatga qarab oldindan berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Konsullik va turar joy binolarini sotib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat oʻz nomidan yoki u vakolat bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali konsullik joylashgan davlat qonunlari va qoidalariga muvofiq va shu davlatning roziligi bilan quyidagilarni mulk sifatida sotib olish, foydalanish uchun olish, ijaraga yoki boshqa biror shaklda egalik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik binolari, konsullik muassasasi boshligʻining qarorgohi, konsullik joylashgan davlatning fuqarosi boʻlmagan yoki bu davlatda doimiy turar joyi boʻlmagan konsullikning har qanday mansabdor shaxsi va konsullikning har qanday xizmatchisining turar joy binosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har qanday konsullik va turar joy binolari qurishga moʻljallangan yer,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida eslatilgan shartlarga muvofiq, konsullikka vakolat bergan davlat bunday konsullik va turar joy binolarini yoki yerni obodonlashtirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik joylashgan davlat zarur hollarda ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlarni amalga oshirishda konsullikka vakolat bergan davlatga tegishli yordam va madadni berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddadagi hech narsani konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik joylashgan davlatdagi, binolarning joylashuvi va konstruksiyasini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish, shuningdek shaharni rejalashtirish va rayonlashtirishni tartibga solishdagi qonun va qoidalarga rioya qilish masʼuliyatidan ozod qiladi deb tushunish kerak emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Konsullikning faxriy mansabdor shaxslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ikkala Ahdlashayotgan Tomonlar konsullik faxriy mansabdor shaxsini tayinlashga rozilik bildirsalar, u holda ushbu Konvensiya asosida tegishli bitim tuzish toʻgʻrisida bir birlari bilan va konsullik faxriy mansabdor shaxslariga qoʻllaniladigan rejimni aniqlash maqsadida odatdagi xalqaro huquq normalari masalasida maslahatlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Konsullik muassasalarini va konsullik muassasalari xodimlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasining vazifalarini bajarish uchun barcha imkoniyatlarni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik joylashgan davlat konsullik mansabdor shaxslariga lozim darajada hurmat bilan qaraydi, shu konsullik joylashgan davlatning fuqarolari boʻlmagan yoki unda doimo yashamaydigan shaxslar, shuningdek ularning oilalari, yuqorida qayd etilgan shaxslarning har qandayi bilan doimiy yashovchilarning shaxsiga, ozodligi va qadr qimmatiga har qanday tajovuzlardan saqlanishning kerakli choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Davlat bayrogʻi va tamgʻasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatda mazkur modda qoidalariga muvofiq, oʻz davlat bayrogʻi va tamgʻasidan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullikka vakolat bergan davlatning bayrogʻi va tamgʻasi konsullik joylashgan bino peshtogʻiga oʻrnatilishi mumkin, shuningdek, konsullik muassasasi boshligʻi qarorgohida va xizmat vazifalarini oʻtayotgan paytda transport vositalariga ham oʻrnatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning huquqlarini amalga oshirishda konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatning qonun-qoidalari va odatlariga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Konsullik binolarining daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur moddaning qoidalariga binoan konsullik binolari daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik joylashgan davlat maʼmurlari konsullik binosining faqat konsullik muassasa ishi uchun foydalanilayotgan qismiga kirishi mumkin emas, konsullik muassasasining boshligʻi yoki konsullikka vakolat bergan davlatning diplomatik vakolatxonasining boshligʻi yoki ularning birortasi tomonidan tayinlangan shaxs ruxsati boʻlgan boshqa hollar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu bandda eslatilgan shaxslar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri rad javobi boʻlmasa, zaruriy choralar talab etuvchi yongʻin yoki boshqa tabiiy ofat hollarida konsullik joylashgan davlat maʼmurlari konsullik binolariga kira oladilar. Ammo maʼmuriyatga konsullik binolaridan konsullik arxivlarining daxlsizligi qoidasini buzish, va ayniqsa, uni oʻrganish yoki musodara qilishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandidagi qoidalariga rioya qilingan taqdirda, konsullik joylashgan davlat zimmasida konsullik binolariga har xil bostirib kirishlar yoki zarar yetkazish va konsullik muassasasining tinchligini buzish yoki uning shaʼnini haqoratlashga qarshi tegishli himoya choralarini koʻrishning maxsus majburiyatlari yotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik binolari, uning anjom-buyumlari, konsullik muassasasining mulki, shuningdek transport vositalari davlat muhofazasi yoki ijtimoiy maqsadlarda mol-mulkni davlat ixtiyoriga olishdan daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Konsullik arxivi va hujjatlarining daxlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik arxivlari va konsullik hujjatlari qachon yoki qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Konsullik binolarini soliqlardan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullikka vakolat bergan davlat yoki uning nomidan harakat qilayotgan har qanday shaxs egalik qilayotgan yoki ijaraga olgan konsullik binolari va konsullik muassasasi boshligʻining qarorgohi barcha davlat, rayon yoki munitsipal soliqlardan, yigʻin va bojlardan ozod etiladi, aniq xizmat turlari uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan soliq olishlar, konsullik joylashgan davlatning qonun-qoidalariga koʻra uning shaxslari tomonidan konsullikka vakolat bergan davlat bilan shartnoma tuzib yoki uning nomidan harakat qiluvchi shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan yigʻin, boj va soliqlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Harakat erkinligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan kirish tartibga solingan yoki taqiqlangan zonalarning qonun va qoidalariga zid kelmaganligi sababli, konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasining barcha xodimlariga konsullik okrugining hududi boʻylab erkin harakat qilish va yurishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Aloqa erkinligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlat barcha rasmiy maqsadlar uchun konsullik muassasasining erkin aloqa qilishiga ruxsat berishi va himoya qilishi kerak. Konsullikka bergan davlatning hukumati diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsullik muassasalari bilan aloqa qilishda, ular qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, konsullik muassasasi barcha mos keladigan vositalardan, jumladan diplomatik va konsullik kuryerlaridan, diplomatik yoki konsullik valizalaridan va kodlashtirilgan yoki shifrlangan depeshalardan foydalanishi mumkin. Ammo, konsullik muassasasi radio uzatgich oʻrnatish va foydalanishda konsullik joylashgan davlatning roziligini olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining rasmiy korrespondensiyasi daxlsizdir. Rasmiy korrespondensiya deganda konsullik muassasasiga va uning vazifalariga taalluqli barcha korrespondensiya tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik valizasini tashkil qiluvchi barcha joylar, ularning xarakterini koʻrsatuvchi tashqi koʻrinuvchi belgilarga ega boʻlishi, va faqat rasmiy korrespondensiya va hujjatlardan yoki aynan rasmiy foydalanish predmetlaridan iborat boʻlmogʻi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik valizasi ochib koʻrilishi ham, ushlab qolishi ham mumkin emas. Ammo konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari valizada ushbu moddaning 3-bandida qayd etilgan korrespondensiyadan, hujjat yoki predmetlardan tashqari biror bir narsa borligiga jiddiy asoslari boʻlsa, u holatda ular valizani konsullikka vakolat bergan davlatning vakolatli vakili ishtirokida ochishni talab qilishlari mumkin. Agar konsullikka vakolat bergan davlatning maʼmuriyati bunday talabni bajarishdan bosh tortsa, valiza yuborilgan joyga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik kuryeri uning statusi va konsullik valizasini tashkil qiluvchi joylar soni koʻrsatilgan rasmiy hujjat bilan taʼminlanadi. Mustasno hollarda konsullik joylashgan davlatning roziligi boʻlganda, u konsullik joylashgan davlatning fuqarosi boʻla olmaydi, agar u konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarosi boʻlmasa, konsullik joylashgan davlatning doimiy yashayotgan shaxsi boʻla olmaydi. Oʻz vazifalarini bajarishda u konsullik joylashgan davlatning himoyasida boʻladi, shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadi va qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar, qamoqqa olinmaydi, ushlab qolinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsullikka vakolat bergan davlat, uning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari maxsus konsullik kuryerlarini ad noc tayinlashlari mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ushbu moddaning 5-bandi qoidalari qoʻllaniladi. Faqat unda eslatilgan dahlsizlik kuryerga topshirilgan konsullik valizasini tayinlangani boʻyicha topshirgan vaqtdan boshlab tugatilishi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsullik valizasi ruxsat etilgan port yoki aeroportga borayotgan kema yoki fuqarolik samolyoti komandiriga topshirilishi mumkin.U valiza tashkil qilgan joy soni va rasmiy hujjatlar bilan taʼminlanadi, lekin u konsullik kuryeri hisoblanmaydi. Konsullik muassasasi vakolatli mahalliy maʼmurlar bilan kelishib, oʻz xodimlaridan birini kema yoki samolyot komandiridan bevosita va toʻsqinliksiz valizani qabul qilish va unga bunday valizani topshirish uchun yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining shaxsiy dahlsizligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari shaxsiy dahlsizlikdan foydalanadilar. Ular hech qanday shaklda qamoqqa olinishi yoki ushlab qolinishi mumkin emas. Bu konsullik mansabdor shaxslarning oila aʼzolariga ham, agar ular konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlmasalar yoki unda doimo yashamasalar taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik joylashgan davlat konsullik mansabdor shaxslari va uning oila aʼzolariga hurmat bilan munosabatda boʻlishi va ularning shaxsiy erkinligi va qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan saqlash va oldini olishning barcha chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Yurisdiksiya masalalaridagi immunitet
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxslari, shuningdek ularning oila aʼzolari, agar ular konsullik joylashgan davlat fuqarolari yoki unda doimiy yashovchi shaxslar boʻlmasalar, konsullik joylashgan davlatda jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyalar boʻyicha quyidagi fuqarolik daʼvolaridan tashqari immunitetdan foydalanadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari tomonidan shartnomalardan kelib chiquvchi, ular boʻyicha oʻzlariga konsullikka vakolat bergan davlat agenti sifatidagi majburiyatlarni toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita olmaganlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uchinchi tomonning naqliyot vositasida keltirib chiqarilgan baxtsiz hodisa tufayli yetkazilgan zarar boʻyicha daʼvosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Guvohlik berish majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud va maʼmuriy ishlar koʻrilayotganda konsullik muassasa xodimlari guvoh sifatida chaqirilishlari mumkin. Konsullik xodimi yoxud xizmat xodimi ushbu moddaning 3-bandida qayd etilgan holatdan boshqa paytlarda guvohlik koʻrsatmalari berishdan bosh tortishi mumkin emas. Agar konsullikning mansabdor shaxsi guvohlik koʻrsatmalari berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majburlov yoki jazo choralari koʻrilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsidan guvohlik koʻrsatmalari talab etayotgan organ bu shaxsning oʻz vazifalarini bajarishiga xalaqit bermaslikka harakat qilishi lozim. U imkoni boʻlganda, guvohlik koʻrsatmalarini xodimning uyida yoxud konsullik idorasida eshitishi yoki undan guvohlik koʻrsatmalarini yozma shaklda qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimlari oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalarni yoxud oʻz vazifalariga oid boʻlgan rasmiy korrespondensiya va hujjatlarni berishlari shart emas. Ular konsullik vakolat bergan davlatning qonunchiligini tushuntiruvchi koʻrsatmalarni ham berishlari shart emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vakolat bergan davlat 18-19 va 20-moddalarda koʻrsatilgan konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun koʻzda tutilgan har qanday imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan holdan tashqari bunday voz kechish doim aniq ifodalanishi va konsullik joylashgan davlatga yozma shaklda bildirilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxsi yoki konsullik xizmatchisi 19-moddaga muvofiq yurisdiksiya boʻyicha immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan taqdirda ish qoʻzgʻasa, u asosiy daʼvo bilan bevosita bogʻliq boʻlgan har qanday qarshi daʼvoga nisbatan yurisdiksiya boʻyicha immunitet havola qilish huquqidan mahrum boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Grajdanlik va maʼmuriy ishlarga nisbatan yuridik immunitetdan voz kechish sud qarorining natijasi boʻlgan ijro harakatlari immunitetidan voz kechishni anglatmaydi; bunday harakatlarga nisbatan alohida voz kechish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Ajnabiylarni roʻyxatdan oʻtishdan va yashash uchun ruxsat olishdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari, va shuningdek konsullik joylashgan davlatda doim yashamaydigan konsullik xizmatchilari va ularning oila aʼzolari konsullik joylashgan davlatning qonun va qoidalarida ajnabiylarni roʻyxatga olishga nisbatan nazarda tutilgan barcha majburiyatlardan va yashash uchun ruxsat olishdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo ushbu moddaning birinchi bandidagi qoidalar konsullikka vakolat bergan davlatning doimiy xizmatchisi hisoblanmagan har qanday konsullik xizmatchisi, va shuningdek bunday xizmatchining har qanday oila aʼzosiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Ishlash uchun ruxsat olishdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi xodimlari, agar ular konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlishmasa yoki u yerda doim yashamasalar, konsullikka vakolat bergan davlat uchun ishlashga doir, konsullik joylashgan davlatning ajnabiylarni ishga yollash toʻgʻrisidagi qonun va qoidalarida belgilangan, ishga ruxsat olish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik xizmatchilarining xususiy uy ishchilari, agar ular konsullik joylashgan davlatda daromad olish maqsadida boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasalar va ular konsullik joylashgan davlatning fuqarosi boʻlishmasa yoxud unda doim yashamasalar, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Ijtimoiy taʼminotga doir ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu moddaning 3-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari, konsullik joylashgan davlatning ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida amaldagi qarorlari konsullik muassasasi xodimlari va ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolariga nisbatan, konsullikka vakolat bergan davlat uchun ular tomonidan bajarilayotgan ish haqida qoʻllanilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ular konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlishmasalar va u yerda doim yashamasalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ularga nisbatan ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida konsullikka vakolat bergan davlatda yoki uchinchi davlatda amal qilayotgan qoidalar qoʻllanilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan ajratish faqat konsullik muassasasi xodimlari xizmatida boʻlgan xususiy uy xizmatchilariga nisbatan ham qoʻllaniladi, ushbu moddaning 1-bandidagi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan sharti bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimlari ushbu moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan ajratishlardan foydalanmaydigan shaxslarni ishga yollaganda, ishga yollovchilar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan ajratishlar konsullik joylashgan davlat ijtimoiy taʼminot tizimida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishga xalaqit bermaydi, agar bunday ishtirokka shu davlat ruxsat bersa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Soliqlar haqidagi ajratishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari va konsullik xodimlari, va shuningdek ular bilan birga turuvchi konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlmagan, konsullik joylashgan davlatda doim yashamayotgan oila aʼzolari shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliqlari, yigʻimlari va bojlarining barchalaridan ozod qilinadilar, bulardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) odatda tovar va xizmatlar narxiga kiritiladigan bilvosita soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik joylashgan davlat hududida joylashgan xususiy koʻchmas mulkdan olinadigan yigʻim va soliqlar, 15-modda qoidalarida nazarda tutilgan ajratishlar bilan birga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) konsullik joylashgan davlat tomonidan meros mulkiga solinadigan soliqlar yoki meros olishdan undiriladigan bojlar yoki mulk oʻtishiga solinadigan soliqlar, 27-moddaning “b” kichik bandidagi qoidalarda nazarda tutilgan ajratishlar bilan birga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xususiy daromaddan olinadigan soliq va yigʻimlar, bunga manbai konsullik joylashgan davlatda boʻlgan sarmoyadan tushadigan daromadlar ham kiradi, va konsullik joylashgan davlatdagi tijorat va moliya korxonalariga qoʻyilgan sarmoyalarga solinadigan soliqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xizmat koʻrsatishning muayyan turlaridan olinadigan yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) qayd qilish, sud va reyestr bojlarni, ipoteka yigʻimlari, tamgʻa yigʻimlari, 15-moddaning qoidalarida nazarda tutilgan ajratishlar bilan birga mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xizmat koʻrsatish xodimlari oʻz ishi uchun oladigan ish haqiga soliq, yigʻim va bojlardan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimlari, ish haqlari konsullik joylashgan davlatda daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni ishga yollaganda, shu davlat qonun va qoidalariga binoan ishga yollovchilar zimmasiga daromad soligʻi olish borasida yuklangan majburiyatlarni bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Bojxona bojlaridan va tekshiruvdan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlat oʻzida qabul qilingan qonun va qoidalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik muassasasining rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan narsalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullik mansabdor shaxsi yoki u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishiga moʻljallangan, bunga uning joylashishiga moʻljallangan narsalar ham kiradi, narsalarni olib kirishga ruxsat beradi va saqlash, tashish va shunga oʻxshash xizmatlar uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari, barcha bojxona bojlari, soliqlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlardan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik xodimlari dastlabki joylashish vaqtida olib kirilgan narsalarga nisbatan ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlar va ozod boʻlishdan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxslari va ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining birga kelgan shaxsiy yuklari tekshiruvdan ozod qilinadi. Agar yuklar orasida ushbu moddaning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgandan boshqa narsalar yoki boʻlmasa konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalari tomonidan olib kirish va olib chiqish taqiqlangan narsalar yoki uning karantin qonun va qoidalariga muvofiq taqiqlangan narsalar borligini taxmin qilish uchun jiddiy asoslar boʻlgandagina yuklarni tekshiruvdan oʻtkazish mumkin. Bunday tekshiruv tegishli konsullik mansabdor shaxsi yoki uning oila aʼzosi ishtirokida oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolarining meros mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi xodimi yoki uning bilan birga yashayotgan oila aʼzosi vafot etgan taqdirda, konsullik joylashgan davlat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) marhumning koʻchishi mumkin boʻlgan mulkini olib chiqib ketishga ruxsat beradi, konsullik joylashgan davlatda sotib olingan va vafot etgan paytda olib chiqib ketish man etilgan mulk bundan mustasno,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vafot etgan shaxs konsullik joylashgan davlatda faqat konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi sifatida boʻlgani uchun merosiga hech qanaqa davlat, tuman yoki munitsipal soliqlari solmaydi yoki konsullik joylashgan davlatdagi koʻchishi mumkin boʻlgan mulkdan boj olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Shaxsiy majburiyat va soliqlardan ozod etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasi xodimlarini va ular bilan birga yashayotgan oila aʼzolarini, ularning konsullik joylashgan davlat fuqarolari boʻlmagan yoki unda doimiy yashayotgan shaxslar boʻlmaganlari uchun, barcha mehnat va davlat majburiyatlaridan, ularning qanday mazmunga ega boʻlishidan qatʼi nazar, rekvizitsiya, kontributsiya va harbiy qoʻnoq kabi harbiy majburiyatlardan ozod etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Konsullik imtiyozlari va immunitetlarining boshlanishi va tugashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan imtiyoz va immunitetlardan konsullik joylashgan davlat hududiga oʻz ish joyiga ketayotib qadam qoʻyganidan boshlab yoki u, shu hududga kelib boʻlgan boʻlsa, oʻz vazifalarini bajarishga kirishgan muddatdan boshlab, foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik joylashgan davlat fuqarosi yoki konsullik joylashgan davlat hududida doimiy yashaydigan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi hisoblanmagan konsullik muassasasi xodimining u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari va uning xususiy uy xizmatchilari ushbu Konvensiyada koʻzda tutilgan imtiyoz va immunitetlardan unga ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq imtiyoz va immunitetlar berilgan muddatdan boshlab yoki ularning konsullik joylashgan davlat hududiga qadam qoʻygan vaqtidan boshlab yoki ular uning oila aʼzolari yoki xususiy uy xizmatchilari hisoblana boshlagan vaqtdan boshlab, bundan keyinroq nima boʻlganligiga qarab, foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik muassasasi xodimining vazifalari toʻxtatilganda uning imtiyoz va immunitetlari, shuningdek u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari va uning xususiy uy xizmatchisining imtiyoz va immunitetlari ham odatda mazkur shaxsning konsullik joylashgan davlatni tark etishi bilanoq toʻxtaydi yoki buning uchun ajratilgan oqilona muddat tugagunga qadar qaysi fursat avvalroq kelishiga qarab, hatto qurolli toʻqnashuv holatida ham bu immunitet saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning 2-bandida eslatilgan shaxslarning imtiyoz va immunitetlari konsullik muassasasi xodimining oila aʼzoligidan chiqishlari bilan yoki uning xizmatidan boʻshashlari bilan toʻxtatiladi, ammo bunday shaxslar konsullik joylashgan davlatni oqilona muddat ichida tark etishni koʻzlagan boʻlsalar, ularning imtiyoz va immunitetlari ketgunlariga qadar saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ammo konsullik mansabdor shaxsi yoki konsullik xizmatchisi oʻz vazifalarini bajarayotgandagi harakatlariga nisbatan yurisdiksiya immuniteti biror muddat bilan cheklanmagan holda davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik muassasasining xodimi vafot etgan taqdirda, u bilan birga yashagan oila aʼzolari konsullik joylashgan davlatni tark etishga berilgan oqilona muddat tugagunga qadar, qaysi fursat avvalroq kelishiga qarab, ularga berilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanishda davom etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Konsullik joylashgan davlat konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalarini hurmat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan barcha shaxslar, oʻz imtiyoz va immunitetlarga zarar yetkazmagan holda, konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalarini hurmat qilishlari lozim. Ular shuningdek, bu davlatning ichki ishlariga aralashmasliklari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik binolari konsullik vazifalarini bajarish bilan toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda ishlatilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddaning 2-bandi qoidalari kanselyariya yoki boshqa idora yoki muassasalarning konsullik xonalari joylashgan binoning qismida oʻrnashish imkoniyatini, faqat bunday kanselyariya uchun ajratilgan xonalar konsullik muassasasi foydalanadigan xonalardan ajratilgan boʻlishi sharti bilan, istisno qilmaydilar. Bu holda mazkur kanselyariyalar ushbu Konvensiyaga bilan konsullik binosining qismi hisoblanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda
Uchinchi shaxslarga keltirilgan zararni sugʻurta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi xodimlari konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalarida nazarda tutilgan uchinchi shaxslarga har qanday naqliyot vositalaridan foydalanish tufayli keltirilishi mumkin boʻlgan zararni sugʻurta qilish xususidagi har qanday talablarga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda
Daromad olish maqsadidagi xususiy faoliyatga oid maxsus qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari konsullik joylashgan davlatda shaxsiy daromad olish maqsadida biror bir kasbiy yoki tijorat faoliyati bilan shugʻullanmasliklari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan imtiyoz va immunitetlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik xizmatchilari yoki konsullik joylashgan davlatda daromad olish maqsadida shaxsiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xizmat koʻrsatish xodimlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu bandning “a” kichik bandida gap ketayotgan shaxs oila aʼzolariga yoki uning shaxsiy uy xizmatchisiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) konsullik joylashgan davlatda daromad olish maqsadida shaxsiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan konsullik muassasasi xodimining oila aʼzolariga berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda
Konsullik joylashgan davlat fuqarolari va unda doimiy yashovchi shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxslaridan tashqari konsullik joylashgan davlat fuqarolari hisoblanuvchi yoki unda doim yashovchi konsullik muassasasi xodimlari va oila aʼzolari, shuningdek xususiy uy xizmatchilari ham afzallik, imtiyoz va immunitetlardan faqat konsullik joylashgan davlatning ularga bergan darajasidagicha foydalana oladilar. Ammo konsullik joylashgan davlat bu shaxslar ustidan oʻz yurisdiksiyasini shunday tarzda amalga oshirishi kerakki, bunda konsullik muassasasi vazifalarini bajarish uchun keraksiz toʻsqinliklar yaratilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda
Konsullik vazifalarini bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik vazifalari konsullik muassasalari tomonidan bajariladi. Ular shuningdek, ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq diplomatik vakolatxonalar tomonidan ham bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda
Konsullik vazifalarini diplomatik vakolatxona tomonidan bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Diplomatik vakolatxona konsullik vazifalarini bajargan hollarda ushbu Konvensiyaning qoidalari kontekstdan kelib chiqadigan darajada qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik vazifalarini bajarish yuklangan diplomatik vakolatxona xodimlarining familiyalari konsullik joylashgan davlatning Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan idoraga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Diplomatik vakolatxona konsullik vazifalarini bajarayotganda, konsullik joylashgan davlatning ham mahalliy, ham markaziy maʼmuriyatlariga konsullik joylashgan davlat qonunlari, qoidalari va odatlari yoʻl qoʻygan darajada murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Diplomatik vakolatxona xodimlarining ushbu moddaning 2-bandida qayd etilgan imtiyoz va immunitetlari, diplomatik munosabatlarga taalluqli xalqaro huquq normalari tomonidan boshqarilishda davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda
Konsullik vazifalarining konsullik okrugi doirasida va tashqarisida, uchinchi davlatda yoki uchinchi davlat nomidan bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxsi oʻz konsullik okrugi doirasida ushbu Konvensiyada qayd etilgan konsullik vazifalarini bajarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat roziligi bilan konsullik vazifalarini oʻz konsullik okrugi tashqarisida ham bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullikka vakolat bergan davlat, tegishli davlatlarni xabardor qilgandan soʻng konsullik joylashgan davlatda ochilgan konsullik muassasasiga uchinchi davlatda konsullik vazifalarini, agar konsullik joylashgan davlat tomonidan aniq izhor qilingan eʼtiroz boʻlmasa bajarish topshirigʻini berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik muassasasi konsullik joylashgan davlatni tegishlicha xabardor qilgandan soʻng.agar konsullik joylashgan davlat eʼtiroz bildirmasa, konsullik joylashgan davlatda konsullik vazifalarini uchinchi davlat nomidan bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda
Konsullikning umuman olgandagi vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning bu bilan bogʻliq boʻlgan boshqa moddalaridagi qoidalarni hisobga olgan holda konsullik funksiyalari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik joylashgan davlatda konsullikka vakolat bergan davlat va uning fuqarolari (jismoniy va yuridik shaxslar) manfaatlarini xalqaro huquq tomonidan yoʻl qoʻyilgan darajada himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat oʻrtasida savdo, iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni rivojlantirishga hamkorlik qilish, shuningdek ular oʻrtasida ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq boshqa yoʻllar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) barcha qonuniy yoʻllar bilan konsullik joylashgan davlatning savdo, iqtisodiy, madaniy va ilmiy hayotidagi sharoit va voqealarni aniqlash, konsullikka vakolat bergan davlat hukumatiga ular haqida xabar berish va manfaatdor shaxslarga maʼlumot topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining pasport va boshqa yoʻl hujjatlarini berish, bekor qilish, toʻgʻrilash, olib qoʻyish yoki toʻxtatib turish va konsullikka vakolat bergan davlatga borishni xohlovchi shaxslarning vizalari yoki tegishli hujjatlarini uzaytirish yoki bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarolariga (jismoniy va yuridik shaxslarga) yordam berish va koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) konsullik joylashgan davlatning vakolatli organlaridan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari turgan joyni aniqlash uchun, gap ularning farovonligi yoki boshqa insonparvarlik maqsadlari haqida ketayotgan boʻlsa yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining konsullik joylashgan davlatdan shoshilinch qaytish huquqini quyidagi shartlarga amal qilgan holda himoya qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Alohida vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ketishga chogʻlangan shaxsga aloqador maʼmuriy yoki sud rasmiyatlari bajarilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ketishga chogʻlangan shaxsning qaytish bilan bogʻliq oddiy rasmiyatchiliklarga amal qilsa, faqat shu shart bilanki, agar bu talablarni bajarish, kamsitish xarakteriga ega boʻlmasa va shoshilinch qaytishga toʻsqinlik qilish uchun foydalanilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) notarius, fuqarolik holati aktlarini qayd etuvchi vazifalarini va shunga oʻxshash boshqa vazifalarni bajarish, shuningdek maʼmuriy xarakterdagi baʼzi vazifalarni, bu holda hech narsa konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga zid kelmasligi sharti bilan, bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq shu davlat hududida (mortis causa) meros boʻlgan taqdirda fuqarolar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalari belgilab qoʻygan doiralarda konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari boʻlgan voyaga yetmagan va toʻliq ishga yaroqlilikka ega boʻlmagan boshqa shaxslarni himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) konsullik joylashgan davlatda qabul qilingan amaliyot va tartibga rioya qilgan holda, vakillik yoki konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining konsullik joylashgan davlatning sud va boshqa muassasalaridagi tegishli vakilligini konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq, agar farmoyish yoʻqligi yoki boshqa sabablarga koʻra bunday fuqarolar oʻz vaqtida oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilolmasalar, bu fuqarolarning huquq va manfaatlarini saqlovchi qoʻshimcha choralar haqidagi bunday farmoyishni olish maqsadida taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) sud va sudga oid boʻlmagan hujjatlarni topshirish yoki sud topshiriqlarini yoxud konsullikka vakolat bergan davlat sudlari uchun amaldagi xalqaro bitimlarga muvofiq yoki bunday bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga xilof boʻlmaydigan har qanday boshqa tartibda guvohlik koʻrsatmalarini olish boʻyicha topshiriqlarni ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) konsullikka vakolat bergan davlatga mansub kemalarga va bu davlatda qayd etilgan tayyoralar hamda ularning ekipajiga nisbatan konsullikka vakolat bergan davlat qonun va qoidalari koʻzda tutgan nazorat va taftish huquqini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) ushbu moddaning “m” bandida eslatilgan kema va tayyoralarga va ularning ekipajlariga yordam berish, kema hujjatlarini qabul qilish va konsullik joylashgan davlat maʼmurlari huquqlariga zarar yetkazilmagan holda yoʻlda roʻy bergan har qanday hodisalarni tergov qilish va, modomiki bu konsullikka vakolat bergan davlat qonun-qoidalarida nazarda tutilgan ekan, kapitan, qoʻmondonlik tarkibi va matroslar oʻrtasidagi har qanaqa tortishuvlarni hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) Konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalari man qilmaydigan yoki amalga oshirilishiga nisbatan konsullik joylashgan davlatning eʼtirozi boʻlmagan yoki konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat oʻrtalarida amal qilayotgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan, konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik muassasasiga yuklagan boshqa har qanday vazifalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda
Konsullikka berilgan ruxsatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxslari konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari bilan erkin aloqa qilish va uchrashish imkoniga ega. Konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari ham konsullikka vakolat bergan davlat konsullik mansabdor shaxslari bilan aloqa qilish va uchrashishda xuddi oʻshanday erkinlikka egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxslari konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlariga konsullik vakolat bergan davlatning dom-daraksiz yoʻqolgan fuqarolarini qidirish uchun murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda
Hibsga olish va sudda ishni koʻrish borasidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar konsullikka vakolat bergan davlatning biron-bir fuqarosi konsullik okrugi hududida hibsga olingan boʻlsa konsullik joylashgan davlatning vakolatli maʼmurlari bu haqda toʻrt kecha-kunduz muddat ichida kechiktirmasdan vakolat bergan davlat konsullik muassasasini xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullikka vakolat bergan davlatning hibsga olingan fuqarosining shu konsullik muassasasi nomiga yoʻllagan har qanday xabari konsullik joylashgan davlat maʼmurlari tomonidan kechiktirmasdan shu konsullik muassasasiga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlatning hibsdagi fuqarosi bilan suhbatlashish hamda xat va yubortmalarini berish yo undan olish va uni yuridik vakillik bilan taʼminlash maqsadlarida koʻrishishi mumkin. Bunday koʻrishishlardan birinchisiga ruxsat uch kecha-kunduz ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi koʻrishishlarga ruxsat maʼlum davrlardan keyin, ammo ikki oyda bir martadan kam emas, beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik mansabdor shaxslari konsullikka vakolat bergan davlatning fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro konsullik mansabdor shaxsining ishtirokida ochiqdan-ochiq bunday harakatlarga eʼtiroz bildirsa, oʻzini tiyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik joylashgan davlat konsullikka vakolat bergan davlatning hibsdagi yoki sud yoki boshqa tekshirishlarga tegishli boʻlgan fuqarolarini mazkur moddaning qoidalari bilan xabardor qiladilar, bu haqda jinoiy ish materiallarida tegishli yozuvlar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur moddada hibsdagi shaxsga qilingan havola qamoqda boʻlgan, hibsga olingan yoki shaxs ozodligini cheklashning biron bir turiga majbur qilingan shaxsga qilingan havolani ham oʻz ichiga oladi. Bu toifaga sudda ishini koʻrishni kutayotgan yoki konsullik joylashgan davlat hududidagi turmada muddatini oʻtayotgan shaxs ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur moddada bayon qilingan huquqlardan, konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq, agar bu qonun va qoidalar bu huquqlardan foydalanish moʻljallangan maqsadlarga toʻla yetishishga yordam bersa, foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda
Meros masalasidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullik mansabdor shaxsini iloji boricha qisqa muddat ichida uning konsullik okrugi hududida bu idoralarga konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi sifatida maʼlum boʻlgan shaxsning vafoti haqida xabar beradilar, shuningdek konsullik mansabdor shaxsini meros qolgan mulk, vasiyat hamda konsullik joylashgan davlat hududida boʻlgan yoki vakil qilingan biron bir shaxsning bu mulkni boshqaruvchisi etib tayinlangani haqidagi xabar bilan tanishtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullik mansabdor shaxsini iloji boricha qisqa muddat ichida konsullik joylashgan davlat hududida qoldirilgan meros mulki haqida, agar merosxoʻr yoki rad javobi oluvchi konsullikka vakolat bergan davlat boʻlsa yoki bu vakolatli idoralarga konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi sifatida maʼlum boʻlgan biron bir shaxs boʻlsa, xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat hududida konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosining vafoti haqida yoki konsullik joylashgan davlat hududida konsullikka vakolat bergan davlatning marhum fuqarosi qoldirgan meros mulki borligi haqida birinchi boʻlib xabar topsa, u konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralarini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsullik mansabdor shaxsi ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida eslatilgan meros mulki masalalari boʻyicha shuningdek konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq imkon berilgan darajagacha quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik joylashgan davlatdan bu meros mulkini himoya qilish, saqlanishi va ixtiyorida boʻlishi boʻyicha choralar koʻrishni yoki shaxsan harakat qilishni soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu bandning “a” kichik bandida gapirilgan choralarni koʻrishda ishtirok etish yoki biron yoʻl bilan qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) bu mulkka nisbatan qonuniy manfaati boʻlgan, konsullik joylashgan davlatda turmagan va unda oʻz vakiliga ega boʻlmagan konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosini vakillik bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu moddaning 4-band “s” kichik bandiga muvofiq vakillik bilan taʼminlash choralari koʻrilgan hollarda bu vakillik to shu yoʻl bilan vakil boʻlgan shaxslar oʻzlarining shaxsiy vakillarini tayinlamagunlaricha yoki oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish masʼuliyatini oʻz zimmalariga olmagunlarigacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar vakolat bergan davlatning biron bir fuqarosi oʻzining konsullik joylashgan davlat hududidagi vaqtinchalik boʻlishi davrida vafot etsa va bu holda mazkur davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan boʻlsa, konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlat qonunini nazarda tutgani holda marhum xonadoniga kira oladi va uning hujjatlari, pullari va boshqa shaxsiy mulkini oʻz ixtiyoriga ola oladi, faqat shu shart bilanki konsullik joylashgan davlat hududida bunday hujjat, pul va shaxsiy mulkka daʼvogarlik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs boʻlmasa. Vaqtinchalik egalik qilish huquqlari konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq tegishli yoʻsinda tayinlangan boshqaruvchi yoki boshqa vakil qilingan shaxsga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsullikka vakolat bergan davlat va konsullik joylashgan davlat merosni topshirishda quyidagicha koʻmaklashadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) meros mulkining qismi hisoblangan ashyolarni agar bu ashyolarni olib chiqib ketish va olib kirish bunga ruxsat berishi talab qilinayotgan davlatlar qonun-qoidalari tomonidan ochiq taqiqlanmagan boʻlsa, olib chiqib ketish va olib kirishga ruxsat berish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) meros mulkining ushbu bandning “a” kichik bandi qoidasiga binoan olib chiqib ketilmaydigan har qanday qismini sotishga ruxsat berish yoʻli bilan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi nomidan, agar bunday fuqaro konsullik joylashgan davlat hududida boʻlmasa, suddan, maʼmurlar yoki alohida shaxslardan pul yoki ushbu fuqaroning har qanday shaxsning vafoti munosabati bilan meros mulki, baxtsiz hodisalar tufayli tovon toʻlash haqidagi qonunlarga muvofiq berilgan toʻlovlarni, shuningdek hayotni sugʻurta qilish munosabati bilan sugʻurta polisi boʻyicha toʻlovlarni ham qoʻshib hisoblaganda, olish huquqiga ega boʻlgan boshqa mulkni ola oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda
Fuqarolik masalalari xususidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarini hisobga olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) arizalarni qabul qilish va ushbu Bitimning 30-moddasining 1-bandini hisobga olgan holda, konsullikka vakolat bergan davlat qonun va qoidalarini hisobga olgan holda fuqarolik masalalariga taalluqli hujjatlarni olish, berish yoki topshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda
Fuqarolik holati masalalari xususidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining tugilish va vafotini yozish kitobini olib borish va tegishli maʼlumot va hujjatlarni olish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolarining fuqarolik holatlariga taalluqli boʻlgan har qanday iltimosnoma yoki arizalarni qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandining qoidalari tegishli shaxslarni konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalaridan kelib chiquvchi biron bir majburiyatlardan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda
Vasiylik xususidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari tasarrufida tegishli axborot bor boʻlgan taqdirda ular vakolatli konsullik muassasasini kechiktirmasdan vasiy yoki homiyni tayinlaganda voyaga yetmagan yoki toʻla ishga yaroqlilikka ega boʻlmagan va konsullikka vakolat bergan davlat fuqarosi hisoblangan boshqa shaxs manfaatlariga javob beruvchi har qanday hol haqida xabar qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralariga vasiylik va homiylikka tayinlash uchun toʻgʻri keluvchi shaxslar ismi shariflarini taklif etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda
Kemalarga yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik joylashgan davlatning bandargohida yoki boshqa langar tashlab turish joyida yoki konsullik joylashgan davlatning ichki va hududiy suvlarida turgan kemasiga tegishli yordam va madad berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsi kapitan va ekipaj aʼzolari bilan kemada va har qanday boshqa joyda konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq uchrashish va aloqa bogʻlash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralariga murojaat qilishi va konsullikka vakolat bergan davlat kemasi bilan bogʻliq, shuningdek kapitan, ekipaj aʼzolari va yuk xususidagi barcha masalalar yuzasidan oʻz vazifalarini amalga oshirishda ulardan koʻmak soʻrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda
Kapitan va ekipajga yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik mansabdor shaxsi quyidagi harakatlar konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga zid boʻlmagan darajada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullikka vakolat bergan davlat kemasining bortida yuz bergan har qanday toʻqnashuvlarni har tomonlama tekshirib koʻrish, kapitan va ekipajning har qanday aʼzosini bunday toʻqnashuvlar munosabati bilan soʻroq qilish, kema hujjatlari bilan tanishish, kemaning reysi va belgilangan toʻxtash joyi xususida axborot qabul qilish, shuningdek kemaning kelishi, ketishi va uning bandargohda boʻlishi munosabati bilan yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kapitan va ekipaj aʼzosi oʻrtasidagi tortishuvlarni, oylik maosh va mehnat shartnomalari xususidagi tortishuvlar ham bunga kiradi, hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) kapitan va ekipaj aʼzolarini yollash va ishdan boʻshatish bilan bogʻliq rasmiyatchiliklarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) kapitan, ekipaj aʼzolari yoki kema yoʻlovchilarini tibbiy davolash bilan taʼminlash va ularning konsullikka vakolat bergan davlatga qaytarish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) konsullikka vakolat bergan davlat kemasi va uning yuki xususidagi konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalarida nazardan tutilgan, har qanday ariza yoki boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash yoki amal qilish muddatini uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) konsullikka vakolat bergan davlatning savdo kemalari qatnovi haqidagi qonun va qoidalarini qoʻllash uchun boshqa choralarni koʻrish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik joylashgan davlat qonun va qoidalariga muvofiq kapitan yoki ekipajning har qanday aʼzosini konsullik joylashgan davlat sudi yoki boshqa idoralarida ularga yordam berish uchun hamrohlik qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda
Kema bortida tergov olib borilgan hollarda manfaatlarni himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar konsullik joylashgan davlatning sud yoki boshqa vakolatli idoralari konsullik joylashgan davlat ichki suvlari, hududiy suvlari yoki ichki suv yoʻllarida turgan konsullikka vakolat bergan davlat kemasi bortida majburiy choralar koʻrish yoki tergov olib borish niyatida boʻlsalar, konsullik joylashgan davlat vakolatli maʼmurlari bu haqda konsullik mansabdor shaxsini avvalroq xabardor qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar konsullik mansabdor shaxsi bunday choralarni koʻrish vaqtida ishtirok etmayotgan boʻlsa, konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari uni bu haqda iltimosga koʻra yozma ravishda xabardor qiladilar. Agar koʻrilishi kerak boʻlgan choralarning shoshilinchligi konsullik mansabdor shaxsiga avvalroq bildiruvnoma yuborishga yoʻl qoʻymasa, konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullik mansabdor shaxsini, hatto uning tegishli iltimosi yoʻq boʻlgan taqdirda ham, ushbu fakt haqida yozma ravishda xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari, shuningdek konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullikka vakolat bergan davlat kema kapitani yoki ekipajining biron bir aʼzosini kemaga taalluqli masalalari yuzasidan sohilga chaqirgan holda ham amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik mansabdor shaxsi yoki konsullikka vakolat bergan davlat kema kapitanining iltimosi yoki ruxsati bilan amalga oshirilgandagi hollarni istisno qilganda, konsullik joylashgan davlatning sud yoki boshqa vakolatli idoralari konsullikka vakolat bergan davlat kemasi bortida kemaning ekipaj aʼzolarining oʻzaro munosabatlari, mehnat munosabatlari, kema bortidagi intizom va kemaga aloqador boʻlgan ichki xarakterdagi boshqa tadbirlarga taalluqli masalalar boʻyicha ichki ishlariga, faqat bunda konsullik joylashgan davlatning tinchligi va xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq qonun va qoidalar buzilmasligi sharti bilan, aralashmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ammo ushbu moddaning qoidalari bojxona koʻrigi, immigratsiya pasport va sanitar nazorati bilan bogʻliq oddiy choralarga yoki konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralarining kema kapitani iltimosi yoki roziligi bilan koʻriladigan boshqa choralariga nisbatan qoʻllanmaydi. Ushbu modda Tomonlarning ular oʻrtasida amal qilayotgan koʻp tomonlama shartnomalaridan kelib chiquvchi huquq va vazifalarga dahl qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda
Kemalarga zarar yetgandagi yordam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agar konsullikka vakolat bergan davlatning kemasi konsullik joylashgan davlatning ichki yoki hududiy suvlarida halokatga uchragan, sayoz joyga tiqilib qolgan yoki boshqa tarzda shikastlangan boʻlsa, konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullik mansabdor shaxsini bu haqda iloji boricha qisqa muddat ichida xabardor qiladilar va yoʻlovchilar va ekipajni qutqarish va kema va uning yukini qutqarish uchun koʻrilgan choralar haqida xabar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik mansabdor shaxsi konsullikka vakolat bergan davlat kemasiga, uning ekipaji aʼzolariga va kemaning konsullikka vakolat bergan davlat fuqarolari hisoblangan yoʻlovchilariga yordam koʻrsata oladi yoxud konsullik joylashgan davlatdan bunday yordam koʻrsatishni soʻray oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar konsullikka vakolat bergan davlat kemasining egasi, kapitani yoki boshqa vakolatli shaxs kemaning yoki uning yukining qoʻriqlanishi va qutqarilishini taʼminlash choralarini koʻrishga yoki ularni oʻz qoʻl ostiga olishga qodir boʻlmasa, konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik mansabdor shaxsi kema egasi nomidan yo bunday holatda kema yoki yuk egasi qabul qilishi kerak boʻlgan choralarni koʻradi, yo konsullik joylashgan davlatga shunday choralarni koʻrish iltimosi bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarining qoidalari, shuningdek konsullikka vakolat bergan davlat yoki uchinchi davlat fuqarosiga tegishli boʻlgan va konsullik joylashgan davlat sohili yoki suvlarida topilgan yoki konsullik joylashgan davlat bandargohiga keltirilgan ashyolarga nisbatan ham amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsullik joylashgan davlatning vakolatli idoralari konsullikning mansabdor shaxsiga konsullikka vakolat bergan davlatning kemasini qutqarish bilan bogʻliq choralarni koʻrishda barcha tegishli yordamni koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsullikka vakolat bergan davlatning shikastlangan kemasi, shuningdek uning yuki va mulki konsullik joylashgan davlatda bojxona soliqlari, yigʻim va bojlaridan faqat kema va uning yuki bu davlatda boj toʻlashni kutib qoldirilgan hollarni istisno qilganda, ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda
Havo kemalari xususidagi vazifalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konvensiyaning 44 — 47-moddalari fuqaro aviatsiyasi boʻyicha ikkala davlat aʼzo boʻlgan har qanday xalqaro bitimga zid kelmaydigan darajada fuqaro havo kemalariga nisbatan ham amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda
Konsullik joylashgan davlat idoralari bilan aloqalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxslari oʻz vazifalarini bajarish jarayonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻz konsullik okrugining vakolatli mahalliy idoralarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) konsullik joylashgan davlatning vakolatli markaziy idoralariga konsullik joylashgan davlat qonun, qoidalari va urf-odatlari yoki tegishli xalqaro shartnomalar yoʻl qoʻygan darajada murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda
Konsullik yigʻimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Konsullik muassasasi konsullik joylashgan davlat hududida konsullik ishlarini amalga oshirgani uchun konsullikka vakolat bergan davlatning qonun va qoidalari nazarda tutgan yigʻim va bojlar olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddaning 1-bandida eslatilgan, yigʻim va bojlar sifatida olinadigan pullar va bunday yigʻim va bojlarni olgandagi kvitansiyalar konsullik joylashgan davlatda barcha soliq yigʻim va bojlardan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsullik joylashgan davlat konsullik muassasasiga shu yoʻsinda toʻplangan pullarni oʻzining rasmiy bank hisobiga oʻtkazishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda
Konsullik muassasasi xodimlari vazifalarining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi xodimlarining vazifalari, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullikka vakolat bergan davlatning konsullik joylashgan davlatga uning vazifalari toʻxtaganini xabar qilishi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-moddaga binoan konsullik joylashgan davlat tomonidan berilgan ekzekvatura yoki boshqa ruxsatnomani bekor qilish bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) konsullik joylashgan davlatning konsullikka vakolat bergan davlatni uning xodimini konsullik xodimi deb hisoblashni toʻxtatgani haqida xabardor qilishi bilan toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda
Konsullik joylashgan davlatdan qaytish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik joylashgan davlat hatto qurolli mojaro yuz bergan taqdirda ham konsullik muassasasi xodimlari va konsullik joylashgan davlatning fuqarolari yoki uning hududida doimiy yashovchi chet ellik hisoblanmagan xususiy uy xizmatchilariga, shuningdek ular bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga, ularning qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qatʼi nazar, qaytishga tayyorgarlik koʻrishlari va tegishli xodimlarning vazifalari tugagandan soʻng iloji boricha tezroq chiqib ketishlari uchun zarur boʻlgan vaqt va sharoitni yaratib berishi lozim. Xususan, u lozim boʻlgan taqdirda, ularning ixtiyoriga oʻzlari uchun va konsullik joylashgan davlatda sotib olgan, qaytib ketishi vaqtida olib ketish taqiqlanmagan, mulklari uchun naqliyot vositalari berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda
Konsullik binolari va arxivlarini, shuningdek konsullikka vakolat bergan davlat manfaatlarini favqulodda sharoitlarda qoʻriqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikki davlat oʻrtasidagi konsullik munosabatlari uzilgan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsullik joylashgan davlat, hatto qurolli ixtilof roʻy bergan taqdirda ham konsullik binosi, shuningdek konsullik muassasasi va konsullik arxiviga hurmat bilan qarashi va qoʻriqlashi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) konsullikka vakolat bergan davlat konsullik binolarini, shuningdek ularda joylashgan mulkni va konsullik arxivini qoʻriqlashni konsullik joylashgan davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) konsullikka vakolat bergan davlat oʻz manfaatlari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilishni konsullik joylashgan davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsullik muassasasining vaqtinchalik yoki tamoman yopilishi hollarida ushbu moddaning 1-bandining “a” kichik bandi qoidalariga amal qilinadi. Bundan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatda diplomatik vakolatxonaga ega boʻlmasa, lekin bu davlat hududida boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlsa, ushbu konsullik muassasasiga yopilgan konsullik muassasasini undagi mulki va konsullik arxivi bilan birgalikda qoʻriqlash va konsullik joylashgan davlat roziligi bilan, bu konsullik muassasasi okrugida konsullik vazifalarini bajarish ishonib topshirilishi mumkin; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar konsullikka vakolat bergan davlat konsullik joylashgan davlatda va diplomatik vakolatxonaga, na boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlmasa ushbu moddaning 1-bandining “b” va “s” kichik bandlaridagi qoidalariga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda
Kuchga va amal qilish muddatiga kirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashayotgan Tomonlarning konstitutsiyaviy qoidalariga muvofiq ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashilgan sanadan 30 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashayotgan Tomonlardan birining diplomatiya vositalari orqali boshqa Ahdlashayotgan Tomonga oʻzining ushbu Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish niyati haqidagi yozma bildiruvnomasini topshirgan sanadan olti oy oʻtganga qadar oʻz kuchini saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moskva shahrida, 1994-yil 2-martida ikki nusxada, oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)