Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi “Tomonlar” deb ataluvchilar,
ularning mamlakatlari oʻrtasida doʻstona aloqalar va oʻzaro tushunishni mustahkamlashga intilib,
ilm va xalqlar oʻrtasida oʻzaro tushunishni taʼminlashda va iqtisodiy aloqalarni rivojlanishining asosi deb turizmni muhimligini tan olgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar ularning qonun va qoidalari asosida turizm sohasida tenglik va oʻzaro foyda asosida hamkorlikka koʻmaklashadilar va uning rivojlantirishga intiladilar.
2-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz fuqarolari va uchinchi davlat fuqarolariga Oʻzbekistonga va Vyetnamga jamoat va shaxsiy sayohatlarga koʻmaklashadilar va yordam beradilar.
3-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimni amalga oshirish uchun mansabdor agentliklarni belgilaydilar:
Oʻzbekiston tomonidan: “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi;
Vyetnam tomonidan: Turizm boʻyicha Vyetnam milliy administratsiyasi.
4-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining mamlakatlarida turizm masalalari boʻyicha tashkil etish, boshqarish va ish faoliyatini oborishga tegishli tajriba bilan almashishga va turizmga tegishli publikatsiyalar va boshqa maʼlumotlar bilan almashishga koʻmaklashadilar.
5-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar ekspertlar bilan almashish va xodimlarni oʻqitish orqali turizm sohasidagi texnikaviy yordamga koʻmaklashishga harakat qiladilar. Kelishib olingan har qanday texnikaviy yordam, uning muddatlari va shartlari har doim Ahdlashuvchi Tomonlar yoki 3-moddada koʻrsatib oʻtilgan mansabdor idoralar oʻrtasida yozma bitimlarning predmeti boʻladi.
6-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar turizmni va investitsiyalarga koʻmaklashish maqsadlariga rasmiy turistik vakolatxonalarni tasdiqlashda boshqa tomonga yordam beradilar.
7-modda
Istalgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu Bitimga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali yozma ravishda iltimos qilishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishib olingan har qanday oʻzgarishlar ularning kuchga kirishi zarur boʻlgan tartiblarni bajarilgandan soʻng kuchga kiradilar.
8-modda
Ushbu Bitimni amalga oshirish va uning qoidalarini bajarish vaqtida vujudga kelgan har qanday bahslar va kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida doʻstona maslahatlashishlar yoki muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladilar.
9-modda
Ushbu Bitim har bir Ahdlashuvchi Tomonining qonunchilikda koʻrsatilgan zarur tartiblarni bajarilgandan soʻng kuchga kiradi, kuchga kirish kuni oxirgi Tomon zarur boʻlgan tartiblarni bajargan kuni bilan bir.
Bitim besh yil mobaynida amal qiladi.
Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yozma ravishda diplomatik yoʻllar orqali boshqa tomonga ushbu Bitimning amal qilish muddati tugashidan olti oy oldin uning denonsatsiya qilishi toʻgʻrisida oʻz niyatini bildirmasa, Bitim oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davriga choʻziladi.
Xanoy shahrida 1996-yil 28-martda ikki nusxada, oʻzbek, vyetnam va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Kelishmovchiliklar paydo boʻlgan vaqtda ingliz tilidagi matn qoʻllanadi.
(imzolar)