Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.12.2003 yildagi 563-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIChIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berish tizimini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi” aksiyadorlik jamiyati (“Biznes-fond”) muassislari bilan birgalikda ikki oy muddatda “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishini, shuningdek kredit resurslari qoldig‘i 2004-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyati balansidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PQ-1945-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-martdagi PQ-1945-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 177-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarori talablariga muvofiq mahalliy xomashyodan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida tadbirkorlarga lizing asosida zamonaviy chet el texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari yetkazib berish yo‘li bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi bilan 50 mln. AQSh dollari summasidagi qo‘shma dasturning amalga oshirilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-iyundagi 117-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 219-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, qaytarish asosida “Biznes-fond”ga ajratilgan kredit resurslari bo‘yicha shartnomalarni “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki bilan qayta tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchilar tomonidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki bilan 1998-yil sentyabrgacha berilgan “Biznes-fond” kreditlari hamda texnika va asbob-uskunalar lizingi bo‘yicha shartnomalarning qayta tuzilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Biznes-fond” hammuassisi hisoblanadigan korxonalarning ustav fondlaridagi “Biznes-fond” ulushlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishni yoki tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlarga qayta rasmiylashtirishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kredit liniyalari hisobiga kichik tadbirkorlik subyektlarini tijorat banklari hamda lizing kompaniyalari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash Fondi (“Biznes-fond”)ni tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 26-iyuldagi 291-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 24-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-son qarorga muvofiq 4—8-bandlarning tartib raqamlari 5—9 ga o‘zgartirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
563-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 24-dekabrdagi
563-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1996-yil 16-apreldagi 151-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 4-son, 12-modda) “b” bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 4-ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 240-modda; 2004-y., 11-son, 127-modda; 2006-y., 24-son, 219-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2013-y., 14-son, 177-modda)