02.03.1994 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanishiga yoʻl quymaslik haqida Bitim tuzish va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar haqida ahdlashib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Qoʻllanish doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlarning biri yoki har ikkisining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Qamrab olinayotgan soliqlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim undirilish uslubidan qatʼi nazar Ahdlashayotgan har bir Davlat nomidan olinayotgan daromad (foyda) soliqlari va mulk soliqlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Daromaddan va mulkdan olinadigan soliqlarga umumiy daromaddan yoki daromadning bir qismidan olinadigan, shu jumladan koʻchma va qoʻzgʻalmas mulkni sotishdan, mulk qiymatining oshishidan tushgan daromaddan olinadigan barcha soliqlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitim qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq joriy qilingan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning foydasidan olinadigan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Oʻzbekiston fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) korxonalar mulkidan olinadigan soliq (bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiya Federatsiyasida — quyidagi qonunlarga muvofiq olinadigan soliqlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Korxonalar va tashkilotlar foydasidan olinadigan soliq toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “Korxonalar mulkidan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) “Jismoniy shaxslarning mulkidan olinadigan soliq toʻgʻrisida” (bundan keyin “Rossiya soliqlari” deb ataladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Bitim Ahdlashayotgan Davlatlarning har biri tomonidan ushbu Bitim imzolangandan soʻng kelajakda olinadigan amaldagi soliqlarga qoʻshimcha yoki ular oʻrniga kiritilgan har qanday munosib yoki aslida oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari oʻz soliq qonunchiligida boʻlgan barcha tub oʻzgarishlar haqida bir-birlariga xabar beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Umumiy atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning maqsadlari uchun, agar matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Oʻzbekiston” iborasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda xalqaro qonunchilik hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer osti boyliklari va tabiiy resurslardan foydalanishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi oʻz huquqlarini amalga oshirishi mumkin boʻlgan zona hisoblanadigan hududini, ichki suv havzalarini, ular tepasidagi havo kengligini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Rossiya Federatsiyasi (Rossiya)” iborasi Rossiya Federatsiyasini anglatadi va uni jugʻrofiy maʼnoda qoʻllashda subyektlarining hududlarini, ichki suvlari va hududiy dengizlari, ularning tepalaridagi havo boʻshliqlari, shuningdek Rossiya Federatsiyasi oʻzining suveren huquqlarini va sud qilish huquqlarini Rossiya Federatsiyasi soliq qonunchiligi qoʻllanilayotgan xalqaro huquq normalariga binoan amalga oshira oladigan iqtisodiy mintaqa va kontinental shelfni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Ahdlashayotgan Davlat” va “boshqa Ahdlashayotgan Davlat” iboralari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekiston yoki Rossiyani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) “Shaxs” iborasi oʻz ichiga jismoniy shaxsni, Ahdlashayotgan Davlatlarning qonunlariga binoan va soliqqa tortilishning maqsadi uchun yuridik shaxs sifatida koʻrib chiqilayotgan har qanday yuridik shaxs va boshqa har qanday shaxslarning birlashmasini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “kompaniya” iborasi soliqqa tortish maqsadida korporativ birlashma sifatida koʻrib chiqilayotgan har qanday korporativ birlashma yoki har qanday tashkilotni bildiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi” va “oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi” iboralari oʻz oʻrni bilan Ahdlashayotgan Davlat rezidenti tomonidan boshqarilayotgan korxonani va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti tomonidan boshqarilayotgan korxonani anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) “xalqaro tashish” iborasi Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi dengiz yoki havo kemalari, avtotransport vositalari yoki temir yoʻl transportini qoʻllagan holda tashishni anglatadi, lekin faqatgina boshqa Ahdlashayotgan Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida dengiz, daryo yoki havo kemalari, avtotransport vositalari yoki temir yoʻl transportini qoʻllagan holda tashish bunga kirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
h) “milliy shaxs” degan ibora oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Ahdlashayotgan Davlatlarning fuqarosi hisoblangan hamma jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Ahdlashayotgan Davlatlarda qoʻllanilayotgan qonunchilikka binoan oʻz maqomini olgan hamma yuridik shaxs va uyushmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo) “vakolatli tashkilot” iborasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rossiya Federatsiyasiga nisbatan — Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligini yoki uning ishonchli vakilini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitimni Ahdlashayotgan Davlat qoʻllaganda har qanday Bitimda belgilanmagan ibora, agar matn mazmuni oʻzga maʼnoni talab qilmasa, qaysi Ahdlashayotgan Davlatning soligʻiga nisbatan ushbu Bitim qoʻllanilayotgan boʻlsa, oʻsha Davlatning qonunlariga kura qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Rezident
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimning maqsadlari yuzasidan “Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti” iborasi mazkur Davlatning qonunchiligi boʻyicha uning turar joyi, doimiy istiqomat qilishi, boshqaruv tizimining qayerda joylashgani, huquqiy shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan joyi, yoki oʻzga asli mazmunda shunga oʻxshash mezonlarga kura mazkur Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan shaxsni anglatadi; mazkur ibora faqatgina ushbu Ahdlashayotgan Davlatdagi manbalardan daromad olayotgan yoki ushbu Davlatdagi mulk qiymatining oʻsishidan daromad olayotgan shaxslarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bordiyu agar birinchi band mazmuniga muvofiq biron shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning har ikkisida rezident deb qaralsa, uning maqomi quyidagi qoidalar asosida belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu shaxs toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikki Ahdlashayotgan Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga, chuqur shaxsiy va iqtisodiy aloqalarga ega boʻlsa (hayotiy manfaatlar markazi) Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazini aniqlab boʻlmasa yoki Ahdlashayotgan Davlatlarning hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) agar u odatda har ikki Davlatda tursa yoki ularning hech birida turmasa, u Ahdlashayotgan Davlatlarning qay birining fuqarosi boʻlsa, shu Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) agar shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning har ikkisining rezidenti deb qaralsa yoki Davlatlarning hech birining rezidenti boʻlmasa, Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar 1-band mazmuniga muvofiq jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning har ikkisining rezidenti boʻlsa, uning haqiqiy rahbar organlari joylashgan Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Doimiy vakolatxona
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun “doimiy vakolatxona” iborasi Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashayotgan Davlatda olib boradigan doimiy faoliyat oʻrnini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Doimiy vakolatxona” iborasi, xususan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boshqaruv joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) idora;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fabrika;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ustaxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) ruda koni, neft va gaz koni, karyer yoki tabiiy resurslar olinadigan har qanday boshqa joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Doimiy vakolatxona” atamasi qurilish maydonchasi, qurilish-montaj yoki yigʻish obyekti ular bilan bogʻliq texnik nazorat faoliyati ishlar davomiyligi 12 oydan oshgan taqdirdagina doimiy vakolatxona sifatida qaraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, quyidagi faoliyat turlarini doimiy vakolatxona iborasi oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlarni faqat saqlash, namoyish qilish va yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxiralarini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) shu korxonaga tegishli tovarlar yoki mahsulotlar zaxiralarini faqat boshcha korxona tomonidan qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlar yoki mahsulotlar sotib olish yoki faqat mazkur korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) doimiy faoliyat joyini ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi xarakterdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida ushlab turilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) doimiy faoliyat joyini faqat (a) — (e) bandchalarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday majmuasida amalga oshirish uchun bu faoliyat turlari doimiy faoliyat joyi ishining asosiy mazmuni boʻlgani shartida ushlab turilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1 va 2-bandlardagi qoidalarga qaramay, agar shaxs, mazkur moddaning 7-bandida koʻrsatilgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashayotgan Davlatlarning birida oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdagi korxonaning nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlsa va huquqlardan odatda foydalansa, bu korxona ushbu Ahdlashayotgan Davlatda doimiy vakolatxonaga uning uchun shaxs tomonidan koʻrsatilgan xizmat doirasiga ega deb hisoblanadi, lekin ushbu shaxsning faoliyati Bitimning 4-bandida koʻrsatilgan faoliyat bilan cheklanib qolsa va bu faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilgan taqdirda ham bu joyni ushbu bandning qoidalariga asosan doimiy vakolatxonaga aylantirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxona, agar u oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda doimiy vakolatxonaga ega deb qaralmaydi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan birlashma (kompaniya) oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgan birlashma tomonidan nazorat qilish yoki nazoratni oʻzga Davlat kompaniyasi ustidan yuritish yoki mazkur kompaniya oʻzga Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish (doimiy vakolatxona orqali yoki boshqa tarzda) fakti oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy vakolatxonaga aylantirib qoʻymaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Qoʻzgʻalmas mulkdan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan qoʻzgʻalmas mulkdan olgan daromadi (qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromad ham shu jumlaga kiradi) faqat shu oʻzga Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Qoʻzgʻalmas mulk” iborasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligida ifodalangan maʼnoga ega buladi. Har qanday holda ham ushbu ibora yer ustidagi mulk haqidagi qonunchilikka asosan haq-huquqi belgilangan qoʻzgʻalmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vositalari, har qanday baliq tutish moslamalarini, qoʻzgʻalmas mulk natijasi boʻlgan atrof mulkni (uzufrukt), ishlatganlik uchun badal sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan va qatʼiy belgilangan toʻlovlarga boʻlgan huquq yoki ishlashga, minerallar joylashgan yerga va boshqa tabiiy resurslarga boʻlgan huquqni oʻz ichiga qamraydi. Dengiz, daryo, havo kemalari, temir yoʻl va avtomobil transporti vositalari qoʻzgʻalmas mulk sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuqoridagi 1-band qoidalari qoʻzgʻalmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki oʻzga har qanday shaklda foydalanib olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuqoridagi 1 va 3-band qoidalari korxonaning qoʻzgʻalmas mulkdan olgan daromadiga nisbatan va mustaqil xususiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan qoʻzgʻalmas mulkka nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Biron Ahdlashayotgan Davlatda boshqa Ahdlashayotgan Davlat korxonasi olgan foyda boʻlsa, agar u oʻsha yerda joylashgan doimiy vakolatxona orqali olingan boʻlsa, shu doimiy vakolatxonaga tegishli qismi birinchi eslatib oʻtilgan Davlat soligʻi bilan soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band qoidalarini inobatga olgan holda biron Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda tadbirkorlik faoliyatini u yerda joylashgan doimiy vakolatxona orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashayotgan Davlatda shunaqangi doimiy vakolatxonaga u xizmat koʻrsatayotgan korxonadan muhimlashtirilgan va mustaqil korxona harakat qilib bunday sharoitlarda shunday va shunga oʻxshash faoliyat koʻrsatganda topishi mumkin boʻlgan daromad tegishli buladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Doimiy vakolatxona daromadlarini (foydalarini) aniqlashda mazkur doimiy vakolatxona faoliyati maqsadlarini amalga oshirish uchun hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni chiqarib tashlash kerak buladi, doimiy vakolatxona joylashgan Davlatda yoki uning tashqarisidagi faoliyati maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlar ham shunga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashayotgan Davlatning doimiy vakolatxona rezidentiga agar bu rezident uchun faqat tovarlar yoki mahsulotlar xarid qilish asosidagina uning hisobiga biron-bir foyda yozilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy vakolatxonaga mansub daromad (foyda), agar oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar daromad, mazkur Bitimning boshcha moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalar qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
Xalqaro tashishlardan olinadigan daromad
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz, daryo, havo kemalari, avtotransport vositalari yoki temir yoʻl transportidan foydalanib olgan daromadiga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Bitim maqsadlari uchun dengiz, daryo va havo kemalari, temir yoʻl yoki transport vositalaridan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish va har qanday boshqa maqsadlarda foydalanib olinadigan daromad, hamda yuk va tovarlarni tashish uchun ishlatiladigan konteynyerlarni (jumladan, treylyerlar va konteynyerlarni tashish uchun ishlatiladigan yordamchi uskunalarni) qoʻllash, saqlash va ijaraga berishdan olingan daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shuningdek, pulda (pul) ishtirok etishdan foyda olinganda, transport vositalarini ishlatish boʻyicha qoʻshma korxona yoki xalqaro tashkilotlarda ham 1 va 2-band qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
Uyushgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qachonki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi oʻzga Ahdlashayotgan Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maʼlum oʻsha shaxslarning oʻzi bevosita yoki bilvosita ham Ahdlashayotgan Davlatning korxonasini, ham oʻzga Ahdlashayotgan Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning sarmoyasida bevosita yoki bilvosita qatnashsa va har qanday boshqa holda, ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar barpo etilsa yoki belgilansa, ularning birortasiga hisoblanishi mumkin boʻlgan, lekin yuqoridagi sharoitlar tufayli hisoblanmagan har qanday foyda Ahdlashayotgan Davlat tomonidan ushbu korxona foydasiga qoʻshilishi va tegishli ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qachonki Ahdlashayotgan Davlat mazkur Davlatning korxonasi foydasiga oʻzga Ahdlashayotgan Davlat korxonasining ana shu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilgan foydasini qoʻshib va tegishli ravishda soliqqa tortsa, va shu alfozda qoʻshilgan foyda, birinchi aytilgan korxonaga hisoblanishi mumkin boʻlgan foyda boʻlsa, agar ikki korxona oʻrtasidagi munosabatlar mustaqil korxonalar oʻrtasidagi munosabatlardek boʻlsa, bunda mazkur oʻzga Davlat ushbu foydadan olinadigan soliq miqdoriga tegishli munosiblikni kiritishi shart. Bunday munosiblikni belgilashda ushbu Bitimning boshcha qoidalari hisobga olinadi va Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli tashkilotlari zarur boʻlgan taqdirda bir-birlari bilan maslahatlashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Dividendlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniyalar tomonidan oʻzga Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu oʻzga Davlat tomonidan soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Biroq bunday dividendlar ularni toʻlayotgan kompaniya qaysi Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlsa, mazkur Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin. Ammo dividendlarni oluvchi daromadli dividendlar egasi boʻlsa va mazkur oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdagi dividendlar yuzasidan soliqqa tortilishi kerak boʻlsa, soliqning miqdori dividendlar yalpi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu band dividendlar toʻlanadigan foydani soliqqa tortishga taalluqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Dividendlar” iborasi mazkur moddada qoʻllanilganda, aksiyalardan yoki qarz talabi boʻlmagan, foydada ishtirok etish huquqini beradigan togʻ-kon sanoati aksiyalaridan, muassislar aksiyalaridan yoki boshqa huquqlardan foydalanish orqali olingan daromadlarni, shuningdek, daromadlarni taqsimlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning soliq qonunchiligi asosida aksiyalardan olinadigan daromadlarga kiritiladigan korporativ huquqni, hamda dividendlarni toʻlayotgan birlashma (kompaniya) rezidenti boʻlgan Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga binoan dividendlar yoki birlashmaning taqsimlangan ulushi deb qaraladigan har qanday (ushbu Bitimning 11 moddasiga binoan soliqdan ozod etilgan foizlar boʻlmagan) daromadlarni ham qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar dividendlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan birlashma rezidenti boʻlgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda oʻz tadbirkorlik faoliyatini unda joylashgan doimiy vakolatxonasi orqali amalga oshirsa, yoki mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va dividendlar unga nisbatan toʻlanayotgan xolding aslida shu doimiy vakolatxona yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa mazkur moddaning 1 va 2-bandlaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bunday holda sharoitga qarab mazkur Bitimning 7-moddasining yoki 14-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar Ahdlashayotgan Davlatning rezidenti boʻlgan birlashma (kompaniya) oʻzga Ahdlashayotgan Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, bu oʻzga Davlat ana shu birlashma toʻlayotgan dividendlardan hech qanday soliq ola olmaydi, (lekin bunday dividendlar ana shu oʻzga Davlat rezidentiga toʻlanayotgan boʻlgan yoki dividendlar toʻlanayotgan xolding aslida mazkur oʻzga Davlatda joylashgan doimiy vakolatxona yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan xollar bundan mustasno) va birlashmaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi, (hattoki toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu oʻzga Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Foizlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning birida hosil boʻlgan va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu oʻzga Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ammo bunday foizlar hosil boʻlgan mazkur Ahdlashayotgan Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo bu foizlarni oluvchi va bu foizlarga aslida egalik qiluvchi shaxs boshqa Ahdlashayotgan davlatning rezidenti boʻlsa, soliqning miqdori foizlar umumiy hajmining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning 2-bandida kuzda tutilgan qoidadan qatʼi nazar, quyidagi hollarda shu davlatda soliqdan ozod etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ahdlashayotgan Davlatlarning birida hosil boʻlgan foizlarning aslida oluvchisi boshqa davlat, uning subyektlari yoki mahalliy rahbariyat boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar bu foizlarning aslida oluvchisi Ahdlashayotgan Davlatning markaziy banki, eksport kreditlarni kafolatlash tashkiloti yoki shunga oʻxshash boshcha har qanday tashkilotlar boʻlsa (bunday tashkilotlar roʻyxati Ahdlashayotgan Davlatlarning daxldor organlari bilan muntazam kelishib turiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) xaridor tomonidan sotuvchiga muddatini uzaytirish shaklidagi tijorat kreditlari boʻyicha olinadigan tovarlar, uskunalar va koʻrsatiladigan xizmatlarga foizlar berilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Foizlar” iborasi mazkur Bitimda qoʻllanilganda qarzdor foydasida qatnashishga huquq beradigan yoki bermaydigan, badal bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni va xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlari, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan (jumladan, bu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha yutuqlardan) olinadigan daromadni bildiradi. Oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun jarimalar (neustoykalar) ushbu modda maqsadida foizlar sifatida qaralmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti bula turib, doimiy vakolatxonasi orqali foizlar hosil boʻlayotgan oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda tadbirkorlik faoliyati olib borayotgan boʻlsa, yoki u yerdagi oʻzga doimiy bazasidan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatgan yoki koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy vakolatxonaga yoki doimiy bazaga haqiqatan mansub boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda sharoitga qarab mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Royalti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birida hosil boʻladigan va oʻzga Ahdlashayotgan Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar faqat ushbu oʻzga Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Royalti” iborasi mazkur Bitimda qoʻllanilganda har chanday adabiyot, sanʼat va fan asarlarini, xususan, kinofilmlar hamda radioeshittirish va televideniye yozuvlari va videokassetalar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxema, kompyuter dasturi, maxfiy formula yoki jarayonlardan foydalanganlik uchun toʻlanadigan, sanoat, tijorat, ilmiy ishlardan, sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribalarga nisbatan axborotlardan foydalanganlik uchun yoki shu huquqni berganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar aslida royalti oluvchi bir Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlaturib, royalti paydo boʻladigan boshqa Ahdlashayotgan Davlatda joylashgan doimiy vakolatxona yoki baza orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa va u ana shunday vakolatxona yoki baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, u holda 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab mazkur Bitimning 7-moddasi yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar toʻlovchi va amalda royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkovi va biror uchinchi shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltining toʻlangan miqdori toʻlovchi va amaldagi shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, mazkur modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga mazkur Bitimning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashayotgan Davlat qonunchiligiga muvofiq yana soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Mulk qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda boʻlgan 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkni sotishdan (begonalashtirishdan) olinadigan mulk qiymatining ortishidan oladigan daromadlarga oʻsha boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda boʻlgan doimiy vakolatxona tadbirkorlik mulkining qismini tashkil etuvchi koʻchma mulkni begonalashtirishdan olingan yoki Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchma mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlarga (bunga shu doimiy vakolatxona (alohida yoki korxona bilan birga) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olingan daromadni ham qoʻshib) mana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashayotgan Davlat korxonasi xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan kema yoki samolyot yoki temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarini sotishdan olgan daromadlari yoki mana shu transport vositalarini ishlatishda foydalaniladigan koʻchma mulkni sotishdan oladigan daromadlariga faqat ana shu Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur moddaning 1, 2 va 3-bandlarida aytib oʻtilmagan istalgan boshqa mulkni sotishdan olinadigan daromadlar mulkni sotayotgan shaxs qaysi Ahdlashayotgan Davlat rezidenti boʻlsa, oʻsha Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil faoliyatlardan olgan daromadiga faqat mana shu Davlatdagina soliq solinishi mumkin. Lekin bunday daromad boshqa Ahdlashilayotgan Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin, faqat bunda agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jismoniy shaxs oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlarida ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda unga doimiy qulay boʻlgan muqim bazasiga ega boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy shaxs boshqa Ahdlashayotgan Davlatda umumiy miqdorda istagan 12 oylik davrda 183 kundan ortiq davr yoki davrlar mobaynida yashasa (shu boshqa Davlatda berilgan xizmatlarga taalluqli ishlarda boʻlib).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Mustaqil shaxsiy xizmatlar” iborasi jumladan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil shaxsiy faoliyatini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Yollanma ish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitimning 16, 18 va 19-moddalari qoidalarini hisobga olib Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidentining yollash boʻyicha oladigan maoshi va boshqa shu munosabatda olingan mukofotlari miqdoriga mana shu boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin (agar yollanma ish boshqa Ahdlashayotgan Davlatda amalga oshmasa). Agar yollanma ish shu tariqa amalga oshiriladigan boʻlsa, shu munosabat bilan olinadigan mukofot shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti Ahdlashayotgan Davlatlardan boshqasida amalga oshiradigan yollash boʻyicha ish munosabatida oladigan taqdirlash pullariga faqat eslatilgan birinchi Davlatda soliq solinadi, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taqdirlash puli oluvchi boshcha Ahdlashayotgan tomonda istalgan 12 oylik davr doirasida umumiy majmuiga koʻra 183 kunlik davr yoki davrlar mobaynida boʻlsa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taqdirlash puli boshcha Ahdlashayotgan Davlat shaxsi, rezidenti boʻlmagan yollovchi yoki yollovchi nomidan toʻlansa; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) taqdirlash puli boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashayotgan Davlatda ega boʻlgan doimiy vakolatxona yoki doimiy baza qilmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur moddaning oldingi 1 va 2-bandlari qoidalariga qaramay Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti xalqaro yuk tashishlarda foydalanadigan dengiz, havo, temir yoʻl yoki avtomobil transporti vositalarida yollanma ish boʻyicha oladigan ish haqi va boshqa shu kabi taqdirlashlarga mazkur korxona rezidenti boʻlgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Direktorlar kengashlarining aʼzolari oladigan daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktorlarning gonorarlari va bir Davlat rezidentining direktorlar kengashi yoki shu kabi kompaniya, tashkilot yoki boshcha har qanday boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanadigan yuridik shaxs sifatida olinadigan shu kabi toʻlovlar ana shu ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Artist va sportchilar daromadlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Bitimning 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatdagi shaxsiy faoliyati tufayli oladigan daromadiga shu ikkinchi Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatiga daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, boshcha shaxsga yozilsa, mazkur Bitimning 7, 14 va 15-moddalari qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatgan oʻsha Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanʼat xodimlari yoki sportchilarning Ahdlashayotgan Davlatga borishi bilan bogʻliq xarajatlarga Ahdlashayotgan Davlatlardan birining yoki har ikkalasining ijtimoiy jamgʻarmalaridan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan mablagʻ ajratilayotgan boʻlsa, unda ular faoliyati natijasida olingan daromadlarga 1 va 2-bandlar qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda sanʼat xodimi yoki sportchining daromadiga faqat ular rezidenti boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda
Pensiyalar va boshqa shu kabi toʻlovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidentiga toʻlanadigan pensiya ( jumladan, davlat va ijtimoiy jamgʻarmalar boʻyicha toʻlovlar) ga va ilgari amalga oshirgan faoliyat uchun toʻlovlarga faqat ana shu Ahdlashayotgan Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlat rezidenti foydasiga hal boʻladigan aliment va boshqa shu kabi toʻlovlar ana shu Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Ushbu toʻlovlarni toʻlovchi shaxsning soliqqa tortiladigan daromadiga kamaytirishi uchun hisobga olingan summadan ortiqcha summalar bu shaxs qaysi Davlat rezidenti boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda
Davlat xizmati uchun taqdirlanishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan biri yoki uning subyektlari yoxud mahalliy hokimiyatlari tomonidan jismoniy shaxsga mana shu Ahdlashayotgan Davlatga, uning subyekti yoki mahalliy hokimiyatlarga koʻrsatgan xizmatlari uchun toʻlanadigan taqdirlash puli faqat mana shu Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lekin ana shunday taqdirlanish faqat boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa tortiladi, qachonki xizmat shu boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan boʻlsa va shu Davlat rezidenti hisoblanadigan jismoniy shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) shu Davlat milliy fuqarosi boʻlsa; yoki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) faqatgina xizmat koʻrsatish maqsadlarida shu Davlatning rezidenti boʻlmagan boʻlsa unga faqat boshqa Ahdlashayotgan Davlatdagina soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda
Talabalar. muallimlar va ilmiy xodimlarga toʻlanadigan pullar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatga kelgunga qadar boshqa Ahdlashayotgan Davlatning hozirda rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat uqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan talaba, aspirant yoki stajerga yashash, uqish va maʼlumot olish uchun mana shu birinchi eslatilgan Davlatda beriladigan toʻlovlarga, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidagi manbalardan olib toʻlanadigan boʻlsa, soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlatga kelgunga qadar ikkinchi Ahdlashayotgan Davlat rezidenti hisoblanib taqdirlanish pullari oladigan oʻquvchi yoki ilmiy xodim dars berish yoki tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida birinchi aytib oʻtilgan Davlatda boʻlsa, u holda ana shu Davlatda ikki yil mobaynida oʻz taqdirlanish pullaridan soliq toʻlashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda
Boshqa daromadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti haqiqiy olish huquqiga ega boʻlgan mazkur Bitimning oldingi moddalarida tilga olingan daromad turlariga qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat mana shu Davlatdagina soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda
Mulk
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidentiga taalluqli boʻlib boshqa Ahdlashayotgan Davlatda turgan qoʻzgʻalmas mulkka ushbu boshqa Davlatda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasining boshqa Ahdlashayotgan Davlatdagi doimiy vakolatxonasining tadbirkorlikka oid mol — mulkining bir qismi boʻlgan koʻchma mulkka yoki Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidentiga boshqa Ahdlashayotgan Davlatda mustaqil yakka tartibdagi xizmatlarni koʻrsatish uchun lozim boʻlgan doimiy baza bilan bogʻliq koʻchma mulkka ushbu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dengiz, daryo va havo yoʻllari, temir yoʻl va xalqaro tashishlarda ishlatiladigan avtomobil transporti bilan yetkazib berilgan mulk va ana shu transport vositalari bilan bogʻliq koʻchma mulk ushbu Bitimning 8-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashayotgan Davlat korxonalarining tovarlarni tashishda foydalaniladigan konteynyerlar (jumladan, treyler va konteynyerlarni transportda tashish uchun moslama uskunalari) faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi (bunday konteyner yoki treylar yoki yordamchi qurilmalar ikkinchi Ahdlashayotgan davlat oʻrtasidagi punktlarda tashish uchun foydalanishlar bundan istisno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ahdlashayotgan Davlat rezidenti mulkining boshqa har qanday elementlari faqat ana shu Ahdlashayotgan Davlatdagina soliqqa tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ahdlashayotgan Davlatlardan birining rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashayotgan Davlatda soliqqa Tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa u holda bu daromadlar summasi birinchi eslatib oʻtilgan Davlatdagi daromad munosabati bilan bunday shaxsdan undiriladigan soliq chegirib tashlanishi mumkin. Vaholanki bunday chegirish ushbu birinchi Davlatning soliq qonunlari va qoidalariga muvofiq hisoblab chiqilgan daromad summasidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda
Haq-huquqni cheklab qoʻymaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining milliy shaxslari Ahdlashayotgan boshqa Davlatda fuqarolariga ayni bir xil sharoitlarda yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan kura mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida shuningdek 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar bitta yoki har ikkala Ahdlashayotgan Davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga ham tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ahdlashayotgan Davlatlardan birining korxonasi Ahdlashayotgan boshqa Davlatdagi doimiy vakolatxonasiga soliq solish ushbu Ahdlashayotgan boshqa aynan shunday faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan kura yomonroq boʻlmaydi. Bu qoida Ahdlashayotgan Davlatlardan birini boshqa Ahdlashayotgan Davlatning rezidentlariga bu Davlat oʻzining rezidentlariga ularning fuqarolik maqomi yoki oilaviy sharoiti asosida beradigan soliq solishdagi qandaydir qisman imtiyozlar, ozod qilishlar va kamaytirishlarni berishga majbur qiladigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Bitimning 9, 11 yoki 12-moddalar qoidalari qoʻllaniladigan holatlarni istisno qilib Ahdlashayotgan Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliq solinadigan foydasini aniqlash maqsadlarida toʻlaydigan foizlar, royalti va boshqa tovonlar goʻyoki birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan tarzda chegirib tashlanadi. Xuddi shuningdek bitta Ahdlashayotgan Davlat korxonasining boshqa Ahdlashayotgan Davlat rezidentiga har qanday qarzlari ushbu korxonaning soliqda tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi esga olingan Davlat rezidentining qarzlarini hisobga olgandek sharoitda hisob-kitob qilib chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashayotgan Davlatlarning mulki toʻliq yoki qisman Ahdlashayotgan boshcha Davlatning bir yoki bir necha rezidentlari tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan korxonalar birinchi eslatilgan Davlatda shunday korxonalariga solinadigan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan kura mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda
Oʻzaro kelishuv tartiblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Agarda Ahdlashayotgan Davlat rezidenti Davlatlardan biri yoki har ikkalasining faoliyati unga mazkur Bitimda nazarda tutilganga muvofiq kelmaydigan soliq solinishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa yoki agarda uning holati mazkur Bitimning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa u mazkur Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Ariza Bitim qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq tortishga duchor qiladigan xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi xabarnoma olinganidan soʻng uch yil mobaynida taqdim qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli idora uning arizasini asosli deb topsa va oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani Bitimga muvofiq kelmaydigan soliq solinishidan qochish maqsadlarida Ahdlashayotgan boshqa Davlatning vakolatli idorasi bilan oʻzaro kelishib hal qilishga harakat qiladi. Har qanday erishilgan kelishuv Ahdlashayotgan Davlatlarning milliy qonunlarida mavjud boʻlgan qandaydir vaqtinchalik cheklashlardan qatʼi nazar bajarilishi zarurdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ahdlashayotgan Davlatning vakolatli idoralari Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular shuningdek Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda ham ikkiyoqlama soliq solinishini bartaraf qilish maqsadida bir-biri bilan maslahatlashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ahdlashayotgan Davlatlarni vakolatli idoralari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadlarida bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda
Axborot almashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli idoralari mazkur Shartnoma qoidalarini qoʻllanish uchun yoki mazkur Bitim tatbiq etiladigan Ahdlashayotgan Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligi ushbu qonunchilikdan mazkur Bitimga zid tushmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Ahdlashayotgan Davlat olayotgan har qanday axborot, mazkur Davlatning ichki qonunlari haqida olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi, hamda faqat aniqlash, olib qoʻyish, majburiy chora koʻrish bilan bogʻliq yoki Bitim tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan qarorlarni ijro etuvchi shaxslar va organlargagina, xususan, sudlar va maʼmuriy organlargagina ochiladi. Bu shaxslar yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hech qanday holatda ham mazkur modda 1-bandning qoidasi Ahdlashayotgan Davlatlar vakolatli idorasi zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoida sifatida talqin qilinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) u yoki bu Ahdlashayotgan Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy tajribasiga zid, maʼmuriy choralar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) u yoki bu Ahdlashayotgan Davlatlar qonunchiligiga kura yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) u yoki bu savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasbiy sirni yoki savdo jarayonini yoki ochilishi davlat manfaatlariga oid boʻladigan axborotlarni berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda
Soliqlarni yigʻishda yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ahdlashayotgan Davlatlarning vakolatli idoralari bir birlariga soliqlarni yigʻishda koʻmaklashishni zimmalariga oladilar. Bu esa ushbu bitimning 2-moddasi qoidalari bilan cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu moddadagi hech narsa Ahdlashayotgan Davlatlarni maʼmuriy xarakterdagi uning oʻz soliqlarini yigʻishga yoki uning odatdagi amaliyotiga zid keladigan chora-tadbirlar koʻrishga majbur qiladigan darajada talqin etilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu moddani qoʻllashdagi amaliy harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari oʻrtasidagi soliq qonunlariga rioya qilish borasida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxonalari xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilariga xalqaro huquq umumiy normalari yoki har ikki Ahdlashayotgan Davlatlar oʻrtasidagi maxsus Bitim qoidalariga muvofiq belgilab quyilgan soliq imtiyozlariga daxldor emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda
Bitimning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim ratifikatsiyalanadi va ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Bunda uning qoidalari quyidagilarga amal qila boshlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) manbadan undiriladigan soliqlar xususida — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvarida yoki 1-yanvaridan keyin toʻlanadigan yoki hisoblangan soliqlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boshqa soliqlar xususida — Bitim kuchga kirgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlab yoki 1-yanvaridan keyingi soliqqa tortiladigan davrlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) 26 va 27-moddalar maqsadida — Bitim kuchga kirgan kundan boshlab.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda
Bitim taʼsirini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitim Ahdlashayotgan Davlatlardan biri uning taʼsirini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi, Har bir Ahdlashayotgan Davlat Bitimning taʼsirini Bitim kuchga kirgan sanadan 5 yillik muddat tugagan kundan boshlab istalgan taqvimiy yilning tugashidan kamida 6 oy oldin diplomatik yoʻl orqali xabar berib toʻxtatishi mumkin. Mazkur holatda Bitim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bildirish berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlab yoki undan keyingi yildan boshlab toʻlanadigan yoki hisoblangan summalardan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bildirish berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan boshlab yoki undan keyingi istalgan yilga daromad soligʻi va mulk qiymatining ortishidan olinadigan soliqqa nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
c) 26 va 27-moddalar maqsadlarida bildirish berilgan yildan keyingi taqvimiy yilning 1-yanvaridan yoki undan keyingi yildan boshlab oʻz taʼsirini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moskva shahrida, 1994-yil 2-martida ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, har ikkala matn bir xil kuchga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)