Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023 30.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1863-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 30.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1863-3
Kuchga kirish sanasi
06.10.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.02.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-sentabrda 1863-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32/3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 11-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kun davomida qayta ishlangan barcha so‘rov turlari bo‘yicha ma’lumot bank ish kuni yakunida BDMAB tomonidan solishtirish uchun banklarga yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 20-band “hamda mijozning oldin” degan so‘zlardan keyin “BDMABdan xos raqam olib ro‘yxatdan o‘tganligini va” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Agar mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i yopilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraqlar bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi. Shuningdek, hisobvaraqlardan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallari vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda mijozga ikkilamchi depozit hisobvaraq bankning boshqa filiallari yoki boshqa banklarda ochilmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari asosida ochiladigan hisobvaraqlar, kredit (ssuda), 22600 (22696 dan tashqari), 23100, 23200 (23206 dan tashqari) va 23500 hisobvaraqlari bundan mustasno) hamda bankka bajarilmaganlik belgisi bilan javob qaytariladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 58-bandda “Ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari” degan so‘zlar “Mijozning asosiy depozit, ssuda va maxsus (232XX) tranzit hisobvaraqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 1-ilovaning yigirma uchinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda davlat soliq xizmati organining arizasiga ko‘ra sud qarori asosida ushbu soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib turilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22” belgi — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga muvofiq soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda davlat soliq xizmati organining arizasiga ko‘ra sud qarori asosida ushbu soliq to‘lovchining banklardagi operatsiyalari to‘xtatib turilgan hisobvaraqlari sud qarori asosida qayta harakatga keltirilgan hollarda asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 40-son, 503-modda)