Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2025 19.11.2003 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2025
Hujjat 12.08.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga koʻra Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bir qancha vazirliklar va idoralarda budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etilgan. Ushbu jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xodimlarni ijtimoiy ragʻbatlantirish taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hozirga qadar vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish uchun metodologik yondashuv va taʼsirchan mexanizm yaratilmagan, bu esa koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarmalar mablagʻlarining samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasining 2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan ayrim ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq birxillashtirilgan va yangilangan miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2004-yildan boshlab Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari daromadlari va xarajatlari smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, budjet mablagʻlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari smetalarini roʻyxatdan oʻtkazishda koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarning birinchi navbatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy rivojlantirish tadbirlariga va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar 2004-yildan boshlab har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjetdan tashqari jamgʻarmalarga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida budjet mablagʻlari uchun belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda hisobotlar taqdim etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralarga budjetdan tashqari jamgʻarmalarga ajratmalar hisobiga qoʻshimcha xodimlarni taʼminlash va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etish taqiqlansin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tashkil etilgan jamgʻarmalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga mablagʻlar oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin va mablagʻlardan samarasiz foydalanish hollari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrgan holda samarasiz foydalanilgan summani Davlat budjeti daromadiga olib qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
520-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 19-noyabrdagi
520-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish, sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “85 foizi” va “15 foizi” soʻzlari tegishli ravishda “90 foizi” va “10 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi toʻgʻrisida” 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan aniqlangan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijalari, davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 10-bandining oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan taftishlar va talon-toroj, oʻgʻirlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlangan davlat ulushidan dividendlarning budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilmaganligi uchun penya va jarimalar boʻyicha budjet daromadiga tushumlarning 10 foizi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2002-y., 5-son, 23-modda, 8-son, 49-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviylashtirishda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, maʼlumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 30-martdagi 126-son qaroriga 3-ilovaning 7-bandi ikkinchi va oltinchi xatboshidagi “15” raqamlari “10” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning III boʻlimi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu boʻlimning birinchi xatboshida nazarda tutilgan mablagʻlar va jarimalarning barcha summasi (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalariga oʻtkaziladigan tegishli ravishda 4 va 6 foiz mablagʻlardan, shuningdek isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan va Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamoatchilik harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan jarimalarning 42,5 foizidan tashqari) Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasidan 10 foiz ajratma, shuningdek bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar shaklidagi tushumlarning 65 foizi hisobiga shakllantiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) 5-bandining ikkinchi-uchinchi xatboshidagi “35” raqamlari “20” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori 1-bandining uchinchi — beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida yigʻimlar undirishdan valyuta tushumlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 23-oktabrdagi 368-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalash, ruxsatnomalar berilganligi, tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlari berilganligi, eksport-import kontraktlari oldindan ekspertizadan oʻtkazilganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizadan oʻtkazilganligi, fors-major holatlari boshlanganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berilganligi, axborot maʼlumotnomalari berilganligi uchun yigʻimlar;”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorning 2-bandi oltinchi xatboshi va qarorga 1-ilovaning 2-bandi oltinchi xatboshiga “soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar undirilishidan tashqari” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorning 2-bandi yettinchi xatboshiga va qarorga 1-ilovaning 2-bandi yettinchi xatboshiga “shuningdek soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarni undirish boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qaroriga ilova 1-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2 foizi — Davlat mulki qoʻmitasining idora qilish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga va Davlat mulkini xorijiy investorga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi qarorlariga koʻra xususiylashtirish dasturini axborot bilan taʼminlashga teng ulushlarda foydalaniladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 43-son, 456-modda; 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)