29.10.2003 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.10.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OʻRTA VA OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMIGA IZCHIL OʻTISHNI TAʼMINLASHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi yangi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini ishga tushirish boʻyicha yoʻl qoʻyilgan qoloqlik va oʻrta umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar oʻrni yetarlicha muvozanatli qisqartirilmaganligi munosabati bilan ayrim tumanlarda 9-sinflarning bitiruvchilari oʻqishni kasb-hunar kollejlarida yoki umumtaʼlim maktablarining 10-sinflarida davom ettirish imkoniyatiga ega emasligi hollari mavjudligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirish, 9-sinflarning bitiruvchilari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan toʻliqroq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarni bitiruvchilarni keyinchalik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining 10-sinflarida oʻqitish bilan qamrab olishning istiqbolli koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarni bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflarida oʻqishni davom ettirishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturi 3 va 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 3 va 4-ilovalar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1, 3 va 4-ilovalarga muvofiq 9-sinflarning bitiruvchilarini qamrab olishning va yangi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini ishga tushirishning belgilangan istiqbolli koʻrsatkichlari viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha puxta ishlab chiqilganligi, oʻzaro aniq muvozanatlashtirilganligi hamda 2009-yilga borib 9-sinflarni bitiruvchilar kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqish bilan toʻliq qamrab olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 10-11-sinflarda oʻqishni vaqtincha davom ettirishni taʼminlaydigan zarur moddiy va oʻquv bazaga, malakali oʻqituvchilarga ega boʻlgan tumanlar va shaharlar boʻyicha maktablarning aniq soni aniqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining 10-sinflari uchun oʻquv rejalari va oʻqitish dasturlari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq qayta ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror bilan belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarni qamrab olish parametrlari soʻzsiz bajarilishi, 10-sinflarga va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlariga qabul qilishni taʼminlash, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini oʻz vaqtida ishga tushirish uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari boshliqlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflar bitiruvchilarini qamrab olishning mazkur qaror bilan tasdiqlangan istiqbolli koʻrsatkichlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining vaqtincha faoliyat koʻrsatayotgan 10-11-sinflari faoliyati ustidan nazorat qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinfning bitiruvchisi biror shahar yoki tumanda oʻqishni bundan keyin davom ettira olmasligining har bir holati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan darhol qaror qabul qilinishini talab etuvchi tashvishli hol sifatida qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi 9-sinflarni bitiruvchilar keyinchalik umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida oʻqish bilan toʻliq qamrab olinishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda har yili 1-oktabrga, yangi oʻquv yili boshlanishi yakunlari boʻyicha, ishlarning joylardagi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. Mazkur talabning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003/2004 oʻquv yili oxirigacha 11-sinflar uchun yangi oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tugallasin hamda ularni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun tasdiqlangan umumtaʼlim fanlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-11-sinflarda oʻqitishning yangi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq boʻlgan 11-sinflar oʻquvchilari uchun darsliklar yaratilishi va nashr etilishini 2004-yil 1-avgustgacha tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini bitiruvchilar oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bilan teng huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarining 11-sinflarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarga nisbatan ularning tayyorlanishi va oʻqish uchun respublikaning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinishi masalasida yagona yondashuvga rioya etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 11-sinflar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha taʼlim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish va respublikada majburiy taʼlim sifatini oshirishni tanqidiy oʻrganib chiqsin va belgilangan tartibda chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarda belgilangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishiga investitsiyalarning yillik hajmi koʻrsatib oʻtilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini ishga tushirish boʻyicha belgilangan topshiriq soʻzsiz bajarilishi nazarda tutilgan holda respublikaning yillik investitsiya dasturlarini tuzishda aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik investitsiya dasturini hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarini tuzishda koʻrsatib oʻtilgan oʻquv yurtlarini birinchi navbatda qishloq aholi yashash joylarida qurishni nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yoʻnaltirilgan dasturiga ularning oʻquvchilar bilan toʻldirilishini hamda umumiy oʻrta taʼlimning 9-sinflari bitiruvchilari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi boʻyicha uch yillik oʻqish bilan qamrab olinishini hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 14-avgustdagi 338-son qarorining 1, 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.A. Azizxoʻjayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 29-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
29-oktabrdagi 473-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarni bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflarida oʻqishni davom ettirishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 9 yillik umumiy oʻrta va 3 yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uzluksiz taʼlimning majburiy turlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 9-sinflarni bitiruvchilarni akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar oʻrni bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan 2004—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturiga muvofiq ular foydalanishga topshirilishiga koʻra izchil amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi oʻrta umumiy taʼlim muassasalarining 9-sinflari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishning tasdiqlangan istiqbolli koʻrsatkichlari bajarilishini, shuningdek ularning keyinchalik umumtaʼlim maktablarining 10-11–sinflarida oʻqishni vaqtincha davom ettirishlarini tashkil etishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquvchilar oʻrni bilan vaqtincha taʼminlanmagan 9-sinflarning bitiruvchilarini umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida oʻqitish mazkur Nizomga qatʼiy muvofiq holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Majburiy oʻqishni davom ettirishda 9-sinflarning bitiruvchilariga toʻsqinlik qilayotgan maktablar va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining mansabdor shaxslari, shuningdek oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni respublika majburiy taʼlim tizimi muassasalarida oʻqitish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. 10-11-sinflarda oʻqishni vaqtincha davom ettirishni tashkil etish uchun umumtaʼlim maktablarini aniqlashning asosiy mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 10-11-sinflarda oʻqishni vaqtincha davom ettirish uchun umumtaʼlim maktablarini aniqlash respublikaning tumanlari (shaharlari), aholi yashash joylari, viloyat markazlari va yirik shaharlari koʻlamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toʻqqiz yillik maktabga aylantirilgan maktablar hokimlikning qaroriga koʻra 10-11-sinflari mavjud boʻlgan yaqinda joylashgan maktabga biriktirib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-11-sinflar birinchi navbatda quyidagi mezonlar va shartlarga javob beruvchi maktablarda ochilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab oʻquv-moddiy bazasining zamonaviy taʼlim jarayonini tashkil etish talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning taʼlim va tarbiya jarayonini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida amalga oshirishga qodir boʻlgan yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni fanlar boʻyicha ixtisosli yoki chuqur oʻqitishni, uzluksiz taʼlimni takomillashtirish boʻyicha tajriba ishlarini, oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hamda mintaqa va respublikaning boshqa maktablarida yoyish uchun qabul qilingan oʻz ishlanmalarini tashkil etish borasida pedagogik va amaliy tajriba mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu mintaqada oʻquvchilar 9-sinfda oʻqishni tugallagungacha oʻqigan til boʻyicha 9-sinflarning bitiruvchilarini toʻliq qamrab olish uchun umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini davom ettirishni taʼminlaydigan yaqinda joylashgan 10-11-sinflar boʻlgan maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari mavjud emasligi, shuningdek jamoat transporti bilan uzluksiz taʼminlashni tashkil etish imkoniyati yoʻqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. 9-sinflarni bitiruvchilar akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida hamda umumtaʼlim maktablarining 10-sinflariga kirishlarini hisobga olish va nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 9-sinflarning bitiruvchilari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga, shuningdek umumtaʼlim maktablarining 10-sinflariga kirishlarining hisobini yuritish umumiy oʻrta taʼlim tizimida amal qiluvchi hisobdan chiqarish-biriktirish tartib-qoidasiga muvofiq quyidagi izchilikda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati mahalliy organlari har yili, joriy oʻquv yilining 1-mayigacha, 9-sinflar bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, va keyingi oʻquv yilida 10-sinflarda oʻqitish bilan qamrab olishning tasdiqlangan istiqbolli koʻrsatkichlariga muvofiq ularda 10-11-sinflar faoliyat koʻrsatishini vaqtincha davom ettirish uchun maktablar roʻyxatini (oʻqitish tilini hisobga olgan holda) belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda har yili, joriy oʻquv yilining iyun oyigacha boʻlgan muddatda tegishli hududlar boʻyicha ushbu roʻyxatlarni umumlashtiradilar, mintaqaning oʻquvchilarni akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga va 10-sinflarga qabul qilish (mutaxassisliklar va oʻqitish tili boʻyicha) koʻrsatkichlarini, shuningdek 10-11-sinflar faoliyat koʻrsatadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini 9-sinflarni bitiruvchilar va ularning ota-onalari eʼtiboriga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflarni bitiruvchilar oʻqishni davom ettirish uchun belgilangan tartibda hujjatlarni: akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga, qoidaga koʻra, 15-avgustgacha boʻlgan muddatda, umumtaʼlim maktablarning 10-sinflariga, joriy yilning 25-avgustigacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 9-sinflarning bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, shuningdek umumtaʼlim maktablarining 10-sinflarida majburiy oʻqitishni taʼminlash masalalari boʻyicha nazorat qilish tartibini hisobga olish shakli va masʼul shaxslarning hisobot berish turlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi va amalga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 199-modda; 2017-y., 11-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)