29.10.2003 yildagi 473-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIGA IZCHIL O‘TISHNI TA’MINLASHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini ishga tushirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoloqlik va o‘rta umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rni yetarlicha muvozanatli qisqartirilmaganligi munosabati bilan ayrim tumanlarda 9-sinflarning bitiruvchilari o‘qishni kasb-hunar kollejlarida yoki umumta’lim maktablarining 10-sinflarida davom ettirish imkoniyatiga ega emasligi hollari mavjudligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirish, 9-sinflarning bitiruvchilari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan to‘liqroq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror bilan belgilangan 9-sinflarni bitiruvchilarni qamrab olish parametrlari so‘zsiz bajarilishi, 10-sinflarga va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlariga qabul qilishni ta’minlash, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o‘z vaqtida ishga tushirish uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, xalq ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflar bitiruvchilarini qamrab olishning mazkur qaror bilan tasdiqlangan istiqbolli ko‘rsatkichlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim maktablarining vaqtincha faoliyat ko‘rsatayotgan 10-11-sinflari faoliyati ustidan nazorat qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinfning bitiruvchisi biror shahar yoki tumanda o‘qishni bundan keyin davom ettira olmasligining har bir holati mahalliy hokimiyat organlari tomonidan darhol qaror qabul qilinishini talab etuvchi tashvishli hol sifatida qaralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 9-sinflarni bitiruvchilar keyinchalik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘qish bilan to‘liq qamrab olinishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin hamda har yili 1-oktabrga, yangi o‘quv yili boshlanishi yakunlari bo‘yicha, ishlarning joylardagi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin. Mazkur talabning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003/2004 o‘quv yili oxirigacha 11-sinflar uchun yangi o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tugallasin hamda ularni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun tasdiqlangan umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-11-sinflarda o‘qitishning yangi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq bo‘lgan 11-sinflar o‘quvchilari uchun darsliklar yaratilishi va nashr etilishini 2004-yil 1-avgustgacha tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, umumta’lim maktablarining 11-sinfini bitiruvchilar oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bilan teng huquqlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 11-sinflarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarga nisbatan ularning tayyorlanishi va o‘qish uchun respublikaning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishi masalasida yagona yondashuvga rioya etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 11-sinflar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringini o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va respublikada majburiy ta’lim sifatini oshirishni tanqidiy o‘rganib chiqsin va belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga 3 va 4-ilovalarda belgilangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishiga investitsiyalarning yillik hajmi ko‘rsatib o‘tilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini ishga tushirish bo‘yicha belgilangan topshiriq so‘zsiz bajarilishi nazarda tutilgan holda respublikaning yillik investitsiya dasturlarini tuzishda aniqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik investitsiya dasturini hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarini tuzishda ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv yurtlarini birinchi navbatda qishloq aholi yashash joylarida qurishni nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilishining aniq yo‘naltirilgan dasturiga ularning o‘quvchilar bilan to‘ldirilishini hamda umumiy o‘rta ta’limning 9-sinflari bitiruvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bo‘yicha uch yillik o‘qish bilan qamrab olinishini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 14-avgustdagi 338-son qarorining 1, 3 va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Azizxo‘jayev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 29-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
473-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 167-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 199-modda; 2017-y., 11-son, 167-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)