Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012 28.10.2003 yildagi 469-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAGONA ELEKTR ENERGETIKASI TIZIMIGA ULANADIGAN STATSIONAR ELEKTR STANSIYALARIDA ELEKTR ENERGIYASI IShLAB ChIQARISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova berilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida (issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, blok-stansiyalar) elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 2004-yil 1-fevralgacha mazkur qarorga 1-ilova talablariga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 28-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
469-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 28-oktabrdagi
469-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi. Komissiyaning ishchi organi hujjatlarni qabul qiladi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxslar litsenziya talabgorlari bo‘lishi mumkin. Ularga statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar – yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, gidroelektr stansiyalar, shuningdek energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanuvchi boshqa elektr stansiyalari tegishlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya litsenziya talabgorining arizasida ko‘rsatilgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanish qoidalariga; elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazni hisobga olish qoidalariga, shuningdek energetika sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika tarmog‘ida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tegishli malakali zarur miqdordagi mutaxassislar mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning davlat standartlari talablari va texnik shartlarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stansiyaning tizim operatori topshirig‘iga muvofiq elektr yuklamasini ko‘tarishga tayyorligi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish sifati va rejimi bo‘yicha talablarni bajarishi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligini ta’minlaydigan asbob-uskunalardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash, shuningdek mol-mulkning saqlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida sanab o‘tilganlar sirasiga kiruvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘imni to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi va texnologik jarayonlari tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasining o‘rnatilgan texnologiya agregatlarining hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (elektr energiyasi ishlab chiqarishda neft mahsulotlari va gazdan foydalanilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining texnika xavfsizligiga doir qonun hujjatlari va ishlab chiqarishning potensial xavfli uchastkalaridan foydalanish talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
(8-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yong‘in nazorati organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, texnologiya asbob-uskunalari va jarayonining hamda xodimlar tayyorgarlik darajasining yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) laboratoriyalar attestatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va majburiy tartibda sertifikatlanishi shart bo‘lgan asbob-uskunalarga muvofiqlik sertifikati;
(8-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) faoliyatning litsenziyalanadigan turi sifatli va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlaydigan tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ tomonidan litsenziya berilishi haqidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh o‘n besh kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni Komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya qarori Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Komissiyaning qaroriga ko‘ra ishchi organ litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi imkoniyatini joyning o‘ziga borib o‘rganishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji summasi davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “O‘zdavenergonazorat” agentligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qarorning tegishli protokoli bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni Komissiyaga kiritadi. Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin to‘rt kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorlarining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘raydi va oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqish uchun Komissiyaga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda o‘z vakolatlari doirasida ishchi organga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabar qilishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxsning to‘liq va qisqartirilgan nomini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefonlar va faks raqamlarini, elektron pochta manzilini o‘z ichiga oluvchi litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar ko‘rsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
(ilova grifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sxemasi

(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 197-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 28-son, 321-modda; 30-son, 344-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 37-38-son, 378-modda; 2010-y., 20-son, 152-modda, 51-son, 486-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)