Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2006 30.09.2003 yildagi 418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.10.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son “O‘zbekiston Respublikasida Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish, ularning mustaqil rivojlanishi uchun kafolatlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (R. Shog‘ulomov) 2003-yil 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarining ta’sis hujjatlarini xatlovdan o‘tkazsin, ularni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis hujjatlariga (qonun hujjatlarida belgilangan muassislarni aniqlash, nashrning nomi, maqsadi va vazifalari hamda boshqa qoidalar) muhim o‘zgartirishlar kiritilgan ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ommaviy axborot vositalari belgilari va xususiyatlariga ega bo‘lgan bosma nashrlarga ilovalar qonunda belgilangan tartibda alohida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 15-apreldagi 160-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1999-yil 19-martdagi 123-son qaroriga ilovaning 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
418-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
30-sentabrdagi 418-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan. Nizom O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ommaviy axborot deyilganda shaxslarning cheklanmagan doirasi uchun mo‘ljallangan bosma, audio, audiovizual va boshqa xildagi xabarlar va materiallar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, ularga ilovalar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radio eshittirishlar, hujjatli kino, elektron-axborot aloqasi, shuningdek doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, nodavlat va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari mahsuloti deyilganda davriy bosma nashrning tiraji yoki alohida soni bir qismining tiraji, tele-radio, kinoyilnoma dasturi, audio yoki video yozuv dasturining tiraji yoki bir qismi tiraji tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositasi deyilganda davriy bosma nashr alohida soni hajmining 40 foizidan, tele-radio dasturlarda eshittirish va ko‘rsatuv har bir soatining 10 foizidan ko‘prog‘ini reklama xabarlari egallagan ommaviy axborot vositasi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari ilovalar nashr etishlari mumkin. Bosma nashrlarning ommaviy axborot vositasi belgilari va xususiyatlariga ega bo‘lgan ilovalariga mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi va ular mazkur Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar ommaviy axborot vositalarini chiqarish (nashr etish) bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan va ularga belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgandan keyin shug‘ullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda matnda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy davriy matbuot nashrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qaroriga muvofiq teleradio kompaniyalar, teleradiostudiyalar (kabelli, efir-kabelli televideniye) ommaviy axborotning boshqa elektron vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot agentliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-ommabop, hujjatli, xronikal filmlar ishlab chiqaruvchi kinovideostudiyalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan mahalliy ommaviy axborot vositalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza muassis (muassislar) yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar tomonidan qonunda belgilangan ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada muassis (muassislar), turi, nomi, qaysi tilda (tillarda) e’lon qilinishi, manzili, maqsad va vazifalari, qanday doiradagi o‘quvchiga (tomoshabinga, tinglovchiga) mo‘ljallanganligi, davriyligi, hajmi, moddiy-texnika ta’minoti va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlangan ommaviy axborot vositalarining Ustavi (Nizomi) nusxasi, belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalarining muassisi (muassislari) ustavida (ustavlarida) faoliyatning tegishli turi nazarda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati – ariza tushgan kundan boshlab bir oy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ta’sis shartnomasining ayrim bandlari bajarilmagan taqdirda muassis, tahririyat uni bekor qilishga haqlidir. Bu haqda muassis yoki tahririyat shartnoma bekor qilinishidan kamida 3 kun oldin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ma’lum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarining yagona reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ommaviy axborot vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy matbuot nashrlari Eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida
Bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun, shuningdek umumta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari Eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida
Axborot agentliklari, radio eshittirish, teleko‘rsatuv, hujjatli kino Eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdorida
Reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari Eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida
Ommaviy axborot vositalarining boshqa shakllari Eng kam oylik ish haqining 45 baravari miqdorida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan ommaviy axborot vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomalar berilganligi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari miqdorlari ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari miqdorining 70 foizini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muassis (muassislar), nomi, e’lon etilish tili (tillari), manzili, maqsadi va vazifalari, mo‘ljallanayotgan o‘quvchi (tomoshabin, tinglovchi), davriyligi, hajmi, moddiy-texnika ta’minoti va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari o‘zgarganligi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishda nazarda tutilgan yig‘im summasining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kiritilayotgan o‘zgartirishlar jiddiy bo‘lmasa, u holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ommaviy axborot vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishning shart emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xuddi ro‘yxatdan o‘tkazishdagi tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati sud tomonidan to‘xtatilgan ommaviy axborot vositasining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlarning 50 foizi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning hisob raqamiga, qolgan qismi O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hisob raqamiga tushadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 23-dekabrdagi 279-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 381-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etilgan va ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi 3 kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazgan organni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qolganda (yo‘qotib qo‘yilganda, yo‘q qilinganda va boshqa hollarda) “Dublikat” belgisi qo‘yilgan holda yangi guvohnoma beriladi. Bunda xuddi qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdagi miqdorda ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasining maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bundan avval O‘zbekiston Respublikasida xuddi shu nomdagi ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil o‘tmasdan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis yoki muassislardan birining yoxud noshirning joylashgan joyi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisning o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs ekanligi aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisning qasddan jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan bo‘lsa yoki u sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini ta’sis etgan jamoat birlashmasi faoliyati qonunda taqiqlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositasini ta’sis etuvchi yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasida xorijiy investitsiyalar ulushi o‘ttiz foizdan ko‘proqni tashkil qilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror har tomonlama asoslangan bo‘lishi va ariza beruvchiga yozma shaklda yuborilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davriy matbuot nashrlari tahririyatlari noshirlar bilan tuziladigan shartnomalarda o‘z mahsuloti majburiy nazorat nusxalarining ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq boshqa tashkilotlar va muassasalarga yuborilishini nazarda tutishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassis yoki tahririyat ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olingan kundan boshlab olti oy mobaynida ommaviy axborot vositasining birorta ham sonini (dasturni) chiqarishni ta’minlay olmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa organlar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan zarur axborotni, hujjatlarni va materiallarni so‘rab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlariga muntazam ravishda rioya qilmayotgan ommaviy axborot vositalarini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) to‘g‘risidagi taklif bilan sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizomning ommaviy axborot vositalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga yuklanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 162-modda; 2005-y., 51-son, 381-modda)