30.09.2003 yildagi 416-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF-3321-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublikada import operatsiyalarini amalga oshirishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2003-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Markaziy bank, vakolatli banklar hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi amalga kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona yuk deklaratsiyalari asosida maʼlumotlarning elektron bazasini shakllantiradi hamda tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab joʻnatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarning Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi uchun javob beradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587 — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda zimmasiga monitoring olib borish va Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi bilan ishlash funksiyalari yuklangan rahbarlar, xodimlar va texnik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini bojxonadan keyin nazorat qilish tizimini joriy etish, shu jumladan Davlat bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasida uni amalga oshirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkaziladigan va roʻyxatga olinadigan import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish ushbu Markazning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587 — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
416-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-sentabrdagi
416-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qaroriga 2-ilova 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda) “bojxona xizmati hududiy boʻlinmalarida – bir ish kunida” soʻzlari “import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida – ikki ish kunida, hujjatlar topshirilgan kundan tashqari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 63-modda) 1-bandining ikkinchi jumlasiga “avans toʻlovlari” soʻzlaridan keyin “import kontraktlari import qiluvchi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining valyutani nazorat qilish boʻlimlarida hisobga qoʻyilgandan keyin” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 161-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda, 34-36-son, 264-modda; 2009-y., 32-33-son, 363-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 42-son, 455-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 30-son, 371-modda; 2015-y., 36-son, 477-modda, 52-son, 647-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 52-son, 604-modda; 2017-y., 28-son, 654-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son; 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 08.08.2018-y., 09/18/620/1632-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son; 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 11.10.2019-y., 09/19/860/3898-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)