Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016 17.09.2003 yildagi 404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARGA SOLINADIGAN JARIMALARNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, yuridik shaxslar tomonidan qurilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga, tasdiqlangan normativ hujjatlarga, standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda ushbu Nizomga qat’iy amal qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibini tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-martdagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 14-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 17-sentabrdagi
404-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ular uchun yuridik shaxslarga jarimalar solish mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda, shuningdek “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari va hududiy arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jarimalar yuridik shaxslar tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan bajartiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarga — tadbirkorlik subyektlariga jarima sud tartibida, ular huquqbuzarlik sodir etilganligini e’tirof etgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollarda esa — vakolatli organ tomonidan solinadi;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirildi— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq bo‘lgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida to‘lovlarni har oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinganda yoki norozi bo‘linganda qaror shikoyat yoki norozilik qoniqarsiz qoldirilgandan so‘ng bajarilishi kerak. Bunday hollarda jarima shikoyat va norozilik qoniqarsiz qoldirilganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda to‘lanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jarima yuridik shaxslar tomonidan tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi, ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima summalarining 62 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 foizi — tumanlar va shaharlar budjetlariga;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8 foiz — “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va unga idoraviy mansub hududiy davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga yo‘naltiriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jarima muddatida to‘lanmagan taqdirda qaror sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini bajarish uchun belgilangan tartibda majburiy bajartiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 151-modda; 2006-y., 20-21-son, 179-modda; 46-47-son, 458-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)