O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLAR MAHKAMASINING UMUMIQTISODIYOT KOMPLEKSI IShLARI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2000-YIL 29 DEKABRDAGI 517-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yoqilg‘i-energetika kompleksini ustuvor strategik rivojlantirish asosida iqtisodiyotni kompleks, muvozanatli va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, kompleksning moliyaviy mavqeyini mustahkamlash, shuningdek tarmoqqa chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga (R.S. Azimov) quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklansin:
yoqilg‘i-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish uchun baza sifatidagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda kompleks tarmoqlarini istiqbolli, strategik rivojlantirish muammolari yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli prognozlarini shakllantirish;
yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan muvozanatliligini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
geologiya-razvedka ishlari dasturlarini amalga oshirishga, yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishga, kompleks korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga chet el investitsiyalari, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari jalb qilinishiga ko‘maklashish;
yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarining moliyaviy barqarorligi ustidan doimiy monitoring olib borish, moliyaviy oqimlar va korxonalar barqaror ishlashining muvozanatliligini ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jalb etiladigan kredit resurslari qoplanishiga doir majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish.
2. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini tanqidiy o‘rganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga uni maqbullashtirish va bosqichlarni qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin;
bir oy muddatda sinovlar va burg‘ulash qurilmalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi maxsus nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin, unda mazkur nizom buzilganligi uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-dekabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib, samarali, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari Dasturiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Birlashgan hay’at to‘g‘risidagi nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-sentabr,
386-son
Vazirlar Mahkamasi Umumiqtisodiyot kompleksining O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan iqtisodiyotni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari va strategik vazifalaridan kelib chiqib samarali, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga kiritiladigan
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar
1. 1.1 bo‘limning Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmiga tegishli birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish istiqbollarini baholash, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – pul-kredit parametrlari, davlat budjeti, to‘lov, tarmoqlararo to‘lov balanslari, moddiy balanslar va boshqalarni o‘zaro bog‘lashni takomillashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rtacha muddatli va yillik prognozlarini ishlab chiqish”.
2. 2.1- ustuvorlik quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
T/r |
Strategik vazifalar |
Umumiqtisodiyot kompleksi oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish mexanizmi |
Muddatlar |
Umumiqtisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi boshqaruv organlari va tuzilmalarning mas’uliyati, muvofiqligi va o‘zaro bo‘ysunishi* | |
|
qonun hujjatlarini ishlab chiqishda |
qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda | ||||
| 2.1-ustuvorlik. Yoqilg‘i-energetika kompleksining barqaror faoliyat ko‘rsatishi va uni rivojlantirish | |||||
| 2.1.1 | Yoqilg‘i-energetika kompleksini barqaror, mutanosib rivojlantirishni ta’minlash |
Yoqilg‘i-energetika kompleksining respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini kengaytirish bazasi sifatidagi roli va ahamiyatini hisobga olgan holda uning tarmoqlari muammolarini hal qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish; |
2003-yil IV chorak | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbek-energo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| | Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sektorlari bilan mutanosibligini ta’minlash b�yicha takliflar ishlab chiqish. | 2003-yil IV chorak | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi | Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi | |
| 2.1.2 | Energiya resurslari zaxiralari barqaror va yetarlicha o‘sishini va ularni ishlab chiqarishni ta’minlovchi uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazish, qazib olish va qayta ishlashga chet el | Neft va gaz bo‘yicha geologiiya-razvedka obyektlarini kengaytirish, chet el investitsiyalarini jalb qilishning iqtisodiy mexanizmini, shu jumladan konlarni va xomashyoni qayta ishlash korxonalarini konsessiyaga berish yo‘li bilan jalb qilish dasturini ishlab chiqish. | 2001-yil I chorak, har yili | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“O‘zbekneft-gaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi) | (“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi), sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari |
| 2.1.3. | Yoqilg‘i-energetika kompleksining razvedka qilingan energetika zaxiralaridan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali, oqilona foydalanilishini ta’minlash | Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani energetika resurslaridan oqilona va tejab foydalanishni ta’minlovchi zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish, energiyaning muqobil manbalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish | 2001—2003-yillar | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi) | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi (“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi) |
| 2.1.4 | Yoqilg‘i-energetika kompleksining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini va �nfratuzilmasini zamonaviylashtirish | 2001—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi energetikasida energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish, unda quyidagilar nazarda tutiladi: zamonaviy yuqori tejamli bug‘-gaz qurilmalari joriy etilgan holda energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rekonstruksiya qilish; energetika tarmog‘iga elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish ko‘paytirilishini ta’minlovchi chet el investitsiyalarini jalb qilish; energiyaning muqobil manbalari: quyosh kollektorlari va shamol-energetika qurilmalaridan foydalanishni kengaytirish; borish qiyin va chekka joylarda energiyaning avtonom manbalarini amaliyotga joriy etish; energiyaning nobud bo‘lishi va energetikaning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish imkonini beruvchi mineral-tolali izolatsiya materiallari negizida energetika asbob-uskunalari uchun issiqlikdan saqlovchi qoplamalarning yangi toifalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish; energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish ustidan doimiy monitoring olib borilishini ta’minlovchi energiyani hisobga olish tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish, yoritishning ushbu ehtiyojlar uchun elektr energiyasi iste’molini jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beruvchi yuqori samarali priborlarini joriy etish |
Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarini har yili aniqlashtirgan holda 2000-yil dekabr | Iqtisodiyot vazirligi (“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi) | Iqtisodiyot vazirligi (“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi), Moliya vazirligi, (Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, Davlat geologiya qo‘mitasi) |
| 2.1.5. | Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining moliyaviy barqarorligini va barqaror ishlashini ta’minlash | Quyidagi maqsadlarda Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalari moliyaviy oqimlarining muvozanatliligini ta’minlovchi kompleks chora-tadbirlarni �malga oshirish: Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining barqaror ishlashi; kompleks korxonalarni zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish; geologiya-razvedka ishlari dasturlarining to‘laqonli amalga oshirilishi; jalb qilingan kredit resurslari bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish |
Doimiy ravishda | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari, “O‘zbekneft-gaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi |
| 2.1.6. | Yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va maqbullashtirish | Yoqilg‘i-enregetika kompleksi tarmoqlari va korxonalarini boshqarish tuzilmasini muntazam ravishda tanqidiy o‘rganish hamda uni maqbullashtirish va bo‘g‘inlilikni qisqartirish yuzasidan takliflar kiritish | 2003-yil IV chorak, so‘ngra har yili | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “O‘zbek-neftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompanisi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi |
* Qavslarda Umumiqtisodiyot komplekslariga kirmaydigan tuzilmalar ko‘rsatilgan.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 144-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda)