25.08.2003 yildagi 365-son
Joriy versiya
Hujjat 25.12.2025 sanasi holatiga
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
NIKOHLANUVCHI SHAXSLARNI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasini bajarish yuzasidan hamda sogʻlom oilani shakllantirish, irsiyatga bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin;

boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, jamoat tuzilmalari bilan birgalikda nikoh tuzishgacha tibbiy koʻrikdan oʻtish masalalari dolzarb ekanligini yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsin.

21. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha ularga maslahat berish va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatini monitoring qilib, mavjud muammolarni tahlil etish, umumlashtirish Respublika va hududiy aholi reproduktiv salomatligi markazlarining (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun Markazlar tuzilmasiga sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida mutaxassis shtatlar (tibbiy-genetik, psixolog, IT-texnologiyalari boʻyicha mutaxassis) kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.

3. “Mahalla” va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalariga Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalash muammolari boʻyicha oilalar, nikohlanuvchi yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin.

31. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda FHDY organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, Markazlar oʻrtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirsin.

4. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Teleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalari nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mohiyatini matbuotda, radio va televideniyada keng targʻib etilishini taʼminlasinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2003-yil 25-avgust,
2003-yil 25-avgust,
365-son
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
25-avgustdagi 365-son qaroriga
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
25-avgustdagi 365-son qaroriga
1-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida

NIZOM
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
I. Umumiy qoidalar
1. Sogʻlom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bogʻliq va tugʻma kasalliklarga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning maqsadi hisoblanadi.

2. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi FHDY organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini roʻyxatdan oʻtkazish hollari bundan mustasno, ushbu shaxslar tibbiy koʻrikdan faqat ularning roziligiga koʻra oʻtkaziladi.

3. Tibbiy koʻrik Oila kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi va “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”, “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.

4. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hajmlarda ruhiy holat buzilishlari, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV/OITS yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtadi.

5. Nikohlanuvchi shaxslar FHDY organlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sogʻliqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga (keyingi oʻrinlarda matnda — tibbiyot muassasalari) yuboriladi.

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun berilgan yoʻllanmalar FHDY organlarida nikoh tuzish toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftarida qayd etiladi.

6. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy koʻrik oʻtkazish uchun asos hisoblanadigan FHDY organlari tomonidan berilgan yoʻllanma boʻyicha bepul oʻtkaziladi (mazkur Nizomga 2-ilova).

Nikohlanuvchi shaxslar doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida bepul dispanserizatsiyadan, yaʼni kardiolog, endokrinolog, revmatolog, urolog mutaxassislari jalb qilingan holda nikoh oldi tibbiy koʻrikdan oʻtadi hamda qoʻshimcha UTT, EKG, umumiy qon tahlili, qondagi qand miqdori aniqlanadi.

Nikohlanuvchi shaxslar uchun tibbiy koʻrik jarayonida genetik tekshiruvlarga zarurat boʻlganda, ularning oʻzaro kelishuvi asosida ushbu tekshiruvlar pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.

Tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.

7. Koʻrikdan oʻtayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda koʻrikdan oʻtayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar hamda tekshirish natijalari toʻliq hajmda aks ettiriladi.

8. Agar nikohlanuvchi shaxs oʻz xizmati yoki ishi turiga koʻra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan boʻlsa, u mazkur muassasada koʻrikdan oʻtkaziladi.

9. Ozodlikdan mahrum etish joylaridagi shaxslarning tibbiy koʻrigi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzlarining vaqtincha yashash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.

11. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrigi natijalari toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining xulosasi maʼlumotnomada aks ettiriladi. Maʼlumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi (mazkur Nizomga 3-ilova) hamda alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi, daftar belgilangan muddat mobaynida viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining arxivida saqlanadi. Maʼlumotnomaning amal qilish muddati — uch oy.

Tibbiyot muassasasining masʼul xodimi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumotnoma berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini tushuntiradi. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxs oʻtkazilgan tushuntirish toʻgʻrisida Maʼlumotnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga imzo qoʻyadi”.

II. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish tartibi
II. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish tartibi
12. Ruhiy holat buzilishlari (shizofreniya, aql zaifligi) mavjudligini tekshirish doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan joyidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining (ambulator xizmat koʻrsatadigan psixiatriya muassasasi) psixiatr shifokori tomonidan amalga oshiriladi.

13. Tuman psixiatr vrachi boʻlmagan taqdirda psixiatrik tekshirish tumanlararo yoki viloyat psixonevrologiya dispanserining psixiatr vrachlari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat markazlari va Toshkent shahri aholisi hududiy tegishligiga qarab viloyat va shahar psixonevrologiya dispanserlarida psixiatrik tekshirishdan oʻtadi.

14. Agar nikohlanuvchi shaxslar Nizomda koʻrsatilgan ruhiy holat buzilishlari boʻyicha hisobda turmasa va unda ruhiy buzilishlar aniqlanmasa, ularga psixiatr vrachning imzosi qoʻyilgan belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Agar nikohlanuvchi shaxslar ruhiy holat buzilishi boʻyicha dispanser hisobida tursa, ularga belgilangan namunadagi maʼlumotnoma beriladi va shifokor tuzilayotgan nikohning ehtimol tutilgan tibbiy-ijtimoiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish beradi.

15. Narkologik tekshirish eksterritorial tamoyil asosida koʻp tarmoqli markaziy poliklinika narkolog shifokori tomonidan oʻtkaziladi.

Narkolog shifokor lavozimi vakant boʻlgan taqdirda narkologiya dispanseri yoki tuman narkologiya kabineti shifokori tomonidan oʻtkaziladi.

16. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixopatologik oʻzgarishlar aniqlanmagan nikohlanuvchi shaxslarga maʼlumotnomada tegishli xulosa koʻrsatiladi.

17. Tibbiy koʻrik vaqtida narkolog vrach tomonidan narkologik tashxis qoʻyilgan taqdirda yoki nikohlanuvchi hisobda tursa, maʼlumotnomada aniqlangan tashxis koʻrsatiladi.

18. Narkologik hisobda turmagan va tekshirish davrida ularda psixofaol moddalar isteʼmol qilinishidan dalolat beruvchi psixosomatik belgilar aniqlangan taqdirda nikohlanuvchi shaxslar biologik suyuqliklarda psixofaol moddalarni aniqlash boʻyicha laboratoriya tekshiruvidan oʻtish uchun hududiy dispanserga yuboriladi.

Bunda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarning narkolog shifokori tomonidan nikohlanuvchi shaxslarga psixofaol moddalarni aniqlash boʻyicha laboratoriya tekshiruvidan oʻtish uchun elektron yoʻllanma shakllantiriladi va dispanserga yuboriladi.

19. Zaxmga tekshirish teri-tanosil dispanserida yoki yashash joyidagi poliklinikada teri-tanosil vrachi tomonidan oʻtkaziladi, ushbu vrach tekshiruvni umumiy qabul qilingan metodika boʻyicha amalga oshiradi.

20. Nikohlanuvchi shaxslarni zaxmga tekshirish yakunlangandan keyin tekshirilayotgan shaxsning ambulatoriya kartasida va maʼlumotnomada tegishli xulosa koʻrsatiladi.

21. Nikohlanuvchi shaxslar silga tekshirishdan oʻtish uchun yashash joyidagi poliklinika ichki kasalliklar vrachiga murojaat qiladi. Uchastka ichki kasalliklar vrachi tomonidan koʻkrak qafasini flyuoro tekshirishga yoʻllanma beriladi.

22. Koʻkrak qafasi flyuorogrammalarida patologik oʻzgarishlar va kasallikning klinik namoyon boʻlishi mavjud boʻlmagan taqdirda hududiy poliklinika tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi aniqlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.

23. Tekshirilayotgan shaxslarda sil kasalligi va flyuorogrammalarda patologik oʻzgarishlar borligi shubha qilinganda, ularga doimiy yoki vaqtinchalik yashab turgan joyidagi sil kasalligiga qarshi dispanseriga yoʻllanma berilishi kerak.

24. Sil kasalligidan shubhalanib poliklinikadan sil kasalligiga qarshi dispanserlarga yoʻllangan shaxslar uchastka ftiziatri tomonidan tekshiriladi. Zarurat boʻlganda ushbu shaxslar shuningdek oʻpkadan boshqa ixtisoslikdagi mutaxassislar tomonidan ham tekshirilishi kerak.

Klinik tekshiruvdan, poliklinikadagi tekshirishlar maʼlumotlari, flyuorogrammalar oʻrganib chiqilgandan keyin, shuningdek zarurat boʻlganda qoʻshimcha ravishda oʻtkaziladigan rentgenologik, bakteriologik tekshirishlar va boshqa laboratoriya tekshirishlari natijalari oʻrganib chiqilgandan soʻng ftiziatr tomonidan tekshirilayotganda sil kasalligi borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnoma ftiziatr, bosh vrach tomonidan imzolanadi va sil kasalligiga qarshi dispanserning muhri bilan tasdiqlanadi.

25. Nikohlanuvchi shaxslar OIV/OITSga tekshirishdan oʻtish uchun yashash joyidagi yashirin tekshirish xonasiga yoki OITS markazlariga murojaat qiladilar.

26. Yashirin tekshirish xonasida testgacha boʻlgan maslahat beriladi hamda OIV/OITS kasalligi boʻlishi ehtimolini koʻrsatuvchi anamnestik maʼlumotlar va klinik belgilar mavjud boʻlgan taqdirda tekshirilayotgan shaxsning qoni tuman yoki tumanlararo OITS tashxis qoʻyish laboratoriyasiga yuboriladi.

27. Birlamchi immunoferment tekshirish ijobiy natija bergan taqdirda, mijozning qoni zardobi viloyat laboratoriyasiga yuboriladi, ijobiy natija tasdiqlangan taqdirda qon zardobi immunoblot usuli bilan uzil-kesil natija qoʻyilishi uchun respublika OITS markaziga joʻnatiladi. OIV kasalligi tashxisi laboratoriya tekshiruvi ijobiy ekanligi va klinik maʼlumotlar asosida qoʻyiladi.

III. Tibbiy koʻrikdan keyin FHDY organlarida nikohni qayd etish tartibi

28. Nikohni qayd etishda FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganliklariga va ularning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Nikohlanuvchi shaxslar nikoh qayd etilgunga qadar ikkinchi tomonni tibbiy tekshirish natijalaridan xabardor qilishi shart.

29. Tibbiy koʻrikdan oʻtgandan keyin nikoh tuzilishiga Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasida nazarda tutilgan toʻsiq mavjud boʻlmagan taqdirda FHDY organlari tomonidan nikohni qayd etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

30. Nikohlanuvchi shaxslarda tekshirish natijasida darhol davolash kursidan oʻtishni talab etuvchi kasalliklar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga yoʻnaltiriladi.

31. Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan kasallik, shuningdek, dispanserizatsiya natijasida boshqa kasalliklar aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.

Tibbiy koʻrik natijalari tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritiladi.

Bunda sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan OIV/OITS, ruhiy holat buzilishlari, narkologik, tanosil va sil kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrik natijalari “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.

IV. Yakuniy qoidalar
IV. Yakuniy qoidalar
32. Tekshirilayotgan shaxs yashash joyidagi davolash-maslahat komissiyasining xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda takroriy tibbiy koʻrik viloyat va respublika muassasalarida oʻtkaziladi.

33. Nikohni qayd etuvchi shaxslar tibbiy koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligi uchun javob beradilar.

34. Koʻrikni oʻtkazgan vrach qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrik natijalarining xolisligi uchun shaxsan javob beradi.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy
koʻrikdan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy
koʻrikdan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hajmi

1. Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish:

anamnestik;
anamnestik;
psixopatologik;
psixopatologik;
somatonevrologik;
somatonevrologik;
paraklinik
paraklinik
2. Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirish:

Klinik va somatonevrologik tekshiruv;
Klinik va somatonevrologik tekshiruv;
Anamnestik va psixopatologik tekshiruv;
Anamnestik va psixopatologik tekshiruv;
psixofaol moddalarni aniqlash (psixosomatik belgilar aniqlanganda).

3. Zaxm yuzasidan tekshirish:
3. Zaxm yuzasidan tekshirish:
genitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud boʻlganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud boʻlganda material toʻplash;

pretsipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish;

qonni serologik tekshirish.
qonni serologik tekshirish.
4. Sil yuzasidan tekshirish:
4. Sil yuzasidan tekshirish:
anamnez;
anamnez;
koʻkrak qafasi organlarini tekshirish;
koʻkrak qafasi organlarini tekshirish;
koʻkrak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma);

koʻkrak qafasi rentgenografiyasi;
koʻkrak qafasi rentgenografiyasi;
balgʻamni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish;

5. OIV/OITS yuzasidan tekshirish:
5. OIV/OITS yuzasidan tekshirish:
anamnez;
anamnez;
klinik tekshirish;
klinik tekshirish;
birlamchi immunoferment tekshirish;
birlamchi immunoferment tekshirish;
immunoblot usuli bilan qonni tekshirish.

Nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
___________________________
‎Fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozish organi
‎Manzil‎ _____________________ ‎

‎‎‎Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun
‎Y Oʻ L L A N M A

‎‎____________________________________________________________________________‎

‎(uy manzili)‎‎

‎‎‎____________________________________________________________________________

‎fuqaro_______________________________________________________________________

(F.I.O., tugʻilgan yili)‎

‎‎davolash-profilaktika muassasasiga tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborilmoqda.

FHDY boʻlimi mudiri ‎_________________________________

__________
‎(F.I.O.)‎
M.Oʻ.‎

Sana‎

3-ILOVA
Nikohlanuvchi shaxslarni
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Tibbiyot muassasasi nomi,

manzil___________________

_________________________

‎Shaxslarning nikohga kirishdan oldin tibbiy koʻrikdan
‎oʻtganligi toʻgʻrisida

m a ʼ l u m o t n o m a

‎psixik (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya),

narkologik kasalliklar, zaxm, sil va OIV/OITS yuzasidan

‎‎_____________________________________________________________________________

‎(uy manzili)‎‎

‎‎______________________________________________________________________________
fuqaro________________________________________________________________________

‎(F.I.O., tugʻilgan yili)‎

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tekshirildi.

‎Davolash-profilaktika ‎
‎muassasasi xulosasi:

_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎‎

Bosh vrach ‎

________________________________
‎ (F.I.O.) ‎