Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 29-avgust,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kassali rejalashtirish — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlarining kassa rejalarini, tushumlarning manbalari va miqdori, shuningdek xarajatlarning miqdori, xarajat yoʻnalishi va ularning maqsadi boʻyicha tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladigan, Yagona gʻazna hisobvaragʻi orqali oʻtuvchi, Davlat budjetining mablagʻlari aylanmasini rejalashtirish va boshqarish;
Yagona gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda YAGʻH deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvaragʻi boʻlib, unga budjet tizimi budjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda xarajatlari toʻlanadi;
davlat budjetining pul mablagʻlarini boshqarish — Davlat budjetidan mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida YAGʻHdagi davlat budjeti mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan boshqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik boʻlinmalari deb ataladi) YAGʻHdagi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni Davlat budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining har yillik va har oylik prognozlarini tuzish yoʻli bilan amalga oshiradilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish boʻyicha hujjatlar shakli va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda DSQ deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda DBQ deb ataladi), shuningdek, qonunchilikka muvofiq soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni undiradigan organlar tomonidan ushbu hujjatlarni gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etishi muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarish
4. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini kassali rejalashtirish mos ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti uchun — Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari uchun — hududiy gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Joriy moliya yili uchun kassali rejalashtirish quyidagi maʼlumotlar asosida oylar boʻyicha tuziladi:
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining yillik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar;
Davlat budjetiga DSQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga DBQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
Davlat budjetiga Davlat budjetining daromadlari ayrim maʼmurlari tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga Moliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
joriy moliya yili uchun Davlat budjeti xarajatlari boʻyicha kassa toʻlovlarining prognozi;
joriy moliya yilida vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun kassa tushumlarining prognozi.
42. Bir oy uchun kassali reja quyidagi maʼlumotlarga asosan kunlar ajratilgan holda tuziladi:
tegishli oy uchun Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining yillik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar;
Davlat budjetiga DSQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari boʻyicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga DBQ tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari boʻyicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash;
Davlat budjetiga Davlat budjeti daromadlarining ayrim maʼmurlari tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari boʻyicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga Moliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini ish kunlari boʻyicha aniqlashtirgan holda tegishli oy uchun taqsimlash;
tegishli oy uchun Davlat budjeti xarajatlari boʻyicha kassa toʻlovlarining prognozi;
tegishli oyda vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun kassa tushumlarining prognozi.
43. Kassali reja Moliya vazirligining Axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda “OʻRMV” AT deb ataladi) gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan DSQ, DBQ shuningdek, daromadlar boʻyicha boshqa asosiy maʼmurlarning qogʻoz va elektron shaklda taqdim etiladigan tuman va shaharlar boʻyicha axborot hamda maʼlumotlarga asosan tuziladi va yuritiladi.
44. Keyingi moliya yili uchun yillik kassali reja joriy yilning 25-dekabriga qadar har yili tuziladi.
Bir oylik kassali reja joriy moliya yili boshidan oʻsib boruvchi tarzda, hisobot oyidan keyingi oyning 1-kunidan kechiktirmasdan har oyda tuziladi. Bunda joriy oy uchun kassali rejalashtirish koʻrsatkichlari joriy moliya yilining joriy oyi boʻyicha kassali rejalashtirish koʻrsatkichlariga mos kelishi va kassali rejalashtirishni yuritishda unga kiritilgan oʻzgartirish hisobga olinishi lozim.
45. Kassali reja oy davomida haqiqatda tushgan tushumlar va toʻlovlarga asosan uning koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish orqali yuritiladi.
46. Zarurat boʻlganda Moliya vazirligining Gʻaznachiligi kassali reja koʻrsatkichlarini tuzish va ularga aniqlik kiritish uchun Moliya vazirligining soha boshqarmalaridan va tegishli vazirliklar hamda idoralardan davlat budjetiga kutilayotgan toʻlovlar va davlat budjeti xarajatlari toʻgʻrisida Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin;
(41 — 46-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
6. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlarini YAGʻHdan oʻz vaqtida amalga oshirish va tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini bartaraf etish uchun gʻaznachilik boʻlinmalari:
tegishli budjetlarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablagʻini belgilangan tartibda ishlatishlari;
tegishli budjetlar tomonidan budjet ssudalari olinishi tashabbusi bilan chiqishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan (Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti boʻyicha), mablagʻlarni jalb qilishning boshqa manbalaridan foydalanishlari mumkin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari hollarida hududiy moliya organlari va gʻaznachilik boʻlinmalari:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
tegishli budjetlar tomonidan budjet ssudalari olinishi;
budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga oʻz vaqtida aniqlik kiritilishi boʻyicha choralar koʻradilar.
III. Javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
8. DBQ va DSQ tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini taʼminlaydigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq safarbar etilishi, shuningdek, gʻaznachilik boʻlinmalariga maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun javob beradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Nizomda nazarda tutilgan, YAGʻHdagi Davlat budjeti pul mablagʻlarini kassali rejalashtirish va boshqarish qismini amalga oshirish boʻyicha, talablarning toʻgʻri bajarilishiga javobgardirlar.
10. Hududiy moliya organlari tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari hollarida, tegishli budjetlarda nazarda tutilgan budjet manbalarining toʻliq safarbar qilinishi xarajatlarni qoplashni taʼminlamaganda, budjet ssudalarini jalb qilish boʻyicha oʻz vaqtida tegishli choralarni koʻrish, shuningdek budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga tegishli aniqlik kiritilishiga javobgardirlar.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 245-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda Davlat budjeti deb ataladi) mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda XTR deb ataladi) — budjet tashkilotiga va budjet mablagʻlari oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy gʻaznachilik boʻlinmalari deb ataladi) tomonidan beriladigan, XTRda koʻrsatilgan vaqt davridan boshlab budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi uning doirasida moliyaviy majburiyatlar qabul qila oladigan va kassa xarajatlarini amalga oshira oladigan budjetdan ajratilgan mablagʻlar summasini aks ettiruvchi elektron hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
OʻRMV AT — budjet tizimi budjetlari budjet jarayonini kompleks avtomatlashtirish, shu jumladan budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot tizimi;
“UzASBO” DM — budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisobotini yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmua.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Gʻaznachilik boʻlinmalari xarajatlarning belgilangan ketma-ketligiga, shuningdek oylar boʻyicha kassali rejalarga muvofiq qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun Yagona gʻazna hisobvaragʻida (keyingi oʻrinlarda YAGʻH deb ataladi) mablagʻlar yetishmagan taqdirda, Davlat budjeti xarajatlarining cheklangan hajmini belgilaydilar hamda uning asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga XTR beradilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Bunda XTR budjet tashkilotlariga ularning budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlari boʻyicha berilmaydi.
4. XTR kassali rejalashtirish va Davlat budjeti pul mablagʻlarini boshqarish natijalari boʻyicha olingan maʼlumotlar asosida OʻRMV ATda shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarini bartaraf etish maqsadida XTR berish muayyan davrda tegishli budjetlarga tushishi kutilayotgan summalar doirasida amalga oshiriladi. Bunda, agar daromadlar tushumi faqat tegishli oyning oxirida kutilsa, XTR daromadlarning haqiqiy tushumiga qarab beriladi.
5. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar qabul qilingan yuridik majburiyatlar va berilgan XTRlar doirasida, xarajatlarning belgilangan ketma-ketligiga muvofiq, koʻrsatilgan vaqt davridan boshlab moliyaviy majburiyatlar qabul qiladilar hamda toʻlovlarni amalga oshiradilar.
II. XTR berish
Oldingi tahrirga qarang.
6. XTR oylik kassali reja koʻrsatkichlari va tegishli budjetlarning gʻazna hisobvaragʻidagi qoldiqlaridan kelib chiqib, gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan kunlik, 10 kunlik yoki oylik asosida berilishi mumkin.
Davlat budjetidan mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga XTR berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
7. XTR summasini shakllantirishda toʻlovlarning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilinadi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da — har oyning 1 — 4 va 15 — 18 sanalarida;
yagona ijtimoiy toʻloviga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da — har oyning 1 — 4 sanalarida;
ijtimoiy nafaqalar (pensiyalar, stipendiyalar, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam va boshqalar)ga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da — har oyning 1 — 20 sanalarida;
oziq-ovqat va dori-darmonlarga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da;
kommunal xizmatlar, yonilgʻi va yoqilgʻi-moylash materiallariga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da;
kapital qoʻyilmalarga xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da;
boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (toʻlash)da.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatilgan xarajatlar moddalari boʻyicha budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchiga XTR berish toʻlovlarning yuqorida koʻrsatilgan ketma-ketligiga rioya qilingan holda bir oyda bir marta beriladi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi ayrim hollarda, qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga budjet mablagʻlarini moliyalashtirishning (toʻlashning) shoshilinch zaruriyati va asosi boʻlganda, budjet tashkilotlariga yoki budjet mablagʻlari oluvchilarga muddatdan oldin XTR berishga haqlidir.
(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Gʻaznachilik boʻlinmasi budjet tashkilotiga yoki budjet mablagʻlari oluvchiga quyidagi talablarga rioya qilgan holda minus “–” ishorali XTR beradi:
XTR berilgan budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi tomonidan belgilangan tartibda tegishli xarajat moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlari kamaytirilganda, xarajatlarning kamaytirilayotgan moddalari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinmaganda (toʻlovlar boʻlmaganda);
budjet tashkilotining tegishli xarajat moddalari boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlar summasini kamaytirish (aniqlashtirish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlari tomonidan chora-tadbirlar qabul qilinganda.
9. Gʻaznachilik boʻlinmalari xarajatlarni moliyalashtirishda (toʻlashda) ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlar ketma-ketligi va muddatlarini eʼtiborga olib quyidagi usullardan biridan foydalangan holda budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga XTR beradilar:
a) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga maʼlum bir davr uchun berilgan XTRlar toʻgʻrisida eʼlonlar (maʼlumotlar)ni maxsus ajratilgan joylarda (stendlarda, eʼlonlar doskalarida va boshq.) joylashtirish orqali;
b) budjet tashkilotlari elektron tarzda XTRlarni qabul qilishi mumkin boʻlgan, berilgan XTRlar toʻgʻrisida OʻRMV ATdan “UzASBO” DMga maʼlumot taqdim etish orqali;
v) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet mablagʻlari boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida, mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha XTR taqdim etish orqali.
III. Javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
10. Gʻaznachilik boʻlinmalari tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va joriy oy uchun kassali rejalashtirish doirasida XTR berish uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Budjet tashkilotlarning va budjet mablagʻlari oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari qonunchilikka muvofiq, ular tomonidan qabul qilingan yuridik majburiyatlar va ularga berilgan XTR doirasida moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish va kassa xarajatlarini amalga oshirishga javobgardirlar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlarini oluvchilarga xarajatlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjetidan mablagʻ oluvchi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga xarajatlarni toʻlash uchun ruxsatnomalar (XTR) berish
SXEMASI
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 382-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son)
Budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlarini oluvchilarga xarajatlarni amalga oshirishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
201__ yil ________ oyi uchun xarajatlarni toʻlash uchun | ||||||||
| Tashkilot nomi | |
__________________________ |
| |||||
| Gʻaznachilik boʻlinmasi nomi | __________________________ | | ||||||
| Shaxsiy gʻazna hisobvaraq | __________________________ | | ||||||
| XTR berilgan sana | | “____” ________ 201__ g. | | |||||
| | | | | | | | | |
| | | | | | | |
(ming soʻmda) | |
|
Xarajatlar turi |
_________oyi | |||||||
|
Xarajatlar smetasi |
XTR | |||||||
| Xarajatlarning 1-guruhi | | | ||||||
| Xarajatlarning 2-guruhi | | | ||||||
| Xarajatlarning 3-guruhi | | | ||||||
| Xarajatlarning 4-guruhi | | | ||||||
| JAMI: | | | ||||||
| | | | ||||||
|
Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimi * |
|
___________________ |
| |||||
| | | | | |
(imzo) |
| ||
* XTR tashkilotga “UzASBO” DMdan foydalangan holda elektron koʻrinishda berilgan holda yoki maʼlum bir davr uchun XTR berilganligi toʻgʻrisidagi eʼlon (maʼlumot) maxsus ajratilgan joylarda (stendlar, eʼlonlar doskalari va boshq.) joylashtirilganida gʻaznachilik boʻlinmasi xodimining imzosi qoʻyilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 454-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 09/18/382/1264-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)