29.08.2014 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi aholini ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Ekologik nazorat toʻgʻrisida” va “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida atrof muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish yuzasidan masʼul etib belgilansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NI3OM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida” va “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarga “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq belgilangan sanitariya-muhofaza zonalariga tutash hududlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi ayrim aholi punktlarini nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlar deb eʼtirof etish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi taqdimotiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomga muvofiq vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlar deb eʼtirof etilgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Nurlanish olish belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) salomatlikni muhofaza qilish va nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bilan bogʻliq kasalliklar profilaktikasi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalarida har yili tibbiy koʻrikdan oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori nurlanish dozasini olgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dori vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va muassasalar xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normalar boʻyicha korxonalar va muassasalar mablagʻlari hisobiga beriladigan sut;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari oʻquvchilari — har yili maktab taʼtillari vaqtida bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yoʻllanmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — har ikki yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi sanatoriylariga bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlanadilar.
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda korxonalar va muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi har yili nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan har bir hudud uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi uchun masʼuliyat tumanlar va shaharlar hokimlari, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 447-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)