Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 16.07.2003 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyasi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yuridik shaxs-litsenziatlarning mazkur qaror talablariga muvofiqligini ham hisobga olsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lotereyalar tashkil etish shartlarini faqat litsenziyalari mazkur qaror talablariga muvofiq qayta rasmiylashtirilgan yoki berilgan yuridik shaxslar uchun tasdiqlasin;
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan yoki ularni qayta rasmiylashtirmagan yuridik shaxslarning lotereyalar tashkil etish faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-iyuldagi
314-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilari oʻrtasida sotuvlarni ragʻbatlantirish maqsadida, oʻyinda qatnashganlik uchun qoʻshimcha haq undirilmasdan oʻtkaziladigan pul-buyum yutuqlari oʻyinlari litsenziyalanmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish (ularning amal qilish muddatini uzaytirish) va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari yigirma kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Lotereyalar tashkil etish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lotereyalar tashkil etish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga majburiy rioya etish;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziatning oʻz mablagʻlari (sarmoyasi) yetarli boʻlishini va ularning hamda boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarining quyidagi normativlar va talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln soʻmdan kam boʻlmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish toʻgʻrisida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi koʻrsatib oʻtilgan eng kam miqdorda toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak. Lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilayotgan va muomaladagi oʻyin biletlari hajmi faoliyatning birinchi yili mobaynida — litsenziat oʻz sarmoyasining besh baravaridan, faoliyatning ikkinchi yili mobaynida – oʻn baravaridan va faoliyatning keyingi yillarida – yigirma besh baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak. Litsenziatning oʻz sarmoyasi miqdori yetarli boʻlmagan taqdirda lotereyalar moʻljallanayotgan hajmda faqat moliya tashkilotlarining zarur miqdorlarda taʼminlash kafolati mavjud boʻlganda oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet va davlat maqsadli fondlariga muddati oʻtkazib yuborilgan majburiy toʻlovlarning, xodimlarga ish haqi boʻyicha qarzlarning, shuningdek moliya tashkilotlari kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) litsenziat rahbarining oliy maʼlumotga (iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari ixtisosliklaridan biri boʻyicha) hamda tegishli ixtisoslik boʻyicha kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari va bosh buxgalteri boʻlishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, lotereyalar tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirgan yuridik shaxsning, ushbu shaxslarning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxsda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, muassislari yoki bosh buxgalterlari boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) litsenziat shtatida lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maxsus kurslarda oʻqiganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan, ular uchun litsenziat asosiy ish joyi hisoblangan kamida ikki nafar mutaxassisning boʻlishi. Litsenziatda sertifikatga ega boʻlgan mutaxassislar soni ikki nafardan kam boʻlib qolgan taqdirda litsenziat ikki oy muddatda mutaxassislar sonini belgilangan miqdorgacha tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oʻyinlarni faqat yutuqli biletlarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir taʼsirini toʻliq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qoʻllagan holda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan lotereyalar oʻtkazish shartlariga rioya etish, lotereyalarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, oʻyinlarni oʻtkazish, shuningdek yutuqlarni berish (toʻlash) tartibidan qandaydir chetga chiqilishini istisno qilish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maxsus kurslarda oʻqiganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar berish litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus kurslarda oʻqigandan va malaka imtihoni topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Malaka imtihoni kurslar tashkilotchisi va litsenziyalovchi organ vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha mutaxassislarni oʻqitish lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkilotchilari birlashmalari, respublika oliy oʻquv yurtlari, shuningdek litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda oʻqitish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (lotereyalar oʻtkazish shakli koʻrsatilgan holda) koʻrsatilgan holdagi litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yigʻim toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori rahbari va bosh buxgalterining mehnat daftarchalari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining moliyaviy koʻrsatkichlari uchun belgilangan normativlar hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgori tashkil etishni moʻljallayotgan lotereya oʻtkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbari tomonidan imzolangan loyihasi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi masʼul kotibi joyida boʻlmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspert komissiyasi masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasining koʻrib chiqilganligi uchun qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya talabgori arizasining koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida oʻn kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun oʻz mablagʻlari hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarga chiqib litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni baholashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organda litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun masʼul shaxs belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida toʻrt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi, shuningdek eʼlonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda rejali tekshirish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
(27-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikat berish asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziya talabgori (litsenziat) litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlab, litsenziyalovchi organ tomonidan qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgandan (topshirilgandan) keyin uch oy mobaynida litsenziya bitimini imzolamagan hollarda, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin davlat bojining toʻlangan summasi qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Litsenziya talabgori yuridik shaxs

1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (litsenziyalovchi organ) ekspert komissiyasiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra


2-bosqich

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyalovchi organ

1. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi masʼul kotibi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

3. Qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.

Hujjatlarni qabul qilish kunida


3-bosqich

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi, lotereyalar tashkil etish boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.

2. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin qayta taqdim etilganda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

1) — ariza olingandan kundan boshlab 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatda,

2) — hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 6 kun mobaynida


4-bosqich

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyalovchi organ

1. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bilan litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

4. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

1) — 10 kun mobaynida (qayta koʻrib chiqishda 4 kun mobaynida)
2), 3) — tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida;

4) litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda


5-bosqich

Litsenziat

Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga haqlidir.

— litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay


Litsenziya tapabgori

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

— litsenziya berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda


6-bosqich

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — litsenziyalovchi organ

1. Litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.

2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.

— litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin ikki kun muddatda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 27-son, 250-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 33-34-son, 344-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)