03.04.2014 yildagi PQ-2157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli telekoʻrsatuv tarmogʻini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli telekoʻrsatuvga texnik va texnologik jihatdan oʻtish boʻyicha Davlat dasturi doirasida respublikaning barcha aholi punktlarini raqamli telekoʻrsatuv bilan toʻliq taʼminlash, shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini 2013 — 2017-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasining dastlabki qiymati 92,0 mln AQSH dollarini tashkil etadi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda 2016-yilgacha — 60,0 mln AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda 2018-yilgacha — 32,0 mln AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining 15 foizi, yaʼni ekvivalenti 14,0 mln AQSH dollariga teng miqdordagi mablagʻ — “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning oʻz mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari (qolgan 50 foiz mablagʻ radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlar hisobidan) va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha qiymatining 85 foizi — Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari Yaponiya eksportni sugʻurta qilish agentligi kafolati bilan 3 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan 13 yil muddatga berilayotgan 8,16 mlrd Yaponiya iyenasi (78,0 mln AQSH dollariga teng) miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Yaponiyaning yetakchi raqamli teleuzatkich ishlab chiqaruvchilari (“NEC”, “TOSNIBA” kompaniyalari va boshqalar) oʻrtasida mahsulot yetkazib beruvchilarning eng yaxshi taklifini konkurs asosida tanlab olishni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot yetkazib beruvchilar tanlovi va xorijiy banklar bilan muzokaralar natijasi boʻyicha Yaponiya ishlab chiqaruvchilari uskunalarining importi uchun jalb qilinayotgan imtiyozli kredit shartlariga muvofiq, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda, shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasi hujjatlari ishlab chiqilishi va loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli krediti boʻyicha qarz oluvchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari oldidagi qarz majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda yuridik xulosa bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mablagʻlari (radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlardan qolgan 50 foiz mablagʻ hisobidan), “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar va Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — foyda soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tashkilotlar tomonidan bajarilgan (koʻrsatilgan) ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxat asosida “Oʻzimpeksaloqa” MCHJ va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy tashkilotlar tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, texnik vositalarni davriy bojxona toʻlovlari undirmagan holda “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirishga, shuningdek kafolat va servis xizmati koʻrsatish davrida, ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2157-son