1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ICHKI BOZORNI YOGʻOCH-TAXTA MATERIALLARI BILAN TOʻLDIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi va respublika korxonalarining yogʻoch-taxta materiallariga va yogʻochga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.19.00 Yogʻochga ishlov berish, mebel va sellyuloza-qogʻoz sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikaga yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch olib kelishning belgilangan tartibiga yuridik shaxslar tomonidan qatʼiy rioya qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvining va bojxona toʻlovlari undirishning toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 7-iyul,

Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta materiallari, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
LexUZ sharhi
Roʻyxatga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning nomi
TIF TNkodi
1. Ishlov berilmagan, shilingan yoki shilinmagan, xomaki bruslangan yoki bruslanmagan yogʻoch-taxta materiallari
4403
3. Uzunasiga arralangan yoki yorilgan, randalangan yoki poʻsti olingan, yoʻnilgan yoki yoʻnilmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch-taxta materiallari
4407
4. Yelimlangan fanera uchun bir qatlamli fanera va bir qavatli yupqa fanera uchun listlar (yelimlangan yoki yelimlanmagan) hamda uzunasiga arralangan, qismlarga kesilgan yoki poʻsti olingan, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch
4408
7. Yogʻochdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar yoki qatron yoki organik moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan yogʻochsimon boshqa materiallar
4411
8. Yelimlanadigan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materiallar
4412
9. Blok, plita, brus yoki bir qolipdagi (buyum) shakllardagi presslangan yogʻoch
4413
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son — 2019-yil 1-maydan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 107-modda; 20-son, 189-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)