16.01.2002 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHUCHUK YER OSTI SUVLARI HOSIL BOʻLADIGAN ZONALARGA ALOHIDA MUHOFAZA QILINADIGAN TABIIY HUDUDLAR MAQOMINI BERISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ichimlik suvning amaldagi va potensial manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 7622 gektar maydondagi Chirchiq zonasiga (Qibray uchastkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 10624 gektar maydondagi Ohangaron zonasiga (Oʻrta Ohangaron uchastkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 16913 gektar maydondagi Soʻx zonasiga (Toʻlash uchastkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 17036 gektar maydondagi Chimyon-Avval zonasiga (Lagan va Avval uchastkalari) alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-iyungacha muhofaza qilinadigan zonalar chegarasida joylashgan potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlasinlar va ular chuchuk yer osti suvlarini ifloslantirishi va quritib qoʻyishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1—4-ilovalarda* koʻrsatilgan yuridik shaxslarning mulkchilik shakli, idoraviy qarashliligi oʻzgargan, ular qayta tashkil etilgan taqdirda qishloq xoʻjaligi, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar roʻyxatiga tegishli aniqliklar kiritsinlar, shuningdek bu haqda bir oy muddatda chuchuk yer osti suvlari resurslarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlarini xabardor qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar — Chirchiq, Ohangaron, Soʻx va Chimyon-Avval chuchuk yer osti suvlari zonalari doirasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilinishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-son