16.01.2002 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHUCHUK YER OSTI SUVLARI HOSIL BOʻLADIGAN ZONALARGA MUHOFAZA QILINADIGAN TABIIY HUDUDLAR MAQOMINI BERISH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ichimlik suvning amaldagi va potensial manbalarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Chuchuk yer osti suvlari hosil boʻladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 7622 gektar maydondagi Chirchiq zonasiga (Qibray uchastkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 10624 gektar maydondagi Ohangaron zonasiga (Oʻrta Ohangaron uchastkasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 16913 gektar maydondagi Soʻx zonasiga (Toʻlash uchastkasi);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha 17036 gektar maydondagi Chimyon-Avval zonasiga (Lagan va Avval uchastkalari) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomi berilsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2002-yil 1-iyungacha muhofaza qilinadigan zonalar chegarasida joylashgan potensial ekologik xavfli obyektlarni aniqlasinlar va ular chuchuk yer osti suvlarini ifloslantirishi va quritib qoʻyishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi Suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 1 — 4-ilovalarda* koʻrsatilgan yuridik shaxslarning mulkchilik shakli, idoraviy qarashliligi oʻzgargan, ular qayta tashkil etilgan taqdirda qishloq xoʻjaligi, sanoat korxonalari va boshqa obyektlar roʻyxatiga tegishli aniqliklar kiritsinlar, shuningdek bu haqda bir oy muddatda chuchuk yer osti suvlari resurslarini nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organlarini xabardor qilsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar — Chirchiq, Ohangaron, Soʻx va Chimyon-Avval chuchuk yer osti suvlari zonalari doirasida chuchuk yer osti suvlari resurslaridan oqilona foydalanilishi va ularning ifloslanishdan muhofaza qilinishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 18-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)