1-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Taqdim etiladigan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi |
Masʼul bajaruvchilar | |
|
I. Kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
|
1. |
Kelgusi yil uchun bazaviy kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash (toʻliq jihozlash) manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Har yili |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini boshqarish kengashining qarori |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, |
|
2. |
Bazaviy kasb-hunar kollejlariga oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni olib borish maqsadida oʻquv-yordamchi xoʻjaligi uchun kamida 20 gektar hosildor sugʻoriladigan yer uchastkasi ajratish. |
2014-yil, |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi |
|
3. |
Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash normativlarini qayta koʻrib chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2014-yil, oktyabr |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralarning qoʻshma qarori |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Mavjud qishloq xoʻjaligi texnikalarini butlovchi qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlagan holda ulardan maqsadli va samarali foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi |
|
5. |
Bazaviy qishloq xoʻjaligi kollejlarini oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalari va qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash uchun xayriya ehsonlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablagʻlarini jalb etishni nazarda tutadigan loyiha takliflarni tayyorlash. |
2015 — 2017-yillar |
Dasturni amalga oshirish uchun homiylar mablagʻlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va kreditlari mablagʻlarini jalb etish boʻyicha tadbirlar rejasi |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
|
II. Taʼlim standartlari hamda oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, darsliklar va oʻquv-metodik | ||||
|
6. |
Qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmati koʻ�satishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini joriy etishni hisobga olgan holda bazaviy kasb-hunar kollejlari uchun maxsus fanlar boʻyicha amaldagi taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish. |
2014-yil, noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyrugʻi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzagrosanoatmashxolding” xolding kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Takomillashtirilgan oʻquv rejalari va dasturlarining joriy etilishini hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish, taʼmirlash va ularga servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha mexanik-haydovchilar va mexaniklarni tayyorlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va nashr etish. |
Har yili, 25-dekabrga qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtirish kengashining qarori |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oʻzagroservis” AJ |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejlarining maxsus fanlar oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining qishloq xoʻjaligi texnikasi va zamonaviy oʻquv-ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan oʻquv jarayonida foydalanish yuzasidan malakasini oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish. |
Jadvalga asosan |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi buyrugʻi |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi Pedagog kadrlari malakasini oshirish instituti, “Isteʼdod” jamgʻarmasi |
|
9. |
Ommaviy axborot vositalarida va Internet portallari saytlarida, taʼlim muassasalarining rasmiy saytlarida Dasturning amalga oshirilishi keng yoritib borilishini taʼminlash. |
Har chorakda, jadvalga asosan |
Dasturning amalga oshirilishini yoritish boʻyicha axborot ishlari rejasi |
Davlat aloqa qoʻmitasi, OʻzA, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi |