07.08.2014 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish hamda kutubxonaning yangi binosi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy taʼlimining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy taʼlimining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻlyozmalari markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi, uning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari belgilanganligi, tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz muhriga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida hisob raqamlariga va bank hisob raqamlariga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori — Toshkent davlat sharqshunoslik institutining prorektori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan birgalikda 2014-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasini yanada maqbullashtirish hamda respublika akademik ilm-fani va oliy taʼlimining integratsiyasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 8-iyuldagi PQ-2204-son qaroriga muvofiq oʻtkazilayotgan attestatsiya yakunlariga koʻra Markazni yosh mutaxassislar hamda qadimiy sharq qoʻlyozmalarini va tarixiy hujjatlarni saqlash va turkumlashtirish, ilmiy tavsiflarni tuzish va qoʻlyozmalarni ilmiy sharhlab tarjima qilish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar bilan toʻldirishda koʻmaklashsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan sharq qoʻlyozmalarini saqlash, kataloglashtirish va oʻrganish bilan bogʻliq vazifalardan kelib chiqqan holda uning faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga, Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining dasturlari va oʻquv rejalariga tashkil etilgan Markaz uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, shu jumladan manbashunoslik, matnshunoslik va sharq falsafasi boʻyicha kadrlar tayyorlashni taʼminlashni hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Markaz faoliyati doirasida Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro ekspertlar va maslahatchilarni hamkorlikka jalb etish va tajriba almashish masalasini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazga ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarning xodimlarini, oliy taʼlim muassasalarining, shu jumladan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining olimlari va oʻqituvchilarini Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tayanch doktorantlar va doktorantlarini, magistratura va bakalavriati talabalarini shartnoma asosida tadqiqotlarga jalb etish, shuningdek Markazning xodimlarini hamda tadqiqotlar uchun jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlarni xorijiy tadqiqot markazlariga va oliy taʼlim muassasalariga stajirovka va oʻqishga yuborish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek tashkil etiladigan Markaz kutubxonasini Sharq qoʻlyozmalari fondi bilan birgalikda noyob ilmiy obyekt sifatida saqlash uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan, shu jumladan noshirlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa institutlarning, xorijiy hukumat tashkilotlari va donorlik tashkilotlarining grantlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, M. Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 81.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yozma meros yodgorliklari mavjudligi va saqlanganligini oʻrganish hamda ularni saqlash joylarini turkumlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (A. Ikramov) oʻrganish yakunlari boʻyicha joriy yil oxirigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat muassasalari va taniqli xususiy kolleksiyalar boʻyicha qoʻlyozmalar, toshbosma usulidagi nashrlar va boshqa tarixiy hujjatlarning toʻliq reyestrini tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻlyozmalarning tarixiy-madaniy va ilmiy ahamiyatidan kelib chiqib, ularning zarur talablarga, shu jumladan kimyoviy va bakterial ochiq ishlov berish oʻtkazilishiga, namlik va harorat rejimini muayyan darajada saqlashga, shuningdek tegishli mehnat va moddiy resurslar mavjudligiga rioya qilgan holda saqlash joylarida saqlanishini taʼminlash imkoniyatiga alohida eʼtibor berib qoʻlyozmalarni saqlash joylarini tizimlashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlanayotgan qoʻlyozmalarni va yozma merosning boshqa yodgorliklarini, ayniqsa xususiy kolleksiyalardagi qoʻlyozmalar va yozma meros yodgorliklarini doimiy ravishda toʻldirish, skanerlash va raqamlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin, ularda aholida saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni ixtisoslashtirilgan davlat muassasalariga saqlash uchun topshirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markazda saqlanayotgan qadimiy qoʻlyozmalarning eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini taʼminlash uchun qoʻshimcha mablagʻlarni, shu jumladan zarur reaktivlar va sarflash materiallari sotib olish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 81-uy manzilida Markaz kutubxonasining yangi binosini qurish uchun yer uchastkasi ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz kutubxonasi binosini qurish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalashtiruvchi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi Oʻmon Sultonligining Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda oʻtkazilayotgan tanlov natijalari boʻyicha belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Markazning yangi kutubxonasini qurish ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzmetkombinat” ochiq aksiyadorlik jamiyati Markaz kutubxonasi binosini qurish uchun bosh loyihalashtiruvchining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha bosh pudratchiga sement va metall prokati boshqariladigan narxlar boʻyicha ajratilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakolatli tijorat banklariga Markaz kutubxonasini qurish davrida bank operatsiyalarini amalga oshirishda Oʻmon Sultonligi Elchixonasining, buyurtmachi va pudrat tashkilotlarining Markaz kutubxonasi binosini qurish loyihasini moliyalashtirish uchun maxsus ochilgan hisob raqamlarini vositachilik yigʻimlari undirilishidan ozod qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markaz kutubxonasi binosini qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar bir yil muddatga konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markaz kutubxonasi binosini qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini davlat bojlarini undirmasdan taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan Markaz kutubxonasi binosini qurish loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga Toshkent shahrining xalqaro aeroporti VIP zali orqali toʻlov undirmasdan tekin xizmat koʻrsatilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-avgustdagi 219-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma meros yodgorliklari mavjudligi va saqlanishini oʻrganish hamda ularni saqlash joylarini tizimlashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikramov A.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari‎
Abduxalimov B.A.‎ —‎ Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari‎
Abdullayev A.X.‎ —‎ “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori‎
Xodjayev A.A.‎ —‎ A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi direktori‎
Mannonov A.M.‎ —‎ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori‎
Musayev A.‎ —‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligining boshqarma boshligʻi‎
Hasanov S.R.‎ —‎ A. Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori‎
Mahmudov N.M.‎ —‎ Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti direktori‎
Abdullayev R.M.‎ —‎ Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori‎
Ismoilova J.X.‎ —‎ Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori‎
Islomov Z.‎ —‎ Toshkent islom universiteti prorektori ‎
Mansurov A.‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari‎
Ziyodov Sh.‎ —‎ Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 406-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)