05.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2606
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 05.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2606
Kuchga kirish sanasi
11.08.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 4-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-13-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini (bundan buyon matnda Deklaratsiya deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan toʻldirish va davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) xodimi tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezidentlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar — rezidentlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasi — muomalada boʻlgan hamda xorijiy davlatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Deklaratsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlaridan oshadigan tovarlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan naqd koʻrinishdagi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududidan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyoridan oshadigan tovarlarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarga;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlardan qatʼiy nazar mobil qurilmalarga, bundan mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimi operatorining bazasida avval roʻyxatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mobil qurilmalar mustasno;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga toʻldiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi Deklaratsiyaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilovasini toʻldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 01-02/12-25-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-6, 10.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda toʻldiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda tovar(lar) bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs oʻzi erkin ravishda Deklaratsiyani toʻldira olmasa (ruhiy holati buzilgan, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan toʻldiriladi. Bunda Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun Deklaratsiyani toʻldirgan va imzolagan shaxs javobgar boʻladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 10-oktabrdagi 01-02/12-58-son qarori (roʻyxat raqami 2606-5, 24.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Deklaratsiya bojxona organlarida rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Deklaratsiyani toʻldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Deklaratsiya mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq qogʻoz shaklda ikki nusxada yoki elektron shaklda toʻldiriladi. Qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda qogʻoz shaklda bir nusxada toʻldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda taqdim etilgan Deklaratsiya bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganidan soʻng Deklaratsiyani toʻldirgan shaxs tomonidan talab etilgan taqdirda bojxona xodimi tomonidan bir nusxada chop etib berilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Deklaratsiya blanklari va ilovasi oʻzbek, rus va ingliz tillarida, 210*99mm oʻlchamda tayyorlanadi. Shaxs oʻzi istagan tildagi Deklaratsiya blankini toʻldirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiyaning elektron shakli mazkur Yoʻriqnomaning 6 — 12-bandlari talablariga muvofiq bojxona organlarining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda A4 format koʻrinishida shakllanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali Deklaratsiyani chop etib qoʻlda toʻldirilgan holda yoki bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron shaklda toʻldirgan holda oʻz imzolari bilan tasdiqlab bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda toʻldirilgan Deklaratsiya kim tomonidan toʻldirilganligidan qatʼiy nazar mazkur Deklaratsiyani bojxona organlariga oʻz nomidan taqdim etgan shaxs unda aks ettirilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organlarining axborot tizimida qayd etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar bojxona organiga bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan vaqtda taqdim etilmagan boʻlsa, Deklaratsiya berilmagan hisoblanadi va avtomatik tarzda bekor qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Deklaratsiyada barcha bandlar toʻldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bandlardagi maʼlumotlar oʻzbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qatʼiy belgilangan joylarga aniq va tushunarli tarzda kiritiladi. Bunda, maʼlumotlar qogʻoz shakldagi Deklaratsiyada ruchka bilan qoʻlda yoziladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini kiritish yoʻli bilan javob beriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Deklaratsiya “A” va “B” sahifalardan iborat boʻlib, quyidagi tarzda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “A” sahifada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklaratsiyaning yuqori oʻng qismida bojxona organi tomonidan deklaratsiyaning roʻyxatga olingan raqami yoziladi va bojxona organining muhri qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandda harakat turi (kirish, chiqish), qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi hamda deklaratsiyani toʻldirish sanasi (kun, oy, yil);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandda shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi, pasportining (identifikatsiya ID-kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga toʻlmagan shaxslar mavjudligi (ularning soni va familiyasi, ismi, otasining ismi va pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) maʼlumotlari);
(7-band “a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandda bojxona chegarasi orqali qanday turdagi tovarlar (giyohvandlik, portlovchi moddalar va boshqa taqiqlangan yoki cheklangan buyumlar, oziq ovqat mahsulotlari, bojsiz olib kirish va olib chiqish meʼyoridan ortiq tovarlar, tijorat ahamiyatidagi tovarlar, dori vositalari, biologik faol qoʻshimchalar hamda boshqalar) olib oʻtilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandda 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd milliy va (yoki) chet el valyutasi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” sahifaning yakunida eslatma qoidalar va deklaratsiya toʻldirgan shaxsning imzosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “B” sahifa “A” sahifaning 3 va 4-bandlaridagi maʼlumotlar kiritilgandagina toʻldiriladi. “B” sahifada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandda naqd milliy va chet el valyutasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (buyumi nomi, metall turi, ogʻirligi, oʻlchov birligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandda tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi, bergan organ, miqdori, oʻlchov birligi va qiymati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandda transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (identifikatsiya raqami yoki davlat raqam belgisi, turi va rusumi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 — 7-bandlarida taqiqlangan va cheklangan tovarlar hamda bojsiz olib kirish (olib chiqish) meʼyorlari toʻgʻrisidagi eslatma qoidalar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “B” sahifaning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan buyumlar (tovarlar) 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan hollarda mazkur bandlarning “tovar nomi” va “buyum nomi” ustunlariga buyum (tovar) egasining pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) raqami ham koʻrsatiladi.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71.Deklaratsiya ilovasi quyidagi tarzda toʻldiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd valyuta kimga tegishli ekanligi haqidagi maʼlumot (jismoniy shaxsning F.I.O va pasport (identifikatsiya ID-kartasi yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasining) raqami, agar naqd valyuta eksport uchun toʻlangan boʻlsa, eksportyor tashkilotning STIRi, shartnoma raqami va sanasi yoziladi) kiritiladi;
(71-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandda Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasining kelib chiqish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumot “X” belgisini qoʻyish orqali (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qoʻl bilan) toʻldiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandda Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy va (yoki) chet el valyutasidan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “X” belgisini qoʻyish orqali toʻldiriladi (“boshqa” qatoriga izohi keltirgan holda qoʻl bilan) toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovadagi maʼlumotlar toʻliq toʻldirilgandan soʻng, shaxsning imzosi bilan imzolanadi va bojxona organining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovaning orqa tarafida jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va (yoki) chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish meʼyorlari nazarda tutiladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 3-bandida koʻrsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSH dollaridagi qiymatlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda, qoʻshimcha qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning “A” sahifasi toʻldirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Deklaratsiyaning “B” sahifasi 4-bandidagi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida toʻldiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga qogʻoz shaklda taqdim etishga qadar ruchka bilan imzolanishi yoki elektron shaklda toʻldirilib, taqdim etilayotgan vaqtda elektron raqamli imzo (qoʻl barmoq izi, grafik imzo) bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻldirilgan Deklaratsiya uni oʻz nomidan taqdim etayotgan yoʻlovchi tomonidan tasdiqlanadi (imzolanadi).
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi va axborot tizimida roʻyxatga olinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Deklaratsiya bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qogʻoz shakldagi Deklaratsiyada boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Notoʻgʻri toʻldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiya bojxona organiga taqdim etilgunga qadar uni toʻldirgan shaxs ushbu bandlardagi xato maʼlumotlarni toʻgʻri chiziq bilan ustidan chizib, tegishli maʼlumotlarni qoʻlda yozib toʻgʻrilashi mumkin.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har qanday bunday toʻgʻrilash Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsning imzosi hamda bojxona organi xodimining shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shakldagi Deklaratsiyada har qanday tuzatishlar ushbu Deklaratsiya yoʻlovchining elektron raqamli imzosi (qoʻl barmoq izi, grafik imzosi) bilan tasdiqlangunga qadar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qogʻoz shakldagi Deklaratsiyani taqdim etish jarayonida yoki elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organi tomonidan roʻyxatga olinganidan soʻng aniqlangan texnik xato va kamchiliklar bojxona xodimi tomonidan tuzatilishi mumkin. Bunda bojxona toʻlovlarini hisoblashga, taqiq va cheklovlarga, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini keltirib chiqaradigan holatlarga daxldor boʻlgan maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning “B” sahifasi 1 — 3-bandlaridagi (tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qismi) hamda ilovasining 1-bandidagi yozuvlar bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida ruchkada uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha boʻsh joylar esa chizib qoʻyiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning “A” sahifasi yuqori oʻng qismi va ilovasiga qogʻoz shakldagi Deklaratsiyada shaxsiy muhri va imzosi bilan hamda elektron shakldagi deklaratsiyada oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan bojxona organlarining axborot tizimida hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olingan qimmatbaho buyumlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oyning yettinchi sanasiga qadar Bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
(161-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qogʻoz shakldagi Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda tiklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qogʻoz shakldagi Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda deklaratsiyalovchi shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, qogʻoz shakldagi Deklaratsiyaning nusxasini va unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib oʻtilganligini tasdiqlovchi maʼlumotni olish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shakldagi Deklaratsiya bojxona organlarining axborot tizimi orqali mustaqil ravishda yuklab olinishi yoki eng yaqin hududiy bojxona boshqarmasiga murojaat qilgan holda olinishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 4-iyul
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(Orqa tomoni)

(-B-)

(Agar siz A sahifaning 3 va 4 bandlarida “Yoʻq” deb javob bergan boʻlsangiz, bu qismni toʻldirish talab etilmaydi)

1. Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd milli va (yoki) chet el valyutalari toʻgʻrisida

T/r

Valyuta nomi

Miqdori

Raqam bilan

Soʻz bilan

1.

2.

3.

2. Har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

T/r

Buyumning nomi (buyum egasining pasport raqami).

Metall turi

(oltin, kumush va boshqa)

Oʻlchov birligi

Miqdori

1.

2.

3.

3. Tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

T/r

Tovarning nomi

(farqlash xususiyatlari, tovar egasining pasport raqami, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi va bergan organ)

Miqdori

Tovarning oʻlchov birligidagi miqdori

(dona, kg, litr,m2)

Qiymati

(AQSH dollarida)

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

* Tovarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar ushbu jadvalga sigʻmagan taqdirda qoʻshimcha deklaratsiya toʻldirilishi mumkin.

4. Transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Identifikatsiya raqami / Davlat raqami

Turi

Rusumi

5. Taqiqlangan buyumlar:

 Giyohvandlik moddalari va ularning analoglari;

 Portlovchi moddalar, kimyoviy qurollar va ularning materiallari;

 Davlat va jamiyat tuzumini qoʻporishga, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverenitetini buzishga yoʻnaltirilgan, urush, terrorizm, zoʻravonlik, milliy ustunlik va diniy nafratni, irqchilik va uning turlari (antisemitizm, fashizm)ni targʻib qiluvchi bosma asarlar, qoʻlyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audiomahsulotlar, gramzapislar, ovozli materiallar, shuningdek, pornografiya mazmunidagi materiallar.

6.Cheklangan tovarlar:

 Oʻqotar qurollar, uning qismlari va oʻq dorilar, ov va pnevmatik qurollar;

 Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan dori vositalari;

 Xalqaro himoyadagi hayvonlar, oʻsimlik yoki ularning mahsulotlari;

 Tirik hayvonlar va goʻsht mahsulotlari, oʻsimliklar va karantin nazoratidagi boshqa tovarlar;

 Uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) va ularning butlovchi qismlari;

 Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar (ratsiya, sunʼiy yoʻldoshli telefon va boshqa);

 Tarixiy va madaniy boyliklar.

7. Bojsiz olib kirish meʼyori

Bojsiz olib chiqish meʼyori

Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati:

xalqaro aeroportlar orqali -1000 $;

temir yoʻl va daryo bojxona chegarasi orqali — 500 $;

avtomobil (piyoda) oʻtkazish punkti orqali — 300 $.

Jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyori 5000 $.

Guruch — 3 kg;

Non-bulka mahsulotlari — 5 kg;

Goʻsht va goʻsht oziq-ovqat mahsulotlari — 2 kg;

Shakar — 2 kg;

Oʻsimlik moylari — 2 kg;

Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, poliz ekinlar, dukkakli oʻsimliklar va quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg;

tayyor zargarlik buyumlari — 65 gr oltin va 200 gr kumush.

alkogol — 2 litr

tamaki mahsulotlar:

sigaret 200 dona;

sigara 5 dona;

tamaki 100 gr;

atir va ifor taratuvchi suvlar — 3 dona (300 ml oshmagan) va qonunchilikda belgilangan boshqa meʼyorlar.

Bunda notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs temir yoʻl, daryo transporti va avtomobil oʻtkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam, xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat boʻlgan va (yoki) bir kalendar oy davomida xorijiy davlatda uch va undan ortiq marotaba boʻlganda bojsiz olib kirish normalari qoʻllanilmaydi.

((ilovaning “B” sahifasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2026-yil 12-fevraldagi 5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-10, 28.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(Orqa tomoni)

Valyutani bojxona chegarasi orqali olib oʻtish tartib qoidalari

1. Jismoniy shaxslar 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq boʻlmagan naqd valyutadagi mablagʻlarini deklaratsiya toʻldirmasdan Oʻzbekiston hududidan olib chiqishlari mumkin.

2. Jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga cheklanmagan miqdorda naqd valyuta mablagʻlarini olib kirishi mumkin. Bunda 100 000 000 soʻm ekvivalentidan ortiq boʻlgan naqd valyuta mablagʻlari deklaratsiyalanishi lozim.

Valyuta mablagʻlarini olib chiqish cheklangan holatlar

Jismoniy shaxslar tomonidan 100 000 000 soʻm ekvivalentidagi naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablagʻlardan ortiq summani olib chiqilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunda quyidagi hollar mustasno:

 rezidentlar tomonidan — xorij davlatlariga xizmat safariga ketayotgan hukumat delegatsiyasi aʼzolari uchun Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida;

 norezidentlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida deklaratsiya qilingan mablagʻlar doirasida, shuningdek respublikada tashkil etilgan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiada) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʻlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida

ESLATMA

Jismoniy shaxslar tomonidan naqd milliy va chet el valyutadagi pul mablagʻlarini bojxona chegarasidan noqonuniy tarzdan oʻtkazish yoki deklaratsiyada va unga ilova qilingan hujjatlarda maʼlumotlarni notoʻgʻri taqdim etish javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 233-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2606-8, 27.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 2-iyul)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 411-modda; 2015-y., 4-son, 45-modda; 2016-y., 41-son, 476-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son, 09.03.2018-y., 10/18/2606-4/0874-son, 24.10.2019-y., 10/19/2606-5/3954-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2606-6/0447-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 23.09.2024-y., 10/24/2606-7/0739-son; 01.04.2025-y., 10/25/2606-8/0293-son; 07.06.2025-y., 10/25/2606-9/0503-son; 02.03.2026-y., 10/26/2606-10/0184-son)