Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2025 29.07.2014 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2025
Hujjat 04.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyuldagi 467-sonli “Yer qaʼri davlat fondi maʼlumotlarini yuritish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika foydali qazilmalari konlarini tizimlashtirish, ular zaxiralarining davriy harakatini hisobga olish, shuningdek davlat organlarini tegishli maʼlumotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha Yoʻriqnoma tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 29-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 15-moddalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini (keyingi oʻrinlarda davlat balansi deb yuritiladi) yuritish tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat balansi foydali qazilmalar zaxiralarining miqdori, sifati, foydali qazilmalar konlarining oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirilganlik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish boʻyicha yigʻma hujjatni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat balansi sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan konlar kesimida, ularning maʼmuriy-hududiy joylashishini aks ettirgan holda foydali qazilmalar turlari boʻyicha har yili (har yili 1-yanvar holatiga koʻra) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralari — joriy davrda foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan zaxiralar (kon zaxiralarini hisoblab chiqish uchun belgilangan konditsiyalarni qondiradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarning balansdan tashqari zaxiralari — balans zaxirasini oʻrganilganlik boʻyicha taqdim qilinadigan talablarga javob beradigan, biroq baholash vaqtida konchilik-texnikaviy, sifat, ekologik va boshqa sabablarga koʻra foydalanish mumkin boʻlmagan, shuningdek keyinchalik sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan zaxiralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralari toifalari (A, V, S1, S2) — konlarning oʻrganilganlik darajasi, xom ashyo sifati va foydali qazilmalarni qazib olishning konchilik-texnikaviy shart-sharoitlarga bogʻliq holda belgilanadigan zaxiralar toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilar — muayyan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun oʻzlariga berilgan huquqlariga muvofiq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat balansini yuritishning maqsadi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat balansini yuritishning asosiy maqsadi respublika mineral-xom ashyo bazasining umumiy holati tavsifi, uni oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish darajasi, mineral xom ashyoni qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari tashabbusi bilan chiqish, xom ashyo bazasini qayta toʻldirish uchun keyinchalik geologik jihatdan oʻrganish yoʻnalishlarini prognoz qilish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Davlat balansini yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan foydali qazilmalarning miqdori, sifati, ularning sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir turi boʻyicha oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va turkumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mintaqalari boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzgarishini hisobga olgan holda konlar boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarining har yilgi harakatlarini tahlil qilish va hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati organlarini respublika va alohida mintaqalarning mineral-xom ashyo bazasining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Hisobotni taqdim etish va davlat balansini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish konlar boʻyicha alohida, zarur hollarda ularning uchastkalari, alohida qatlamlar, gorizontlar, shaxta maydonlari, foydali qazilmalarning sanoat turi, ularni qazib olish usullari va zaxiralar toifasi boʻyicha yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan doimiy asosda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.

8. Yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 1-fevralga qadar chegiriladigan zaxiralar (amalga oshirilgan qazib chiqarishlar va yoʻqotishlar) hajmi, qazib chiqarish jarayonida isbotlanmagan yoki qoʻshimcha ravishda koʻpaytirish hisobiga texnik chegaralarning oʻzgarishi, zaxiralarni hisobdan chiqarish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) qarorlari, shuningdek idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bayonnomalari asosida oʻtgan yil uchun foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslari (keyingi oʻrinlarda hisobot balanslari deb yuritiladi) tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot balanslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qattiq foydali qazilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir va yonuvchi slanetslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft, kondensat, yonuvchi gazlar (jumladan yoʻldosh komponentlar — etan, propan, butan, oltingugurt, geliy) boʻyicha alohida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisobot balanslariga quyidagilar aks ettiriladigan tushuntirish xati ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi marta davlat balansiga kiritilayotgan konlar uchun — foydali qazilmalar zaxiralarining joylashgan joyi, miqdori, sifati, oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirilishi darajasi, rudalarning texnologik xususiyatlari, konlarda qazib olishning konchilik-geologiya, konchilik-texnikaviy, gidrogeologik shart-sharoitlari, texnik-iqtisodiy baholashning asosiy koʻrsatkichlari, qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat balansida hisobga olingan konlar uchun — konchilik-geologiya va texnik-iqtisodiy xususiyatining yangi maʼlumotlari, foydali qazilmalarning yangi aniqlangan qatlamlari, qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mineral xom ashyodan majmuaviy foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarining moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda foydali qazilmalar zaxiralarining koʻpaytirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek balansdan tashqari zaxiralarning oʻzgarishi (mavjud boʻlganda) va zaxiralarni hisobdan chiqarish sabablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Foydali qazilmani qazib chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda foydali qazilmani kamaytiradigan boʻsh jinslarini hisobga olmagan holda, agar ular balansdagi zaxiralariga kiritilmagan boʻlsa, yer qaʼridan olinadigan mineral xom ashyoning barcha miqdori hisobga olinishi kerak. Hisobot balansida qazib chiqarib kamaytirilgan va tovar rudalari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilmaydi, biroq hisobot balansiga qoʻshiladigan tushuntirish xatida keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qandaydir sabablarga koʻra, oʻtgan yillar uchun ilgari hisobga olinmagan foydali qazilmani qazib chiqarish hisobot yili uchun qazib chiqarish bilan birga koʻrsatiladi, biroq oʻtgan yilda qazib olingan xom ashyo izohda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat balansida hisobga olingan kompleks rudalardagi yoʻldosh komponentlar yer qaʼridan asosiy foydali qazilma bilan birga qazib chiqarilsa, biroq keyingi texnologik qayta ishlashda yoʻqotilsa, izohda hisobdan chiqariladigan zaxiralar qazib olingan, lekin texnologik qayta ishlashda yoʻqotilganligini koʻrsatib oʻtish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi holatlarda, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib chiqarish balansdan tashqari zaxiralardan amalga oshirilsa va qazib chiqarilgan xom ashyo miqdori sanoatda foydalanilsa, unda qazib olingan xom ashyo miqdori qayta baholashdan oʻtgan sifatida hisobga olinadi hamda foydali qazilmalarning balansdan tashqari zaxiralari ushbu miqdorga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansdan tashqari foydali qazilmalar balansdagi foydali qazilmalar bilan birga qazib chiqarilsa, biroq sanoatda foydalanilmasa yoki konditsionli xom ashyo bilan birga kamaytiradigan jins sifatida qayta ishlab chiqarishga tushgan boʻlsa, foydali qazilmaning balansdan tashqari zaxiralari hisobot yilida qazib chiqarilgan sifatida hisobot balansida kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hisobot balanslari shakllari Davlat geologiya qoʻmitasi qaroriga koʻra, foydali qazilmalar turlari parametrlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Yer qaʼridan foydalanuvchilar oʻz hisobotlarini Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha rasmiylashtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hisobot balansi yuridik shaxs — yer qaʼridan foydalanuvchi rahbari va bosh geologi (bosh muhandisi) tomonidan imzolanadi. Agar yer qaʼridan foydalanuvchi jismoniy shaxs hisoblansa, yagona shaxsning imzosiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qazib olinadigan konlar boʻyicha hisobot balanslari geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi mavjud boʻlganda yer qaʼridan foydalanuvchilarning geologiya-marksheyderlik xizmatlari tomonidan tasdiqlanishi kerak hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi. Uglevodorodlar konlari va yer osti suvlari boʻyicha hisobot balanslarini yer qaʼridan foydalanuvchilarning tegishli funksiyalar yuklangan boshqa xizmatlari tomonidan tasdiqlashga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer qaʼridan foydalanuvchilarda geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi mavjud boʻlmaganda, hisobot balanslarini tegishli litsenziyaga ega boʻlgan jalb etilgan korxonalar tomonidan tasdiqlanishiga ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yer qaʼri uchastkalarini geologik oʻrganish va foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yoʻsinida qazib chiqarish natijalari boʻyicha hisobotlar Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (yoki qayta tasdiqlash) boʻyicha tegishli qarorlari nusxalari va idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bayonnomalari bilan birgalikda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, agar keyinchalik qazib olishda isbotlanmaganligi, texnik chegaralarning oʻzgarganligi va boshqa sabablar bilan bogʻliq holda foydali qazilmalar zaxiralari konlar boʻyicha qayta hisoblab chiqilgan boʻlsa, hisobotlar Davlat komissiyasining tegishli qarorlari nusxalari bilan birgalikda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hisobot balanslari uch nusxada tuziladi va yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 5-fevraldan kechikmasdan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat geologiya fondiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot balanslari Davlat geologiya fondiga qabul qilingandan keyin bir nusxasi tegishli belgi bilan yer qaʼridan foydalanuvchiga qaytariladi. Ikkinchi nusxasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga taqdim qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat geologiya fondi 15-aprelgacha boʻlgan muddatda taqdim etilgan hisobot balanslarini umumlashtiradi, foydali qazilmalar turlari boʻyicha davlat balansini tayyorlaydi va uni oʻrganib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft, kondensat va tabiiy gaz boʻyicha davlat balansini umumlashtirish va tayyorlash “Oʻzbekneftgaz” MXKning vakolatli korxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat geologiya qoʻmitasi 1-maygacha boʻlgan muddatda davlat balansini oʻrganishni yakunlaydi va uni nashr qilishga ruxsat beradi. Davlat balansi tarqatiladigan davlat organlari va korxonalar roʻyxati Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat balansini Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishmasdan koʻpaytirish va tarqatish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat balansini yuritish ushbu Nizomga ilovaga asosan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hisobot balanslarini tayyorlash, ularni Davlat geologiya fondiga qabul qilishgacha foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) boʻyicha tegishli hisobotlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlar yer qaʼridan foydalanuvchilar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya fondining davlat balanslarini yuritish bilan bogʻliq ishlari Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishiladigan har yilgi geologiya-qidiruv ishlari dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat balansida aks ettiriladigan maʼlumotlarga talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat balansida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchining nomi, foydali qazilmalar zaxiralarini qabul qilish — berish boʻyicha Idoralararo komissiya dalolatnomasining tartib raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlari joylashgan joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarining oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarning sifati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralarining konlar, alohida uchastkalar, qatlamlar, gorizontlar va boshqalar kesimidagi hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konlardan foydalanishda foydali qazilmalarni har yilgi qazib chiqarish (qazib chiqarishda yoʻqotishni hisobga olgan holda) hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralarining geologik oʻrganish, qayta baholash va hisobdan chiqarish natijasida turli sabablarga (qazib olishda isbotlanmagan, chegaralari oʻzgarganda va boshqalarda) koʻra oʻzgargan hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat komissiyasining konni davlat balansida hisobga olish uchun asos hisoblangan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib chiqaruvchi korxonalarning qidirib topilgan foydali qazilmalar bilan taʼminlanganligi (qazib olinadigan konlar boʻyicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat balansida foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansdagi va balansdan tashqari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxiralar toifalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rudalarning texnologik turlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib chiqarishning konchilik-texnik shart-sharoitlari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarini oʻrganilganlik va sanoat yoʻsinida oʻzlashtirish darajasi boʻyicha (qidirilayotgan, sanoat yoʻsinida oʻzlashtirishga tayyorlangan, qazib olinadigan, konservatsiya qilingan) boʻlingan holda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan foydali yoʻldosh komponentlar zaxiralari ularni boyitish jarayonida chiqarib olish va keyinchalik qayta ishlashdan qatʼi nazar, hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat balansida foydali qazilmalar zaxiralari oʻlchov birligi ularning har bir turi boʻyicha bir xil qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hisobot balanslari taqdim etadigan yer qaʼridan foydalanuvchilar va foydali qazilmalar zaxiralari harakati hajmini tasdiqlovchi korxonalar taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Foydali qazilmalar zaxiralari va ular tarkibidagi komponentlar holati va ularning harakatini hisobga olish yuzasidan nazorat qilish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Izoh: neft, kondensat, yonuvchi gaz (jumladan yoʻldosh komponentlar) boʻyicha davlat balansini umumlashtirish va tayyorlash “Oʻzbekneftgaz” MXKning vakolatli korxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 31-son, 383-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)