7-ILOVA
|
№ |
Tadbir nomi |
Bajarilish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun masʼullar |
|
1 |
Barcha balans egalaridagi moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2014-2015-yillar |
Balans egalari mablagʻlari |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2 |
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini belgilangan tartibda Madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish boʻyicha zarur choralar koʻrish. |
2015 — 2018-yillar |
Balans egalari mablagʻlari, budjet mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3 |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 15 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida 5 ta mintaqalararo va 2 ta mintaqaviy davlat inspeksiyalarini tuzish. |
2014-yil III chorak |
---- |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4 |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlari va madaniy boyliklarni tadqiq qilish, restavratsiya qilish, ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek restavratsiya-tiklash ishlarini bajarishda yangi zamonaviy materiallarni ishlab chiqish boʻyicha laboratoriya tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2015-yil II chorak |
---- |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
5 |
Oʻzbekiston Respublikasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan oʻtkazish hamda Madaniy meros obyektlarida restavratsiya-tiklash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2015-yil I chorak |
---- |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
6 |
Mahobatli yodgorliklar ekspertizasi boʻyicha Badiiy kengashning hamda Muhofaza qilish va restavratsiya boʻyicha Ilmiy-uslubiy kengashning yangilangan tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. |
2014-yil IV chorak |
---- |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7 |
“Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ularni muntazam ravishda yangilab borish. |
2014-2015 oʻquv yili boshlangunga qadar |
---- |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
8 |
2015-2016 oʻquv yilidan boshlab Bosh boshqarma buyurtmasiga muvofiq tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish. |
2015-2016 oʻquv yilidan boshlab |
---- |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
9 |
Koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanuvchi davlat muzey tashkilotlarida Bilet xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2014-yil IV chorak |
---- |
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
8-ILOVA