|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
2003-yilga xarajatlar (mln soʻm) |
Mablagʻ bilan taʼminlash manbai |
Taqdim etilayotgan hujjatning shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
|
I. Mahalla faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||||
| 1. | “Mahalla – tuman, shahar hokimliklari” tizimida huquqiy munosabatlar tahlili va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 2. | Mahallalarning huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan huquqiy munosabatlari tahlili hamda qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tegishli takliflar tayyorlash | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 3. | “Mahalla” xayriya jamgʻarmasining maqomini koʻtarish va vakolatlarini kengaytirish boʻyicha tahlil va takliflar tayyorlash | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 4. | Yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini hisobga olgan holda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun loyihasi |
| 5. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi nizomni takomillashtirish |
| 6. | Respublika oqsoqollar kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari huquqiy maqomini koʻtarish va vakolatlarini kengaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 7. | Mahalla va fuqarolar yigʻini faoliyatining holatini oʻrganish, ular faoliyatining tashkiliy shakllarini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 8. | “Fuqarolar yigʻini taftish komissiyasi toʻgʻrisida” va “Fuqarolar yigʻini maʼmuriy komissiyasi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizomlarni ishlab chiqish | 2003-yil I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
| 9. | Mahallaning jamoatchilik nazorat organi sifatidagi rolini kuchaytirishga doir takliflarni ishlab chiqish | 2003-yil, I chorak | Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi loyihalar |
| 10. | Mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari toʻplamini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, I chorak | Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti |
- | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Qonun hujjatlari toʻplami |
| 11. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning namunaviy tarkibini va shartlarini ishlab chiqish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilash, xodimlar sonini xonadonlar soniga, shuningdek, budjetdan tashqari olinadigan daromadlarga muvofiqlashtirish | 2003-yil, II chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
- | - | Vazirlar Mahkamasi qarori |
| 12. | Mahalla oqsoqollari (raislari) va faollarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi oʻquv kurslari tashkil etish | Doimo | Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Toshkent davlat yuridik instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Oʻquv kurslari rejasi |
|
II. Mahallalarda tadbirkorlikni kuchaytirish, xizmatlar va savdo sohasini rivojlantirish hamda kichik biznes sohasi orqali yangi ish oʻrinlari barpo etish | ||||||
| 13. | Mahallalar hududida xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni mikromoliyalashtirish uchun ijtimoiy investitsiyalar jamgʻarmasi tashkil etish | 2003-2004-yillar | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, TASIS dasturi | 778 ming Yevro | TASIS | Normativ va ijroiya hujjatlar turkumi. Xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni mikromoliyalashtirishga qoʻshimcha manbalarni jalb etish |
| 14. | Mahalla aholisining tadbi��korlik faoliyatini rivojlantirish uchun respublika mintaqalarida kredit uyushmalari tarmoqlarini tashkil etish | Yil davomida | Markaziy bank, kredit uyushmalarining tashabbuskor guruhi | Soʻm ekvivalentida 600 ming AQSh dollari (kredit uyushmasiga 10 ming AQSh dollaridan 20 ming AQSh dollarigacha) |
Muassislarning pay badallari, OTBning texnik yordami | Normativ va ijroiya hujjatlar turkumi. Mahallalarda tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish |
| 15. | Mahallalarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun tijorat banklarining kredit liniyalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobiga moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlash | Yil davomida | Tijorat banklari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi | 30000,0 | Tijorat banklari kreditlari, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, Biznes-fond | Tegishli tartibda tasdiqlangan kredit loyihalari |
| 16. | Mahalla aholisini ish bilan taʼminlash uchun kichik va oʻrta biznes sohasida 160 ming yangi ish oʻrinlari tashkil etish, jumladan: 75 ming oʻrin – kichik korxonalar tashkil etish hisobiga; 60 ming oʻrin – yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga; 20 ming oʻrin – dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish hisobiga; 5 ming oʻrin – oilaviy biznesni va kasanachilik mehnatini tashkil etish hisobiga |
Yil davomida | Hokimliklar, Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tarmoq vazirliklari va idoralari | 80000,0 | Tijorat banklari kreditlari, Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi, Biznes-fond, korxonalar va aholi mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar | Ish bilan taʼminlash va ish oʻrinlari tashkil etish hududiy dasturlari. Aholi daromadlari oʻsishining barqaror manbalarini shakllantirish, mahalla aholisining ish bilan taʼminlanishi va farovonligi darajasini oshirish |
| 17. | Mahallalar hududida joylashgan ishlab chiqarish binolarini hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etish, xalq hunarmandchiligi bilan shugʻullanish va aholiga turli xizmat koʻrsatish uchun ijara shartlarida ajratish. Marketing va menejment masalalarida tadbirkorlarga metodik va amaliy yordam koʻrsatish | Yil davomida | Tuman, shahar va viloyatlar hokimliklari, Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi | - | - | Hokimliklarning qarorlari. Hunarmandchilikni, xalq hunarmandchiligini, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish |
| 18. | Mahallalarda ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha fuqarolarga xizmat koʻrsatuvchi punktlar tashkil etish hamda ushbu punktlarda mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining ishlashini taʼminlash | 2003-yil, IV chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 25,0 | Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi | Hokimliklarning qarorlari. Fuqarolarni qabul qilish punkti toʻgʻrisidagi nizom. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyrugʻi, ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha mahalla aholisiga koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirish |
| 19. | “Tashabbus-2004” tanloviga 2003-yil yakunlari boʻyicha “Mahallaning rivojlanishi va obodonligiga ulush qoʻshgan eng yaxshi tadbirkor” nominatsiyasini kiritish | 2003-yil, II chorak | Tanlov tashkiliy qoʻmitasi | 1,0 | Tanlov mablagʻlari | Tanlov toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha. Mahallani rivojlantirish va obodonlashtirishga tadbirkorlarning ulush qoʻshishini ragʻbatlantirish |
| 20. | Mahallalar hududida “Maishiy xizmat markazi”ning 950 ta maishiy shoxobchasini tashkil etish, ularni zarur asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar bilan taʼminlash | Yil davomida | Maishiy xizmat koʻrsatish tuman (shahar) hududiy uyushmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 174,0 55,0 155,0 |
Tijorat banklari va Biznes-fond kreditlari. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining kredit liniyalari boʻyicha aholi va tadbirkorlar mablagʻlari | Hokimliklarning qarorlari, maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari boʻyicha buyruqlar. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish, maishiy xizmatlar hajmining 0,5 mlrd soʻmga ortishi |
| 21. | Mahallalarda joylashgan, “Matlubotsavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalariga qarashli boʻlgan savdo shoxobchalari va sexlarini taʼmirlash | Yil davomida | “Matlubotsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari | 20,0 | “Matlubotsavdo” va “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari mablagʻlari | “Matlubotsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari boʻyicha buyruqlar. Bevosita mahallalarda qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish |
|
III. Mahalla ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish | ||||||
| 22. | “Mahallalar va korxonalar”ning oʻzaro aloqa va bir-birini qoʻllab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish va hamma joyda joriy etish. Buning uchun: har bir mahalla hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar roʻyxatini aniqlashtirish; manfaatdor tomonlar bilan birgalikda korxonalar va mahallalarning otaligʻi va oʻzaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish va joriy etish; mahalla faoliyatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha korxonalarning otaligʻini yoʻlga qoʻyish; |
2003-yil I chorak 2003-yil I chorak 2003-yil, I chorak | Hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, “Mahalla” jamgʻarmasi | - | - | Hokimliklar, korxonalar, tashkilotlar va mahallalarning qoʻshma qarorlari |
| 23. | Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida va ularning yordamida har bir mahallani obodonlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | Ishlab chiqish —2003-yil, I choragi, joriy etish – 2003-yil II choragidan | Tuman va shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, korxonalar va tashkilotlar | - | Bajaruvchilar mablagʻlari | Mahalla aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash. |
| 24. | Mahalla guzarlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida namunaviy nizomni ishlab chiqish va joriy etish | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi | - | - | Mahalla guzarlari faoliyati toʻgʻrisida namunaviy nizom |
| 25. | Mahalla guzarlari qurish | Yil davomida | Hokimliklar | 18900,0 | Aholi va homiylar mablagʻlari | Hokimliklarning qarlari. Guzarlarda mahallalarning ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish |
| 26. | “Navroʻz” va “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni”ni bayram qilishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha umumxalq hasharlari oʻtkazish | 2003-yil mart, avgust | “Mahalla” jamgʻarmasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Hududlarni obodonlashtirish, infratuzilma ahvolini yaxshilash. “Mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlarini toʻldirish |
| 27. | 433 mahallada 2,6 ming km gaz tarmoqlarini va 436 mahallada 1720 km suv quvurlari tarmoqlarini ishga tushirish hisobiga aholining tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlanishi darajasini oshirish | Yil davomida | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, hokimliklar, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi | budjet – 6000; markazlashtirilmagan manbalar – 12769,0 |
Mahalliy budjet, korxonalar va aholi mablagʻlari | Gazlashtirish va ichimlik suvi bilan taʼminlashning tasdiqlangan dasturlarini amalga oshirish boʻyicha hokimliklar, vazirliklar va idoralarning qarorlari. Mahallalar aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlash |
| 28. | 1140 ming xonadonda gaz �lchash moslamalari sotib olish va oʻrnatishda mahallalar aholisiga koʻmaklashish | Yil davomida | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, hokimliklar | 34200,0 | Budjet va aholi mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari | “Oʻzkommunxizmat” agentligi buyrugʻi. Gazdan tejab foydalanilishini taʼminlash |
| 29. | 12500 ming kv.m uy-joy fondini, shu jumladan, idoraviy uy-joylarni mukammal taʼmirlash hisobiga mahallalar aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash. | Yil davomida | Hokimliklar, idoralar | 15461,0 shu jumladan budjet — 2500 |
Mahalliy budjet, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, aholi mablagʻlari | Hokimliklar boʻyicha qarorlar, idoralar boʻyicha buyruqlar. Mahallalar aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash. |
| 30. | 500 mahallada mavzelar ichidagi 1000 km yoʻlni taʼmirlash, asfaltlash va obodonlashtirish. | Yil davomida | Hokimliklar | 4778,5 – markazlashtirilmagan manbalar 950,0 – ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi |
Korxonalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mablagʻlari. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi | Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining hokimliklarga oʻtkaziladigan mablagʻlarining 5 foizini mahallalar ichidagi yoʻllarni taʼmirlash va asfalt qilishga yoʻnaltirish toʻgʻrisida hokimliklarning qarorlari va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boʻyicha buyruq. Mahallalarda yoʻllarning ahvolini yaxshilash |
| 31. | Yakka tartibdagi uy-joylarda yashovchi fuqarolarning uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻliq toʻlashlarini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, yigʻim 100 foiz boʻlganda toʻplangan mablagʻlarning 15 foizini va toʻlovlar yigʻimi 75 foiz boʻlganda 7 foizini mahalla hisob raqamiga oʻz vaqtida va toʻliq ajratish yoʻli bilan mahallalarni amalda ragʻbatlantirishni nazarda tutish | Yil davomida | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 1000,0 | Aholining kommunal toʻlovlari hisobiga | Vazirlar Mahkamasi qarori, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar boʻyicha buyruqlar. Uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini shakllantirish |
| 32. | 1200 mahalla va aholi punktlarini telefonlashtirish yoʻli bilan aholining aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi darajasini oshirish | Yil davomida | Aloqa va axborotlashtirish agentligining hududiy boʻlinmalari | 11905,7 | Aloqa va axborotlashtirish agentligi, aholi mablagʻlari | Aloqa va axborotlashtirish agentligi boʻyicha buyruq. Aholining aloqa vositalaridan foydalanishini yaxshilash |
| 33. | Soʻzlashuv punktlari, Internet-tarmoqlari va boshqa aloqa vositalari tashkil etish yoʻli bilan qishloq mahallalarida aloqa xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish | 2003-yil, IV chorak | Aloqa va axborotlashtirish agentligining hududiy boʻlinmalari | 150,0 | Aloqa va axborotlashtirish agentligi mablagʻlari | Aloqa va axborotlashtirish agentligining qarori. Aloqa xizmatlarini mahallalar aholisiga yaqinlashtirish |
| 34. | Foydalanilma�tgan noturar joy binolarining zarur qismini mahallalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun oʻzini oʻzi boshqarish organlari ixtiyoriga berish toʻgʻrisida takliflar kiritish | 2003-yil, IV chorak | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, hokimliklar, “Mahalla” jamgʻarmasi | - | - | Hokimliklarning qarorlari. Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish tuzilmasi obyektlari tashkil etilishiga koʻmaklashish |
| 35. | Mahallalar oʻrtasida “Kommunal xizmatlarni namunaviy toʻlovchilar” tanlovi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish hamda tuman, viloyat va respublika darajasida tanlov oʻtkazish | 2003-yil, I chorak | “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Mahalla” jamgʻarmasi | 20,0 | “Oʻzkommunxizmat” agentligi mablagʻlari | Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom. Aholining kommunal xizmatlar uchun toʻlovni toʻliq toʻlashini taʼminlashda mahallalarning ijobiy tajribasini ragʻbatlantirish va yoyish |
| 36. | “Eng obod mahalla” respublika ekologik koʻrik-tanlovini quyidagi asosiy mezonlar boʻyicha oʻtkazish: ichimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish; elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash; yer uchastkalaridan samarali foydalanish; maishiy chiqindilarni qisqartirish chora-tadbirlarni koʻrish; mahallalarning namunaviy sanitariya ahvoli |
2003-yil fevral-noyabr | “Mahalla” jamgʻarmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, hokimliklar | 10,0 | “Mahalla” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻlari | Koʻrik-tanlov toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish, tanlovda qatnashishga �ahalla qoʻmitalarini jalb etish |
|
IV. Kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish va yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash | ||||||
| 37. | “Yosh oilani mustahkamlash mahalla ahli va oqsoqollarining burchidir” shiori ostida mahallalardagi xotin-qizlar qoʻmitasi yarashtiruv komissiyalari, oqsoqollar kengashlari vakillaridan iborat yosh oilalar bilan ishlovchi maxsus guruh – komissiya tuzish. Komissiya zimmasiga yosh oilalar turmushi monitoringini olib borish vazifasini yuklash | 2003-yil, I chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi | | | Yosh oilalarni mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash |
| 38. | Quyidagilarni: bolani 2 yoshga toʻlgunga qadar parvarish qilganlik uchun kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan ishlamaydigan onalarga nafaqalar; kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam; voyaga yetmagan bolasi boʻlgan ehtiyojmand oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlashda nafaqalarning aniq yoʻnaltirilganligini, oshkoraligini kuchaytirish va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishini yaxshilash yoʻli bilan kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlash |
Har oyda | Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi | 61159,0 6290,0 79551,0 |
Budjet mablagʻlari | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarori. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning aniq tarzda yoʻnaltirilganligini kuchaytirish |
| 39. | Vazirlar Mahkamasining qar�riga binoan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish | 2003-yil, II chorak | Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 600,0 | - | Qaror loyihasi |
| 40. | Kam taʼminlangan va koʻp bolali, moddiy yordamga muhtoj oilalarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qoʻshimcha mablagʻlar jalb etish maqsadida korxonalar daromadlarining soliq solinadigan bazasini mahallaga koʻrsatiladigan xayriya yordami miqdorida, biroq soliq solinadigan daromadning 1 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda kamaytirishni nazarda tutish | 2003-yil, II chorak | Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi | 1500,0 | Korxonalar mablagʻlari | Soliq kodeksining 32-moddasiga qoʻshimchalar kiritish. Kam taʼminlangan oilalarga va ehtiyojmand bolali oilalarga qoʻshimcha ijtimoiy yordam berish manbalarini shakllantirish |
| 41. | Mehnat va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga nafaqa toʻlanishini va ularning oilalariga moddiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashdagi oʻzaro hamkorligini kuchaytirish | Yil davomida | Mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari | 1600,0 | Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofaza qilish |
| 42. | Tijorat banklarining kreditlari va budjetdan t�shqari manbalar hisobiga roʻzgʻor xoʻjaligini yuritishda kam taʼminlangan yosh oilalarga ssuda ajratish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish | 2003-yil, II chorak | Markaziy bank, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, Xalq banki | 900,0 | Tijorat banklari mablagʻlari | “Yosh oilalarga ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisida” nizom. Kam taʼminlangan yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash |
| 43. | Boquvchisiz qolgan va kam taʼminlangan oilalarning bolalariga; bolalar uylari va maktabgacha muassasalar tarbiyalanuvchilariga muruvvat yordami koʻrsatish | Yil davomida | “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi | 650 mln soʻm, 260 ming AQSh dollari | “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, AQSh grantlari, homiylar mablagʻlari | Muruvvat yordami koʻrsatish toʻgʻrisidagi qaror. Bolalarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish |
| 44. | Kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalar bolalarining bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida bepul yozgi dam olishini taʼminlash | 2003-yil iyun-avgust | Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar | | Homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qarorlari. Kam taʼminlangan oilalarning bolalarini ijtimoiy muhofaza qilish |
| 45. | Qishloq mahallalarida maktab bozorlari va ularda bolalar kiyimi va poyabzalini 20% chegirma bilan sotilishini tashkil etish | 2003-yil iyul-sentyabr | Viloyat “Matlubotsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari | 11,0 | “Matlubotsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari, mablagʻlari | “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyasi, “Matlubotsavdo” AK boʻyicha buyruqlar. Qishloq bolalarini oʻquv yiliga tayyorlash |
| 46. | Kam taʼminlangan oilalarning bolalariga, nogironlarga, yolgʻiz pensionyerlarga Hayit, Navroʻz, Mustaqillik, Yangi yil bayramlarida qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatish | Yil davomida | Viloyat “Matlubotsavdo”, “Oʻzbekbirlashuv” kompaniyalari, “Mahalla” jamgʻarmasi | 17,0 1200,0 |
“Oʻzbekbirlashuv” kompaniyasi mablagʻlari, homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning buyruqlari va qarorlari. Ijtimoiy muhofazaga ehtiyojmandlarni qoʻllab-quvvatlash |
|
V. Keksa avlodga eʼtibor berish va gʻamxoʻrlik qilishni kuchaytirish | ||||||
| 47. | Yolgʻiz pensionyerlarga: kommunal xizmat va boshqa xarajatlarga haq toʻlash; vrachlarning retseptlari boʻyicha dori-darmonlar bilan bepul taʼminlash; statsionarlarda bepul ovqatlanish; yer va mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar berilishi masalasini koʻrib chiqish |
Har oyda | Hokimliklar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 909,2 | Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet, homiylarning mablagʻlari | Hokimliklarning qarori. Oʻzgalarning yordamiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksa pensionyerlar, nogironlarga aniq yoʻnaltirilgan moddiy yordam koʻrsatilishini kuchaytirish |
| 48. | Homiylarning qoʻllab-quvvatlashini kengaytirish asosida ehtiyojmand yolgʻiz keksa pensionyerlar va nogironlarga moddiy yordam koʻrsatish | Muntazam ravishda ikki oyda kamida bir marta | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi | 500,0 | Homiylar mablagʻlari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boʻyicha buyruq, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari. Yolgʻiz keksa fuqarolarga aniq yoʻnaltirilgan moddiy yordam koʻrsatilishini kuchaytirish |
| 49. | Yolgʻiz keksa pensionyerlar, nogironlarga hamda boquvchisiz qolgan bolalarga aniq yoʻnaltirilgan muruvvat yordami koʻrsatishni kengaytirish | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muruvvat yordami boʻyicha ishchi guruh, “Mahalla” jamgʻarmasi | 400,0 | Muruvvat tashkilotlari va homiylar mablagʻlari | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy Kompleksi protokoli |
| 50. | Toshkent shahar hokimligining pensionyerlar va nogironlarning ayrim toifalari uchun shahar jamoat transportida yurish boʻyicha amaldagi imtiyozlarni toʻliq hajmda saqlab qolgan holda yolgʻiz pensionyerlarning oylik yoʻl kartochkalarini sotib olishida 50% miqdorida chegirma berish boʻyicha tajribasini hamma joyda joriy etish | Doimo | Hokimliklar, Avtomobil va daryo transporti agentligi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi | 1500,0 | Transport korxonalari mablagʻlari | Tegishli hokimliklarning qarorlari. Pensionyerlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash |
| 51. | “Maishiy xizmat markazi” AJ va Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining sartaroshxonalar, kimyoviy tozalash shoxobchalari va hammom, kir yuvish kombinatlari xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha pensionyerlar va nogironlar uchun ushbu xizmatlar preyskurant qiymatining kamida 30 foizi miqdorida chegirma joriy etish toʻgʻrisidagi taklifini hamma joyda joriy etish | Doimo | Hokimliklar, “Maishiy xizmat markazi”, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi | 50,0 | Korxonalar mablagʻlari | “Maishiy xizmat markazi” AJ boʻyicha buyruq. Pensionyerlarni moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish |
| 52. | Muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolar va nogironlarning kvartiralari, uylari va maishiy xonalarini taʼmirlash | Doimo | Hokimliklar, “Mahalla” jamgʻarmasi | 50,0 | Homiylar mablagʻi | Hokimliklar qarorlari. Yolgʻiz fuqarolarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash |
| 53. | Ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uylariga borib ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 60,0 | Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻi | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boʻyicha buyruq. Ijtimoiy xizmat koʻrsatish bilan qamrab olishni kengaytirish va budjet mablagʻlarini tejash |
| 54. | Yolgʻiz keksalarning ijtimoi�-maishiy ehtiyojlari, salomatligi va moddiy ahvoli monitoringini yoʻlga qoʻyish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga doir aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, hokimliklar, “Mahalla” va “Nuroniy” jamgʻarmalari | 1,0 | Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi | Bajaruvchi tashkilotlar qarorlari. Keksa avlodning aniq ehtiyojlarini oʻz vaqtida aniqlash asosida ijtimoiy muhofazaning aniq yoʻnaltirilganligini oshirish |
|
VI. Mahallalar aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati koʻrsatishni yaxshilash. | ||||||
| 55. | Barcha pensionyerlarni, nogironlarni, shu jumladan nogiron bolalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish | Yil davomida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 3500,0 | Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet mablagʻi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi mablagʻi | Bajaruvchi tashkilotlar boʻyicha buyruqlar va qarorlar. Pensionyerlar, nogironlar va yolgʻiz fuqarolar kasallanishining oldini olish |
| 56. | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining tibbiy-sanitariya xizmati kuchlari bilan ixtisoslashtirilgan temir yoʻl poyezdlarida respublikaning uzoq tumanlarida yashaydigan keksalarni muntazam puxta tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish | Yil davomida | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazi�ligi | 30,0 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi va homiylar mablagʻi | Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasining qoʻshma buyrugʻi. Pensiya yoshidagi kamida 10 ming kishini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlash |
| 57. | “EKOSAN” salomatlik poyezdini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ekologik ahvol murakkab tumanlariga yuborish | 2003-yil aprel-iyul | “EKOSAN” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi | 40,0 | “EKOSAN” jamgʻarmasi mablagʻi | “EKOSAN” jamgʻarmasi qarori. Ogʻir ekologik ahvoldagi tumanlar aholisini muruvvat yordami bilan taʼminlash |
| 58. | Oila, mahalla, sogʻliqni saqlash organlari, taʼlim va boshqa muassasalar, jamoat tashkilotlarining onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha oʻzaro hamkorligi tizimini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish | Ishlab chiqish – 2003-yil I choragi, Joriy etish – II choragidan boshlab | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bolalar fondi, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 5,5 | Bajaruvchilar, YUNISEF, homiylar mablagʻi | Tadbirlar kompleksi. Tizimni joriy etish jadvali. Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish |
| 59. | Sogʻlom turmush tarzi, uy-joy va ovqatlanish gigiyenasi, xoʻjalik va maishiy chiqindilarni zararsizlantirish mavzusida bukletlar, plakatlar tayyorlash va ularni mahalla aholisi orasida tarqatish | 2003-yil, III chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, mahallalar, “Sharq” kompaniyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | 10,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Bajaruvchilarning qarorlari. Mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish |
| 60. | Barcha muhtoj keksalar va nogironlarni protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 530,0 | Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyrugʻi. Nogironlarning protez-ortopediya buyumlariga ehtiyojlarini toʻliq qoplash |
| 61. | Barcha immobil, muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning qoʻl-oyoqlarini uyida protezlashni taʼminlash | Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 5,0 | Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet, protez korxonalari mablagʻi | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrugʻi. Keksalar, pensionyerlar va nogironlarga xizmat koʻrsatish darajasini oshirish |
| 62. | Keksalar va nogironlarning nogironlar aravachalariga, qoʻltiqtayoq, hassa va eshitish apparatlariga ehtiyojini taʼminlash | Doimo | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 175,7 – budjet mablagʻi, 155,0 – homiylar mablagʻi |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet mablagʻi | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrugʻi. Muhtojlarning nogironlar aravachalari va eshitish apparatlari bilan taʼminlanganlik darajalarini oshirish |
| 63. | Muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni optik koʻzoynaklar va tish protezlari bilan toʻlaroq taʼminlash | Yil davomida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Navroʻz” jamgʻarmasi | 36,8 | Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet, “Navroʻz” jamgʻarmasi va homiylar mablagʻi | Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi, “Navroʻz” jamgʻarmasi qarori. Yolgʻiz keksalar va pensionyerlarni optik koʻzoynaklar va tish protezlari bilan taʼminlashni yaxshilash |
| 64. | Har bir tumanda yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning dam olish jamoatchilik markazlarini tashkil etish ishlarini tugallash, ularning doimiy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va aholining mazkur toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni kuchaytirish | 2003-yil, IV chorak | Hokimliklar, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, homiylik tashkilotlari | 50,0 | Homiylar mablagʻlari | Hokimliklar qarorlari |
| 65. | Tuman markazlaridan olis qishloq va ovullarda yashaydigan keksalar, pensionyerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy patronaj xizmatlari bilan qamrab olishni kengaytirish | Yil davomida | Qizil yarim oy jamiyati, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | 6,0 | Bajaruvchilar mablagʻi, homiylarning ajratilgan mablagʻlari doirasida | Tibbiy-ijtimoiy yordam patronaj brigadalari toʻgʻrisida nizom. Uzoq tumanlarda yashaydigan pensionyerlarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash |
| 66. | Yotib qolgan keksalar uchun patronaj hamshiralari tizimini kengaytirish | Doimo | Qizil yarim oy jamiyati, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, hokimliklar, jamoat tashkilotlari va xayriya jamgʻarmalari | 40,0 | Homiylar mablagʻi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari. Yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarni dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash |
| 67. | Har yili 20 mingtagacha urush va mehnat faxriylari, pensionyerlarning Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanatoriylarida va mahalliy shifoxonalarda salomatliklarini tiklashlarini taʼminlash | Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, vazirliklar va idoralar | 568,0 – budjet 140,0 – homiylar mablagʻlari |
Ajratilgan mablagʻlar doirasida budjet, homiylarning mablagʻlari | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrugʻi. Pensionyerlarni aniq yoʻnaltirilgan tarzda sogʻlomlashtirish |
| 68. | Semashko nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga va uning filiallariga 500 yoʻllanma; Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining sanatoriylariga (“Oltiariq”, “Tovoqsoy”, “Nuroniylar oromgohi”) 3000 yoʻllanmani bepul ajratish yoʻli bilan kamida 3500 ehtiyojmand yolgʻiz keksalarni sanatoriy-kurort muassasalarida sogʻlomlashtirish |
Yil davomida | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | 155,0 | Ajratilgan mablagʻlar doirasidagi budjet mablagʻi | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma buyrugʻi. Ehtiyojmand yolgʻiz keksalarni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini kengaytirish |
| 69. | Mahallalar hududida bolalar maydonchalarini tiklash va rekonstruksiya qilish | Yil davomida | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Bolalar sportini rivojlantirish” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, hokimliklar | 150,0 | Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari | Hokimliklarning qarorlari. Bolalarning dam olishini tashkil etish |
| 70. | 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning barcha davlat sport inshootlari seksiyalarida sport mashgʻulotlari bilan bepul shugʻullanishini taʼminlash | Doimo | Hokimliklar, Davlat sport qoʻmitasi, sport jamiyatlari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari | 150,0 | Homiylar va sport inshootlari egalari mablagʻi | Hokimliklar, Davlat sport qoʻmitasi, sport inshootlari rahbarlarining qarorlari. Kam taʼminlangan oilalar bolalarining sport bilan erkin shugʻullanishini taʼminlash |
| 71. | Mahallalar oʻrtasida bolalarning dam olishini tashkil etish boʻyicha tanlov oʻtkazish | 2003-yil, IV chorak | “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati hokimliklar, “Mahalla” jamgʻarmasi | 1,0 | “Bolalar” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy hara�ati, “Mahalla” jamgʻarmasi | Hokimliklar qarorlari. “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati boshqaruvi qarori. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun bolalar dam olishini tashkil etish boʻyicha ragʻbatlar yaratish |
| 72. | Mahallalar bolalari oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi” va “Mahalla pahlavonlari” anʼanaviy musobaqalarini oʻtkazish | Yil davomida | Davlat sport qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Futbol federatsiyasi, Kurash federatsiyasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Vatanparvar” tashkiloti, “Bolalar sportini rivojlantirish” jamgʻarmasi, Xalq taʼlimi vazirligi | 10 | Bajaruvchilar mablagʻi | Musobaqalar tashkilotchilarining qoʻshma qarori. Birgalikdagi sport tadbirlari va bolalar futbolini hamda kurashini rivojlanishni ragʻbatlantirish |
| 73. | Mahallalarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalari gʻoliblariga “Mahalla” jamgʻarmasining maxsus sovrinini taʼsis etish | 2003-yil, I chorak | Davlat sport qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati , Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti | 2,0 | Homiylar mablagʻi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Mahallalarda ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish |
| 74. | “Sport rivojlangan eng yaxshi mahalla” respublika tanlovini oʻtkazishni tashkil etish | 2003-yil, IV chorak | Davlat sport qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi | 5,0 | Davlat sport qoʻmitasi, homiylar mablagʻi | Tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom. Mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish |
|
VII. Aholi oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etishda mahallalarning faoliyatini kuchaytirish | ||||||
| 75. | “Obod mahalla—ezgulik beshigi va tarbiya oʻchogʻi” mavzusida plakatlar turkumi tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, I chorak | “Tasviriy oyina” uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Plakatlar turkumi |
| 76. | Mahallalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni, tartib-intizomni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oilalar va mahallalarning oʻzaro ahilligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish | Ishlab chiqish – 2003-yil, I choragi, amalga oshirish – 2003-yil 1-apreldan | “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Ichki ishlar vazirligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Bolalar fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat sport qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | - | Bajaruvchilar, homiylar, mahalliy budjetlar mablagʻi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan maqsadli dastur |
| 77. | Barcha mintaqalarda “Oʻzbekiston: davlatchilik tarixi – mahalla – oila – insoniy qadriyatlar” mavzusida koʻrgazmali suhbatlar tashkil etish va oʻtkazish | Yil davomida | “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, “Oʻzbekmuzey”, “Mahalla” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, hokimliklar | - | Bajaruvchilarning mablagʻi | Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Koʻrgazmasuhbatlarni oʻtkazish reja-jadvali |
| 78. | “Obod mahalla: yangicha urf-odatlar, marosimlar, anʼanalar” toʻplamini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, II chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, “Ekosan”, “Kamolot” ijtimoiy yoshlar harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Oila” ilmiy markazi | 15,0 | Bajaruvchilarning mablagʻi | Zamonaviy urf-odatlar va anʼanalarni hayotga joriy etish |
| 79. | “Toshkent mahallalari” kitobini tayyorlash va nashr etish | 2003-yil, IV chorak | Oʻzbekiston Respublikasi FA, Tarix instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi | | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Toʻplam |
| 80. | “Mahalla – fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish tizimining eng muhim tuzilmasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish | 2003-yil, II chorak | Baynalmilal madaniyat markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi | | Bajaruvchilarning mablagʻi | Mahallalarning rolini kuchaytirish |
| 81. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish boʻyicha mahallalar oʻrtasida koʻrik-tanlovlar oʻtkazish | 2003-yil 8-dekabrgacha | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Tasviriy oyina”, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Yozuvchilar uyushmasi, Baynalmilal madaniyat markazi, Ichki ishlar vazirligi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Koʻrik-tanlov toʻgʻrisidagi nizom va uni oʻtkazish reja-jadvali |
| 82. | Mahallaning hayotini, urf-odatlar va anʼanalarni, mehr-shafqatni, yosh avlodni oʻz mahallasi va Vatanga muhabbat va iftixor ruhida tarbiyalashni aks ettiruvchi badiiy koʻrgazma oʻtkazish | 2003-yil oktyabr | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi | 45,0 | Teng ulushda bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 83. | “Mahalladan boshlanar Vatan” foto tanlovini oʻtkazish | 2003-yil dekabr | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Toshkent fotosuratlar uyi | 15,0 | Bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 84. | Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 12 yilligiga bagʻishlab mahallaning ezgu anʼanalari, urf-odatlari va oʻziga xos olamini aks ettiruvchi eng yaxshi tasviriy sanʼat asarlarining respublika tanlovini oʻtkazish | 2003-yil, II chorak | Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi | 5,0 | Bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 85. | Badiiy akademiyaning madaniyat, sanʼat, fan, adabiyot, sportning taniqli arboblarining va boshqalarning oʻzlari tugʻilib-oʻsgan mahallalarda aholi bilan muntazam uchrashuvlarini tashkil etish va oʻtkazish tajribasini qoʻllab-quvvatlash va keng yoyish | 2003-yil, II chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Badiiy akademiya, Bastakorlar uyushmasi, “Oʻzbekteatr” birlashmasi, Davlat sport qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 86. | Yevroparlamentda va NATO qarorgohida (Bryussel sh.) Oʻzbekiston foto ustalarining “Oʻzbek mahallasi: odamlar, anʼanalar va urf-odatlar” asarlari koʻrgazmasini oʻtkazish | 2003-yil avgust-sentyabr | Badiiy akademiya, Tashqi ishlar vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Toshkent fotosuratlar uyi | 5,0 | Bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 87. | Tumanlar va shahar- qishloqlarda mahallalar hayoti, mahalla ahlining ezgu, noyob va ibratli urf-odatlari, anʼanalari, mehr-muruvvat namunalarini aks ettiruvchi koʻchma foto va badiiy koʻrgazmalar tashkil etish va oʻtkazish | Yil davomida | Badiiy akademiya, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizla� qoʻmitasi, “Tasviriy oyina” uyushmasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Ichki ishlar vazirligi, hokimliklar | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Koʻrgazmalarni oʻtkazish jadvali. Ezgu va ajoyib anʼanalar va tajribani targʻib qilish |
| 88. | Tajriba-sinov oʻtkazilayotgan tuman va mintaqalarda mahalla, davlat va jamoat tuzilmalari ishtirokida oilaviy taʼlim va bolalar tarbiyasi tizimini tashkil etish va joriy etish | Ishlab chiqish – 2003-yil III choragi, Joriy etish – IV choragidan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi, Bolalar, “Mahalla”, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmalari, hokimliklar, jamoat tashkilotlari | 48,5 | Bajaruvchilarning mablagʻlari va YUNISEF | Metodik tavsiyalar. Tajriba-sinov tumanlarida joriy etish jadvali. Taʼlim va sogʻlom avlod tarbiyasi masalalarida ota-onalar, oilalar, mahalla faollari va boshqa tuzilmalarning bilim darajasi va koʻnikmasini oshirish |
| 89. | Joylarda “Eng yaxshi mahalla”, “Eng namunali oila”, “Namunali profilaktika inspektori va pedagog-tarbiyachi” koʻrik tanlovlar turkumini oʻtkazish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish | 2003-yil, IV chorak | “Mahalla” jamgʻarmasi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, OʻzA, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Tasviriy oyina” uyushmasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika baynalmilal milliy madaniyat markazi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Ilgʻor tajribani aniqlash va yoyish |
| 90. | Mahallalarda sanʼat ustalari va yosh ijrochilarning ijodiy uchrashuvlarini oʻtkazish | Yil davomida | Madaniyat ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” birlashmasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, hokimliklar | | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Ijodiy uchrashuvlar va konsertlar dasturi |
| 91. | “Mahalla - moʻjaz Vatan”, “Vatanparvarlik tuygʻusi”, “Bola tarbiyasida mahallaning oʻrni va masʼuliyati” mavzusida telekoʻrsatuvlar tashkil etish | Doimo | “Oʻzteleradio” kompaniyas�, “Mahalla” jamgʻarmasi, Din ishlari qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Vatanparvar” tashkiloti | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Koʻrsatuvlar dasturi. Yosh avlodni va oilani tarbiyalashda mahallalarning rolini kuchaytirish |
| 92. | Barcha mahallalarda giyohvandlikning zarari, yoshlarning ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishining oldini olish maqsadida uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish | Doimo | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Sogʻlom avlodni tarbiyalash |
| 93. | Mahallalarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan millatlararo munosabatlar va diniy bagʻrikenglik siyosatining maʼno-mazmunini ochib berish maqsadida suhbatlar oʻtkazish | Doimo | “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi. “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻi | Oila va mahallada ezgu munosabatlarni shakllantirish |
| 94. | Mahalla ayollari orasida “Din va maʼnaviyat”, “Aqidalar va xurofotga qarshi kurashda ayollarning roli” mavzusida tadbirlar tashkil etish | Doimo | Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi, “Oila” ilmiy markazi, “Ma�naviyat va maʼrifat” markazi | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ayollarning rolini kuchaytirish |
| 95. | “XXI asr mahallasi”, “Men oʻz mahallam uchun nima qilishim mumkin” mavzusida oliy oʻquv yurtlari talabalari orasida mintaqaviy telemuloqot oʻtkazish | 2003-yil, IV chorak | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | |
| 96. | Ommaviy axborot vositalarida “Zamonaviy mahalla”, “Ahil mahalla”, “Baynalmilal mahalla”, “Mahalla: bugun va ertaga” kabi maxsus ruknlar tashkil etish | Yil davomida | Respublika baynalmilal madaniyat markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, ommaviy axborot vositalari | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Mahalla qadriyatlarini targʻib qilish |
| 97. | Mahallalarda “Mahallamiz bolalari” respublika telemusobaqasini oʻtkazish | 2003-yil aprel—noyabr | “Oʻzteleradio” kompaniyasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari | 1,0 | Homiylarning mablagʻlari | Namunali mahallalarni targʻib qilish |
| 98. | Oʻquvchilar orasida “Mahalla tarixi va uning zamonaviy qiyofasi” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish | | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va uni oʻtkazish jadvali |
| 99. | “Namunali militsiya tayanch punkti” respublika koʻrik-tanlovi oʻtkazish | Yil davomida | Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini yaxshilash |
| 100. | Mahallalarda “Qurolli kuchlarimiz tarixini bilasizmi?” mavzusida suhbatlar oʻtkazish | 2003-yilning II va IV choragi | “Vatanparvar” tashkiloti, Mudofaa vazirligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash |
| 101. | “Ona Vatanni qoʻriqlash har bir yigitning muqaddas burchidir” mavzusida tadbirlar oʻtkazish | Doimo | “Vatanparvar” tashkiloti, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar �a�irligi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash |
| 102. | Mahallalarda chaqiriq yoshidagilarni muddatli harbiy xizmatga tantanali ravishda kuzatib qoʻyish va xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish | Doimo | “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” yoshlarning ijtimoiy harakati, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Vatanparvar” tashkiloti | - | Bajaruvchilarning mablagʻlari | Vatanparvarlik, jasurlik tuygʻularini tarbiyalash |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.02.2003 yildagi 70-son
Kuchga kirish sanasi
07.02.2003
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OBOD MAHALLA YILI” DASTURI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mahallaning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyat va anʼanalarni, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻularini mustahkamlashdagi nufuzini koʻtarish, aholini moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida 2003-yil “Obod mahalla yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Obod mahalla yili” dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur dastur:
mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini yanada mustahkamlashga;
mahalla faoliyatining amaldagi meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga, uning vakolatlarini kengaytirishga va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi masʼuliyatini oshirishga;
mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlashga, mahalla hududida tadbirkorlikni, xizmatlar koʻrsatish va savdo sohalarini rivojlantirishga, shular hisobiga yangi ish oʻrinlari barpo etishga;
mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishga, uning hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga, bolalar va sport maydonchalarini jihozlashga, kommunal tarmoqlarni rivojlantirishga;
mahalla tomonidan kam taʼminlangan oilalarga aniq yoʻnalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga;
keksa avlodga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirishga;
mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati koʻrsatilishini yaxshilashga, bolalar sportini rivojlantirishga;
mahallaning aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, oʻzaro mehr-oqibat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya bilan bogʻliq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targʻib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga qaratilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini rivojlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar, fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun davlat bojining bir qismini hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim va boshqa tushumlarni mazkur jamgʻarmalarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari etib belgilasinlar.
3. “Obod mahalla yili” dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar ushbu dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlovchi aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar va agentliklar, xoʻjalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
yilning har choragida oʻz majlislarida manfaatdor idoralar va tuzilmalarni jalb etgan holda, “Obod mahalla yili” dasturining qanday bajarilayotganini muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlar koʻrib borsin;
yilning har choragi yakunlari boʻyicha dastur topshiriqlarining hisobot davrida bajarilishi natijalari toʻgʻrisida chorakdan keyingi oyning 7-sanasigacha Respublika komissiyasiga tahliliy axborotni taqdim etsin.
5. “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda toʻy-maʼraka va boshqa marosimlarni anʼanalarimizga xos tejamkorlik bilan oʻtkazishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
6. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, respublika ommaviy axborot vositalariga “Obod mahalla yili” dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning maʼno-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirish, ularni amalga oshirish borasida qilinayotgan ishlarni xolis yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-fevral,
70-son
“Obod mahalla yili” dasturi
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 26-modda)