11.07.2014 yildagi 189-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-son qarori bilan tasdiqlangan “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi 9-bandining ijrosini taʼminlash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongiga xalqimizning boy milliy madaniy merosi va tarixiy oʻtmishini hurmat qilish va eʼzozlashni singdirish hamda aholi dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini taʼminlash maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari bolalarning respublika davlat muzeylariga bepul kirishi kunlari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining aholi, ayniqsa oʻquvchi yoshlarning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida har yili 2 — 8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni va uning doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish hamda aholining shu kunlari davlat muzeylariga bepul kirishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan hamkorlikda “Muzeylar haftaligi”ni va uning doirasidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va ular amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi 189-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan hamda muzeylarda turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish fuqarolar uchun pullik xizmat shaklida tashkil etiladi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi mazmundagi 51-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun har yilning 2 — 8-sentabr kunlari oʻtkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 6, 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Bolalar va oʻsmirlarning madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhini davlat muzeylarida turgan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib koʻrish tegishli taʼlim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot rahbariyati hamda davlat muzeyi hamkorligida ishlab chiqilgan reja-jadval asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot rahbariyati oldindan muzeyga tashrif buyuruvchilar tarkibini, bolalar guruhlariga hamrohlik qiluvchi masʼul shaxsni belgilab, muzey maʼmuriyatiga yozma ravishda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeyga bolalar taʼlim (tarbiya) muassasasi yoki ularni guruhlarga jamlagan tashkilot tomonidan belgilangan masʼul shaxs hamrohligida guruh boʻlib tashrif buyuradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashrif buyuruvchilar tegishli muzeyning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar guruhlariga hamrohlik qiluvchi ikki nafargacha masʼul shaxsga davlat muzeyida ushbu bolalar guruhi bilan birga bepul kirishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning davlat muzeylarida turgan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib koʻrish quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzey tematikasiga mos holda tegishli oʻquv fanlari mavzulariga oid mashgʻulotlar tashkil etish hamda oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda milliy bayramlar, qadriyatlar hamda buyuk siymolar hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kechalarda ishtirok etish va koʻrgazmalar hamda ekspozitsiyalarni kirib koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning dam olishini mazmunli tashkil etish, ularda tarixiy oʻtmishni hurmat qilish va qadriyatlarni eʼzozlashni shakllantirish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. II boʻlimga quyidagi mazmundagi 81 va 82-bandlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81. Davlat muzeyiga bepul kirgan shaxslarga xizmat koʻrsatish, shuningdek davlat muzeyi xodimi tomonidan ekskursiya xizmatini koʻrsatish davlat muzeyiga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Davlat muzeyiga 18 yoshga toʻlmagan bolalar va aholining bepul kirishi hisobini yuritish maxsus jurnal asosida amalga oshiriladi. Jurnal shakli Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Tashrif buyuruvchilar ushbu Nizom hamda boshqa qonun hujjatlari talablariga, shuningdek muzeyning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashrif buyuruvchilar tomonidan muzey eksponatiga ziyon yetkazilganda javobgarlik qonun hujjatlariga asosan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mazmundagi 13-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Ushbu Nizomning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini (jumladan davlat muzeylarida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul) kirib koʻrish tartibi va shartlari bilan bogʻliq qoidalari muzey hududining tashrif buyuruvchilar uchun tanishishga qulay boʻlgan joyiga oʻrnatiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 29-son, 358-modda)