Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 01.07.2014 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari o‘tkazilishi yakunlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, respublikada Olimpiya o‘yinlari qoidalari va talablari bo‘yicha o‘tkaziladigan yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uzluksiz sport musobaqalarining 3 bosqichli tizimi tashkil etilgan va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar natijasida sport bilan shug‘ullanish uchun barcha mintaqalarda teng qulay shart-sharoitlar yaratilgan, bolalarni sport to‘garaklari va seksiyalari bilan qamrab olish kengaydi, musobaqalar ishtirokchilari orasida sport mahorati va sport raqobati darajasi o‘sdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish doirasida shu yil 29 — 31-mayda Namangan shahrida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musobaqalarning yakunlovchi bosqichida sportning 16 turi bo‘yicha 996 nafar sportchi qatnashdi. Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlari jamoalari musobaqalarda eng yaxshi natijalarga erishdi. Bu ularga “Barkamol avlod-2014” o‘yinlari yakunlari bo‘yicha yetakchilik qilish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, orqada qolgan jamoalar (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) natijalarining tahlili ushbu mintaqalarda yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga jalb etish ishlari zarur darajada tashkil etilmaganligini ko‘rsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, sport obyektlaridan mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga tushirilmasdan hali yetarlicha samarali foydalanilmayapti. Sport obyektlarining bandligi respublika bo‘yicha bir kunda 9,5 soat bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida bir kunda 8,8 soatni, Jizzax viloyatida 9,0 soatni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,3 soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar sport obyektlarini trenerlar, ayniqsa ayol trenerlar bilan butlash ishlari yetarlicha olib borilmayapti. Ayol trenerlarning ulushi respublika bo‘yicha o‘rtacha 25,4 foiz bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 18,4 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,5 foizni tashkil etadi. Oliy ma’lumotli trenerlarning respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi 46,6 foiz bo‘lgani holda ular ulushi Sirdaryo viloyatida 25,2 foizni, Jizzax viloyatida 41,3 foizni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish ishlarini yanada takomillashtirish, bolalar sport obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish yakunlarini chiqarish, shu jumladan natijali faoliyatni rag‘batlantirishning aniq chora-tadbirlarini va ushbu ishda qoniqarsiz ko‘rsatkichlar uchun shaxsiy mas’uliyatni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalarning sport mashg‘ulotlari bilan qamrab olinishini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport o‘yinlarining yakunlovchi bosqichida tegishli jamoalarning ishtiroki natijalari bo‘yicha erishilgan yuqori sport ko‘rsatkichlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimi R.J. Usmanovga, Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupovga va Samarqand viloyati hokimi Z.T. Mirzayevga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod-2014” musobaqalarida yuqori natijalarga erishishga ulush qo‘shgan 1-ilovaga* muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining hududiy boshqarmalari va madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari “Barkamol avlod-2014” musobaqalarida eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan 2 va 3-ilovalardagi* akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlariga, shuningdek mintaqaviy jamoalarning trenerlariga tashakkurnoma bildirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1, 2, 3-ilovalarda ko‘rsatilgan madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining rahbarlarini, shuningdek mintaqaviy jamoalar trenerlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport obyektlaridan foydalanishning yetarlicha samaradorligi ta’minlanmaganligi, bolalar sport obyektlarini trenerlar bilan butlash masalalaridagi kamchiliklar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining ta’lim muassasalarida sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning darajasi pastligi va jamoalarning qoniqarsiz yakuniy natijalari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Y. Yangiboyevga, Sirdaryo viloyati hokimi O.Sh. Ashurmatovga va Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismailovga hayfsan e’lon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini ta’minlash masalalarida yetarlicha ish olib borilmaganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” yoshlar o‘yinlarining boshlang‘ich bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishdagi nuqsonlar va kamchiliklar uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori U.Z. Salimov ogohlantirilsin, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari X.F. Zikrillayevga esa hayfsan e’lon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo (B. Ismatov) va Jizzax (M. Yusupov) viloyatlari madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari (D. Kalxurozov), shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (D. Izzatullayev) egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo (N. Egamberdiyev) va Jizzax (Sh. Turdiyev) viloyatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari boshliqlariga hayfsan e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda terma jamoalar sportchilarining ishtiroki yakunlarini batafsil va puxta tahlil qilish asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar o‘yinlarining tayyorgarlik va yakunlovchi bosqichlari tashkil etilishi va zarur darajada o‘tkazilishi, shuningdek ushbu musobaqalarda o‘z jamoalari ishtirokining aniq yakunlari uchun mintaqalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar o‘yinlarining boshlang‘ich (tuman, tumanlararo va viloyat) va yakunlovchi bosqichlarini o‘tkazish uchun moliyalashtirish va homiylik mablag‘larini jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyalari va Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda “Barkamol avlod-2014” o‘yinlari yakunlari bo‘yicha eng past natijalar qayd etilgan sport turlarini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan tizimli shug‘ullanishga jalb etishni yanada kengaytirish (60 foizgacha), ayniqsa qishloq joylarda va qizlarning shug‘ullanishini kengaytirish (kamida 45 foizgacha), respublikaning yetakchi sportchilari, jahon chempionatlari, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, xalqaro turnirlarning g‘oliblari va sovrindorlarining respublika mintaqalarida mahorat darslarini doimiy asosda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va inventar bilan jihozlash, trenerlar, tarbiyachilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislar bilan (ayol trenerlar ulushini kamida 30 foizgacha yetkazgan holda) butlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilarini bolalar va o‘smirlarning sport maktablariga keng jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari bilan birgalikda Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan keng foydalangan, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida maqsadli tayyorlash uchun har bir viloyatdan har yili tanlab olish ko‘rsatkichini 100 kishigacha yetkazgan holda sport seksiyasi va maktab darajasidan boshlab iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi takomillashtirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini sport seksiyalarida shug‘ullanishga jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni kuchaytirsinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, eng avvalo, o‘quvchilarni o‘yinlarning boshlang‘ich (tuman, tumanlararo va viloyat) bosqichlari tashkil etilishiga yuqori darajada jalb etish, shuningdek “Umid nihollari-2015” o‘yinlarining yakunlovchi bosqichida ishtirok etish uchun iste’dodli bolalarni terma jamoalarga tanlash masalalari bo‘yicha tahliliy va tashkiliy ishlarni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 27-son, 328-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)