20.06.2014 yildagi 163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi binosini oʻquvchilar yashash joyi va oshxona bilan birgalikda qurish uchun Anhor boʻyi koʻchasida zarur boʻlgan oʻlchamda yer uchastkasi belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining obyekt boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ToshuyjoyLITI” OAJni — bosh loyihalovchi tashkilot etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12-trest” OAJni — bosh pudratchi tashkilot etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar obyektni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha — Toshkent shahrining mahalliy budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi muhandislik — kommunikatsiya tarmoqlarini oʻrnatish, tegishli tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha — ixtisoslashtirilgan va foydalanuvchi tashkilotlarning tegishli mablagʻlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi obyektda loyihalash-qidiruv va qurilish-montaj ishlariga avans berish uchun Toshkent shahar hokimligi buyurtmanomasi boʻyicha budjet ssudasi oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Toshkent shahar hokimligining obyekt uchun mamlakatimizda ishlab chiqariladigan hamda import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventarlar va moddiy-texnika resurslarini, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning eng yaxshi takliflarini tanlab olish asosida, tender savdolari oʻtkazmasdan xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyekt uchun qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventarlar va moddiy-texnika resurslari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish boʻyicha Komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” OAJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AK bosh loyihalovchi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha obyekt ehtiyoji uchun metall prokati va sementni tartibga solingan narxlar boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida “12-trest” OAJga ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻztelekom” aksiyadorlik kompaniyasi obyektning elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa tashqi tarmoqlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyihalash ishlarining ekspert kuzatuvini va obyekt qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-iyundagi 163-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi qurilishi uchun qurilish materiallari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, mebellar, inventarlar va moddiy-texnika resurslari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish boʻyicha Komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Zakirov B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi

Aliyev M.

Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

Gʻaniyev M.

Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi

Toʻrayev M.

Iqtisodiyot vazirligi boʻlim boshligʻi

Turdiyev A.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Kambarov Sh.

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi boshqarma boshligʻi

Xaydarov A.

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

Azizov A.

“ToshuyjoyLITI” OAJ direktori

Shoazizov Sh.

“12-trest” OAJ raisi

Oripov S.

Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori, komissiya kotibi

lavozimiga koʻra

Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya zarur hollarda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 312-modda)