19.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 6-16/23-7623/6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 19.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 6-16/23-7623/6
Kuchga kirish sanasi
19.06.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandiga rasmiy sharh berish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan, 2014-yil 19-iyun, 6-16/23-7623/6-son]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi oʻquv yili uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi boʻyicha tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek huquqiy normalarni turlicha talqin qilinishining oldini olish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) bilan tasdiqlangan Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandiga ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq tasdiqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2014-yil 17-iyundagi 2-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandiga (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RASMIY ShARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 26-bandiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi oʻquv yili (qismlarga boʻlib toʻlanganda oxirgi oʻquv semestri) uchun toʻlov, toʻlovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun toʻlanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, chegirib qolinadigan stipendiya miqdori kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov miqdorining oxirgi belgilangan stipendiyaning miqdori 0,75 koeffitsiyenti qoʻllangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 1339, 2004-yil 16-aprel) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 17-bandiga muvofiq, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi oʻquv yili uchun toʻlov (qismlarga boʻlib toʻlanganda oxirgi oʻquv semestri uchun), toʻlovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun toʻlanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi. Bunda, chegiriladigan stipendiya summasi stipendiyaning bazaviy miqdoridan kelib chiqib oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning oxirgi belgilangan qiymatining miqdoriga 0,75 koeffitsiyentini qoʻllagan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga asosan, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) 26-bandida keltirilgan “oxirgi belgilangan” degan soʻzlar toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatining miqdoriga taalluqli boʻlib, chegirib qolinadigan summa — mazkur toʻlov-kontrakt miqdori belgilangan davrdagi stipendiyaning 0,75 koeffitsiyenti qoʻllangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, Oʻzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida 2013/2014 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati 6 050 000 soʻmni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 15-avgustdan stipendiyaning 0.75 koeffitsiyent uchun bazaviy miqdori 231 580 soʻmni, 2013-yil 15-dekabrdan 243 159 soʻmni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi kurs talabalari oxirgi oʻquv yili uchun toʻlovni toʻliq toʻlagan taqdirda, 6 050 000 soʻmdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 soʻm chegirib tashlanadi va toʻlov miqdori 5 586 840 soʻmni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi kurs talabalari oxirgi oʻquv yili uchun toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlagan taqdirda, birinchi semestr uchun toʻlov miqdori 3 025 000 soʻmni, 3 025 000 soʻmdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 soʻm chegirib tashlanadi va ikkinchi semestr uchun toʻlov miqdori 2 561 840 soʻmni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi kurs talabalari oxirgi oʻquv yili uchun toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlagan taqdirda, birinchi semestr uchun toʻlov miqdori 3 025 000 soʻmni, 2013-yil 15-dekabrdan stipendiyaning miqdori oshirilib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati oʻzgarmagan boʻlsa, 3 025 000 soʻmdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 463 160 soʻm chegirib tashlanadi va ikkinchi semestr uchun toʻlov miqdori 2 561 840 soʻmni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchi kurs talabalari oxirgi oʻquv yili uchun toʻlovni qismlarga boʻlib toʻlagan taqdirda, birinchi semestr uchun toʻlov miqdori 3 025 000 soʻmni, 2013-yil 15-dekabrdan stipendiyaning miqdori oshirilib, ikkinchi semestr uchun toʻlov amalga oshirilayotgan vaqtda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati 5 foizga (oʻquv yili uchun 6 352 500 soʻm) oshirilgan boʻlsa, 3 176 250 soʻmdan (ikki oylik stipendiya miqdori) 486 318 soʻm chegirib tashlanadi va toʻlov miqdori 2 689 932 soʻmni tashkil etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son)