Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.06.2014 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni, respublika mintaqalari iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab yuqori boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotli kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida aniq kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga amaldagi ehtiyojni tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlangan, 2014/2015 oʻquv yilidan boshlab respublika hududlarida 1-ilovaga* muvofiq 30 ta kasb-hunar kollejini qayta ixtisoslashtirishga doir takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojidan kelib chiqqan holda 2014/2015 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini respublikaning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylariga oʻqishga qabul qilishning umumiy parametrlari 2 va 2.1 — 2.13-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2 va 2.1 — 2.13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.I. Ikramov) respublikaning kasb-hunar kollejlari va akademik litseylariga qabul qilishning belgilangan parametrlaridan kelib chiqqan holda bir hafta muddatda 2014/2015 oʻquv yilida viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha har bir kasb-hunar kolleji va akademik litseyga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini oʻqishga qabul qilish parametrlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilar va ular ota-onalarining tanlangan va iqtisodiyot tarmoqlarida ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻqishga talabini, taʼlim muassasalarida zarur moddiy-texnika baza mavjudligini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlashga alohida eʼtibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga, zarurat boʻlganda, umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2014/2015 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishning belgilangan umumiy parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin hamda shu yil 10-avgustgacha boʻlgan muddatda oʻqishga qabul qilish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga yakuniy axborotni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy organlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbarlari zimmasiga umumtaʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kelgusida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarining 9-sinflarini bitiruvchi qizlar kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitish bilan qamrab olinishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinflar bitiruvchilarini oʻqitish bilan qamrab olishning yakuniy natijalari toʻgʻrisida joriy yilning 15-avgustigacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014/2015 oʻquv yili uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻqishga qabul qilishning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qayta ixtisoslashtirilayotgan, shuningdek yangidan foydalanishga topshirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan kasb-hunar kollejlari va filiallarda 2013/2014 oʻquv yili boshlangunga qadar sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ularni yuqori malakali oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va metodik adabiyotlar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 4-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 272-modda)