ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish uchun mas’ullar |
|
I. Milliy qonun hujjatlarini XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalariga muvofiq takomillashtirish | ||||
|
1. |
Xalqaro mehnat konferensiyasi (XMK) sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, XMT Ustaviga muvofiq, ratifikatsiya qilingan konvensiyalar normalaridan kelib chiqqan holda milliy ijtimoiy-mehnat qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini xabardor qilish. |
Har yili |
XMK sessiyasida qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. |
Oliy Majlis palatalarida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamalarida qatnashish. Mehnat qonunchiligi masalalari bo‘yicha tomonlarning ijtimoiy sheriklik borasidagi samarali faoliyati uchun ushbu Qonunning maqsadlari va ahamiyatini tushuntirishga doir ishlarni amalga oshirish. |
2014-yil III chorak
|
Qonun loyihasini muhokama qilishda qatnashish
|
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga hamda mamlakatda iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish, erkinlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga hamda mamlakatimizdagi mehnat qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirdagi) loyihasini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish 2015-yil Oliy Majlisga kiritish 2016-yil |
Qonun loyihasi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar berish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadida ularning XMT konvensiyalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish, amaldagi normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
Xatlovni o‘tkazish — 2014-yil III chorak Takliflar ishlab chiqish — 2014-yil IV chorak |
Tahliliy xat |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” YIH, Bandlik, mehnatni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq ayollar uchun qo‘lda og‘ir yuklarni ko‘tarish va boshqa joyga tashishning cheklangan normalarini qayta ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirishlar kiritish. |
2014-yil IV chorak |
Bajaruvchilarning qo‘shma qarori |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
6. |
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni, texnologik jihatdan qayta jihozlashni va shart-sharoitlarni yaxshilashni, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy talablar joriy etilishini hisobga olgan holda O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan, mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatini unifikatsiya qilish. |
2015-yil I chorak |
Bajaruvchilarning qo‘shma qarori |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
7. |
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil IV chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
|
II. XMTning majburiy va bolalar mehnati masalalari bo‘yicha ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarish | ||||
|
8. |
1-T (yillik), 1-KV (yillik) va 1-FX (yillik) shakllar bo‘yicha statistika hisobotlari asosida 18 yoshdan kichik xodimlarning soni to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini tayyorlash. |
Har yili 2014 — 2016-yillar mobaynida |
Statistika ma’lumotlari va axborotlarini shakllantirish |
Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
9. |
XMT IPEK metodologiya va instrumentlaridan foydalangan holda milliy monitoringni o‘tkazish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bolalar mehnatini qo‘llanishga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilikda belgilangan voyaga yetmaganlar mehnati normalariga, sharoitlariga va talablarga, shuningdek bolalar mehnati masalalari bo‘yicha ratifikatsiya qilingan 138-son va 182-son Konvensiyalarning qoidalariga ular tomonidan rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash. |
Har yili belgilangan muddatlarda |
Monitoring dasturi va tekshirishlar jadvali |
Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Barcha maktablar va kollejlarda, shu jumladan qishloq joylardagi maktablar va kollejlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqti samarali o‘tkazilishini, o‘quvchilarning qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklari va sport seksiyalari ishlari faollashtirilishini ta’minlash. |
Jadval bo‘yicha |
Qo‘shimcha darslar o‘tkazish, to‘garaklar, sport seksiyalari ishlarini faollashtirish |
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Majburiy, shuningdek bolalar mehnati bo‘yicha XMT konvensiyalarini bajarishda ish beruvchilar va xodimlarning ishtiroki masalalariga doir ishlarning qo‘shma kompleks rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil III chorak |
Ishlarning qo‘shma rejasi |
Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi |
|
12. |
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini aniq korxonalarga oldindan biriktirib qo‘yishni tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini o‘tkazish yo‘li bilan ishga joylashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Har yili |
Chora-tadbirlar kompleksi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari |
|
13. |
Maktablarda (yuqori sinflar o‘quvchilari uchun), litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalar huquqlarini hamda MXTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan sohaga doir o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
2014 — 2016-yillar |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
|
III. XMT bilan o‘zaro hamkorlik qilish, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | ||||
|
14. |
Ratifikatsiya qilingan 29, 47, 52, 98, 100, 103, 105, 111, 122, 135, 138, 154, 182-son konvensiyalar bo‘yicha yangilangan axborotni XMTga taqdim etish. |
XMT Ustaviga muvofiq |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishi to‘g‘risidagi har yili yangilanadigan axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Idoralararo ishchi guruh (IIG) |
|
15. |
O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan va ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalar, shuningdek XMT tavsiyalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash va XMTga taqdim etish. |
Har yili |
Tahliliy axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
16. |
2014 — 2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasining munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturiga kiritilgan tadbir- larni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish. |
2014 — 2016-yillar |
Bajaruvchilarning chora-tadbirlari rejasi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
17. |
Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha XMT IPEK dasturida O‘zbekistonning ishtirokini ishlab chiqish. |
2014-yil IV chorak |
Bajaruvchilarning qarorlari |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
XMTning texnik ko‘magi doirasida “Kichik korxonalarda mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash” loyihasini amalga oshirishga doir masalalarni ishlab chiqish. |
2014-yil III chorak |
Tadbirlar rejasi loyihasi |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
19. |
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi negizida kichik korxonalarning raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha XMT Dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2014-yil III chorak |
Dastur loyihasini ishlab chiqish |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
20. |
2014 — 2016-yillarda munosib mehnat bo‘yicha XMTning Mamlakat dasturini amalga oshirish uchun munosib mehnat masalalari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash ekspertlarining tashrifini tashkil etish. |
2014 — 2016-yillar |
Tashrifni tashkil etish |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
21. |
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosining texnik qo‘llab-quvvatlashi bilan kasaba uyushmalari kadrlarini o‘qitishning modul tizimini joriy etish. |
2014-yil IV chorak |
Tadbirlar rejasi |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi bilan birgalikda |
|
22. |
Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK) va Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti (XIBT) bilan hamkorlikni, shuningdek Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi mas’ulligi zonasiga kiruvchi mamlakatlarning ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari markazlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining XKUKga, Savdo-sanoat palatasining esa — XIBTga kirishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
XKUK va XIBT bilan hamkorlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
23. |
O‘zbekiston tomonidan XMT konvensiyalarini amalga oshirish masalalarida rivojlangan mamlakatlarning tashkilotlari xodimlari va ish beruvchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish. |
2014 — 2016-yillar |
Tadbirlar rejasi |
Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
24. |
XMT, JB va OTB bilan birgalikda paxta ishlarini mexanizatsiyalashtirishning mehnat bozoriga ta’siri yuzasidan qishloq xo‘jaligida mehnatning shart-sharoitlari masalalarini tadqiq etish, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlarni yollash tizimini takomillashtirish, ularning ijtimoiy himoyasi va mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2014 — 2016-yillar |
Tadqiqot dasturi |
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehna� va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
25. |
Paxta terimchilarini fermer xo‘jaliklari tomonidan mehnat bozori institutlari orqali erkin yollashni ta’minlash uchun institutsional asosni tashkil etish. |
Qaror qabul qilish — Amalga oshirish — 2015-2016 yillar |
Bajaruvchilarning qo‘shma qarori |
O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
26. |
Konvensiyalar, shu jumladan 81, 87, 129, 132, 144, 183-son konvensiyalarning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mumkinligi yuzasidan konvensiyalarni implementatsiya qilishni davom ettirishga doir XMT tavsiyalari bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. |
O‘rganish jadvalini tasdiqlash — 2014-yil III chorak Takliflarni tayyorlash — 2014 — 2016-yillar |
XMT tavsiyalari va konvensiyalarini o‘rganish jadvali va ularning ro‘yxati, takliflar |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
|
IV. O‘zbekiston Respublikasida XMT ijtimoiy sheriklarining salohiyatini kuchaytirish | ||||
|
27. |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xodimlarining Moskva va Turinda XMT o‘quv markazlarida malaka oshirishini tashkil etish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Malaka oshirish dasturlari, XMT bilan kelishuv bo‘yicha |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
28. |
Respublikaning har bir yirik tumani va shahrida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda majburiy mehnat va bolalar mehnati bo‘yicha XMT konvensiyalari talablariga rioya qilinishini tekshirish va nazorat qilishni ta’minlash uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida davlat mehnat huquq inspektorlarining bittadan shtat birligini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqish. |
2015-yil I chorak |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
29. |
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi negizida tadbirkorlar va boshqa ish beruvchilarni mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asoslariga va XMT konvensiyalari normalariga o‘qitish bo‘yicha markaz ta’sis etish. |
2014-yil IV chorak |
Tadbirkorlarni o‘qitish markazi tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi -XMTning qo‘llab-quvvatlashi bilan |
|
30. |
XMTning “Fermyerlar mehnatini muhofaza qilish” o‘quv moduli bo‘yicha joylarda fermyerlarni o‘qitishni tashkil etish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
O‘qitish jadvali |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
31. |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari to‘g‘risidagi ta’lim kurslarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlariga kiritish. Ta’lim kurslari: vazirliklar va idoralarning xodimlari: shaharlar va tumanlar hokimlari, hokimlari o‘rinbosarlari; ta’lim muassasalari rahbarlari; tuman va shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari; “Mahalla” fondining joylardagi vakillari va qishloq fuqarolar yig‘inlari raislari; “Kamolot” YIH viloyat va tuman boshqarmalari raislari; viloyat va tuman Fermyerlar kengashlari raislarining malakasini oshirishga yo‘naltiriladi. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
O‘qitish jadvali |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
V. XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari | ||||
|
32. |
O‘zbekiston Respublikasida XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalariga rioya qilish va ularni amalga oshirish masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining mutaxassislari va vakillari ishtirokida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda ularni efirga uzatish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Ko‘rsatuv va eshittirishlarni ishlab chiqish va efirga uzatishning qo‘shma rejasi |
Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi |
|
33. |
XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy sheriklar bilan keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish. |
2014 — 2016 yillar |
Axborot materiallari tayyorlash |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
34. |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni OAVda muntazam yoritish va ixtisosli tashkilotlarning internet-saytlarida joylashtirish. |
2014 — 2016 yillar |
Bajaruvchilarning reja-jadvali |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi |
|
35. |
XMT kotibiyatining, XKUK, XIBT, XMTning Moskvadagi Submintaqaviy byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillarini taklif etgan holda, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar (yoki xorijiy sheriklarni jalb etgan holda boshqa tadbirlar) o‘tkazish. |
2014 — 2016 yillar |
Seminar, konferensiyalar o‘tkazish dasturi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
36. |
XMTning konvensiyalari va tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida brifing o‘tkazish. |
Har yili |
Brifing o‘tkazish |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
37. |
Xodimlarni ishga yollash, yoshlarni ishga joylashtirish, bolalar mehnatining eng yomon shakllariga bolalarning jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek XMT konvensiyalari qoidalarini bajarish masalalari bo‘yicha XMT qo‘llanmalarini, shuningdek “Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik” (ish beruvchilar uchun qo‘llanma); “Mehnat bozori: yoshlar uchun ish izlash ko‘nikmalari”; “Yoshlar bilan ishlash — kichik biznes uchun maslahatlar” qo‘llanmalarini tarjima qilish va ish beruvchilar uchun o‘zbek va rus tillarida e’lon qilish. |
2014-yil III chorak |
Qo‘llanmalar turkumi |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
38. |
Xotin-qizlar va yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish masalalarini jamoaviy shartnomalar va bitimlar orqali tartibga solish. |
2014 — 2016 yillar |
Jamoaviy shartnomalar |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
39. |
Mehnatning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasini muhokama qilish uchun vazirliklar va idoralar, kasaba uyushmalari faollari hamda respublikaning ish beruvchilari vakillari ishtirokida “davra suhbati” shaklida uchrashuvlar o‘tkazish. |
Har yili |
Tavsiyalarni ishlab chiqqan holda ijtimoiy-mehnat sohasidagi muammolarni muhokama qilish |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
40. |
Jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirokida Jahon munosib mehnat kuniga bag‘ishlangan “davra suhbati” tashkil etish va o‘tkazish. |
Har yili |
“Davra suhbati” dasturi |
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |