16.12.2013 yildagi 834-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanda 2014-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muHtoj va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun (kvota ) ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablarini toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash hamda nazorat qilish shuningdek, 2014-yil uchun mazkur ish oʻrinlari miqdorini belgilash maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Buvayda tumanida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish 1-ilovaga* muvofiq tasdiqansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 679 nafarini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 0,5 foiz (60 nafar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 2,2 foiz (297 nafar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 0,5 foiz (20 nafar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar uchun 3 foiz (291 nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda 3-guruh nogironlari ishga joylashish boʻyicha talab 38 ta boʻlganligi sababli kelgusida 253 ta ish oʻrinni bitiruvchilar uchun band etib qoʻyilsin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0,3 foiz (5 nafar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0,3 foiz (6 nafar) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari hodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan koʻrsatkichlar hisobga olingan holda xodimga mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar taʼlimiga ega boʻlmagan yoshlar uchun ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin bir yil davomida shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta-maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favkulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslar uchun ular oʻquv yurtlarini tamomlaganlaridan yoki boʻshatilganlaridan keyin bir yil davomida ularning kasb tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlarini bajarishni birga qoʻshib, olib borish imkonini beruvchi oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun maxsus malakani talab qilmaydigan ish joylari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Band qilib qoʻyish majburiy boʻlgan kasb va lavozimlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta-maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridan, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilgan shaxslarga, ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq jtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil boshlangunga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin, ushbu toʻgʻrisida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangunga qadar axborot berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay axborot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar har chorakda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muxtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni tashkilot tomonidan takdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organiga mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muxtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buvayda tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (X. Isakulov) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish ijtimoiy iqtisodiy masalalar boʻyicha hokim oʻrinbosari A. Otaqoʻziyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim A. RAXMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buvayda t.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 16-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
834-son
(“Buvayda kuzgusi” gazetasi, 10.01.2014-y., 1 (10939)-son)