21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2588
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmati raisiining buyrugʻi, 21.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2588
Kuchga kirish sanasi
26.05.2014
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI RAISINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2588]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-noyabrdagi 278-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 12-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-son

O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati raisining 2014-yil 12-maydagi 46-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar faoliyati ustidan va attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar (bundan buyon matnda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ deb yuritiladi) faoliyati ustidan, shuningdek attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablari bajarilishining nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nazorat quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektlari (bundan buyon matnda axborotlashtirish obyektlari deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazoratni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha ishlar beg‘araz asosda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot xavfsizligi talablariga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq axborotlashtirish obyektlarini nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon matnda Vakolatli organ deb yuritiladi) zimmasiga yuklatilgan.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Nazoratni o‘tkazish turlari va tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat doirasida o‘tkaziladigan, attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar va axborotlashtirish obyektlariga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishining tekshiruvlari rejali va rejadan tashqari, shu jumladan nazorat tartibidagi tekshiruvlarga bo‘linadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar va axborotlashtirish obyektlarining foydalanishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyati o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha dalolatnomalar yoki ma’lumotnomalar tuziladi. Dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) shakli ixtiyoriy, biroq ularda tavsiflash qismi, xulosalar va aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talablar bo‘lishi shart. Tekshiruv natijalari tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga yetkaziladi. Tekshiruv dalolatnomasi (ma’lumotnomasi)ning nusxasi yuqori turuvchi tashkilotga yuboriladi (mavjud bo‘lganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rejali tekshiruvlar quyidagilarga nisbatan o‘tkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlarga — Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (bundan buyon matnda Ruxsatnoma deb yuritiladi)ning amal qilish muddati davomida bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektlariga — Axborotlashtirish obyektini axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik attestati (bundan buyon matnda Muvofiqlik attestati deb yuritiladi)ning amal qilishi davomida bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Rejadan tashqari tekshiruvlar normativ-huquqiy hujjatlar yoki axborot xavfsizligi sohasidagi standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablarining buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kelib tushgan holda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar jarayonida kamchiliklar va qoidabuzarliklar aniqlangan holda, aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish faktini aniqlash maqsadida nazorat tartibidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda quyidagilar tekshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida, shu jumladan Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar to‘g‘risidagi namunaviy nizomda (ro‘yxat raqami 2587, 2014-yil 21-may) nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilishi va talablarga rioya qilinishi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsat etilgan faoliyat bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar fondining mavjudligi, to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat tarkibidagi xodimlar malakasi, lavozim yo‘riqnomalarining mavjudligi, xodimlarning o‘z huquqlari va majburiyatlari, axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablarini bilishi (shu jumladan amaliy ko‘nikmalarni tekshirgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning malaka oshirish kurslarini o‘tish davriyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazish uchun talabnomalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish qoidalariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishda ariza beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarning to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinovlar bayonnomalari va natijalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik attestatini to‘g‘ri rasmiylashtirish va o‘z vaqtida berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotlarni Vakolatli organga o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya o‘tkazishda qo‘llaniladigan o‘lchash texnikasini o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida, attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning xodimlariga ma’lum bo‘lgan konfidensial axborotning saqlanishiga rioya qilish bo‘yicha talablarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rilgan chora-tadbirlar samaradorligi va avvalgi ekspert komissiyasining takliflari (tavsiyalari) yoki talablarining to‘liq bajarilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli organ qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ Ruxsatnomasining amal qilishini quyidagi hollarda tugatishi yoki to‘xtatib qo‘yishi mumkin:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan funksiyalar lozim darajada bajarilmaganda va majburiyatlarga rioya etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat tarkibidagi xodimlar malakasi qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar belgilangan muddatlarda bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari va tartib-taomillari bir necha marotaba buzilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Axborotlashtirish obyektlarida axborot xavfsizligi talablariga rioya etish ustidan nazorat quyidagi ishlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazilgan obyekt xodimlari tomonidan axborotni muhofaza qilish bo‘yicha talablarning bajarilishi to‘g‘risida kelib tushayotgan ma’lumotlarning tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lganda, sinovlar (texnik tadqiqotlar)ni o‘tkazish va ularning natijalarini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat natijalarini rasmiylashtirish va qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tekshiruv natijalari bo‘yicha Vakolatli organ qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muvofiqlik attestatining amal qilishini quyidagi hollarda tugatish yoki to‘xtatib qo‘yishga haqli:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov (texnik tadqiqot) natijalarining axborot xavfsizligi talablari va avval olingan natijalarga yomon tomonga o‘zgarishi bilan nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyekti axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga rioya etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlik attestatini bergan attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan axborotlashtirish obyektining muhofazalanganlik holatiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi sinovlarni o‘tkazish metodikalari buzilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nazorat qiluvchi organning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazoratni amalga oshirish maqsadida, Vakolatli organ huzurida Vakolatli organning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiruvchi ekspert komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi faoliyati Vakolatli organning ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakolatli organning Ekspert komissiyalari o‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirilayotgan obyektning foydalanilishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan faoliyati bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tuzilmasiga kirmaydigan, lekin attestatsiya ishlarini o‘tkazishga jalb qilinadigan sinov laboratoriyalari (markazlari)ning faoliyatini baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzarliklar aniqlanganda attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ yoki attestatsiyadan o‘tkazilgan axborotlashtirish obyektini tekshirish dalolatnomasi (ma’lumotnomasi)da bayon qilinadigan, bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda bajarilishi majburiy bo‘lgan talablarni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhofaza qilinadigan axborotni chiqib ketish kanallarining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishlari aniqlangan hollarda, tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib kelmaydigan, axborotlashtirish obyektida foydalanilishi cheklangan axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq ayrim operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablar bajarilmagan hollarda, Vakolatli organga, attestatsiyadan o‘tkazuvchi organga berilgan Ruxsatnoma yoki attestatsiyalangan axborotlashtirish obyektining Muvofiqlik attestatini amal qilishini tugatish yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida takliflar kiritish.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organning ekspert komissiyalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda nazoratni amalga oshirishga;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarga muvofiq nazorat o‘tkazilishini ta’minlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotlashtirish obyektining muhofazalanganlik holatiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda qonunchilik hujjatlari, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratni amalga oshirish jarayonida ma’lum bo‘lgan axborotning konfidensialligini ta’minlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 8-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 21-son, 251-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)