OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2099-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010-yil 26-fevraldagi 8/2, 2010-7, 17-8/704-son “Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2099, 2010-yil 21-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 16-son, 128-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-aprel,
317 V/1-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-aprel,
2014/18-son
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-aprel,
80-mh-son
Kelishilgan:
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 28-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2014-yil 28-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 220-modda)