23.04.2014 yildagi 101-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh avlodni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularni milliy gʻoya va anʼanalar ruhida kamol toptirish, jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalqimizning mamlakatda erishilayotgan bunyodkorlik yutuqlaridan shukronalik tuygʻusini yanada oshirish hamda “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturi doirasida yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha qulayliklar va dam olish madaniyatining yangi zamonaviy anʼanalarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahri hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazining joriy yil 1-may kuni Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirini tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita va yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmitaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda keng jamoatchilikni jalb etgan holda tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar oʻtkaziladigan favvoralar dislokatsiyasini aniqlash, “Favvoralar sayli” yoshlar tadbirining konsepsiyasini, namunaviy ssenariysini, ishtirokchilar va ijodiy guruhlar roʻyxatini, tadbirlar davomida xavfsizlik chora-tadbirlarini, har bir favvora oldida yoshlarning ishtirok etishini tashkil qilish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favvoralar oldida yoshlarning mazmunli dam olishlari uchun zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda uch kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan dislokatsiyaga asosan tadbirlarga yoshlarni keng jalb etish, oʻtkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borsin, shu asosda qatnashadigan yoshlar soni va ularning tarkibini aniqlasin va roʻyxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni tashkiliy ravishda tadbirlarga olib kelish va oʻz manzillariga olib borib qoʻyish, tadbir davomida alohida ssenariylar asosida yoshlarning faol madaniy dam olishini tashkil qilish boʻyicha reja-jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, “Oʻzbekteatr” birlashmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda uch kun muddatda har bir favvora oldida oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar ssenariysini, ularda qatnashadigan sanʼatkorlar va badiiy jamoalar, shoir va yozuvchilar, teatr va kino aktyorlari roʻyxatlarini tuzib, tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan dislokatsiyaga asosan tadbirlar oʻtadigan joylarni joriy yil 25-apreldan eʼtiboran nazoratga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar davomida yongʻin xavfsizligi va ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash boʻyicha tizimli choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarga tashrif buyuradigan yoshlarni olib kelish va yashash joylariga olib borishda yoʻl-patrul xizmati kuzatuvini tashkil etish kabi masalalarni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, uch kun muddatda tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tadbir oʻtadigan joylarda tez yordam xizmati navbatchiligini va tibbiy yordam koʻrsatish punktlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahri hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda shahar hududidagi barcha favvoralarni inventarizatsiyadan oʻtkazib, tadbirlar oʻtkaziladigan joylar dislokatsiyasini belgilash va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favvoralarni tadbirlarga tayyorlash, taʼmirlash, suv va elektr taʼminoti tizimini sozlash boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favvoralar, ayniqsa musiqali favvoralar joylashgan maydonlar, yoʻlaklarni taʼmirlash, atrofini obodonlashtirish, bezash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
musiqiy favvoralarda milliy musiqalardan foydalanish rejasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir favvora oldida sanʼat jamoalari uchun sahnalar qurish, ularni ovoz kuchaytirgichlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda har bir favvoraga tumanlar, korxona va muassasalardan tashrif buyuradigan yoshlar sonini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda yoshlarni tadbirlar oʻtadigan joylarga olib kelish va yashash manzillariga olib borish uchun avtobuslarni bepul tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhlar iltimosiga koʻra barcha tashkiliy masalalarda amaliy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tadbirlar toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida joriy yil 28-aprelgacha Tashkiliy qoʻmitaga maʼlumot kiritish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Favvoralar sayli” yoshlar tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkiliy qoʻmita “Favvoralar sayli”ga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha belgilangan vazifalarning toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi masalani joriy yil 29-aprelda oʻz yigʻilishida muhokama qilsin. Unda yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhlarning hisobotlari eshitilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 101-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirini tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikramov A.I. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi
Usmonov R.J. Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Gʻaniyev B.M. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Hojimatov M.M. Madaniyat va sport ishlari vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari
Axmedov A.A. “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi
Qurbonov B.N. Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Rizayev F.X. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
Xolbekov A.J. Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari
Xudoyorov A.A. Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
Xadjayev A.J. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
Quronboyev Q.Q. Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari
Quronov M. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari
Axmedov B.M. Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi raisi
Ziyoyev F.T. Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari
Musayev A.M. Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy-maʼrifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi boshligʻi
Adilov M.A. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi
Saydaliyev A.R. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi
Yunusov M.M. Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi
Shukurov E.H. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi
Inogʻomov J.S. “Mahalla” jamoat fondi Toshkent shahar kengashi raisi
Boltaboyev M.R. Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD mudiri

‎Tashkiliy qoʻmita zarur hollarda tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislarini jalb etishi mumkin.

‎Toshkent shahridagi favvoralarning moddiy-texnik holatini tanqidiy oʻrganish, benuqson ishlashini tashkil etish, tadbir oʻtkaziladigan joylarda zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi

Usmonov R.J. Toshkent shahar hokimi, guruh rahbari
Raxmonov B.S. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari
Mahkamov I.R. Hududiy kommunal foydalanish birlashmasi direktori
Karimov A.R. Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi
Karimjonov S. “Toshkent favvoralari” DUK rahbari
Mannopov B. “Suvsoz” DUK rahbari
Ikramov M.R. Toshkent elektr tarmoqlari korxonasi rahbari
Tolipov S.S. “Toshshaharnur” DUK direktori

“Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarining ssenariysini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha guruh tarkibi

Hojimatov M.M. Madaniyat va sport ishlari vaziri, guruh rahbari
Gʻaniyev B.M. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi
Axmedov A.A. “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi
Axmedov B.M. Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi raisi
Sayfullayev B.S. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori
Quronboyev Q.Q. Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari
Quronov M. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari
Musayev A.M. Madaniyat va sport ishlari vazirligi madaniy-maʼrifiy muassasalar, muzeylar, axborot-resurs markazlari boshqarmasi boshligʻi
Yunusov M.M.‎ Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi v. b. ‎

‎‎“Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari davomida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ishchi guruh tarkibi

Qurbonov B.N.‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, guruh rahbari ‎
Adilov M.A.‎ Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
Saydaliyev A.R. ‎ Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi ‎
Joʻrayev M.Oʻ.‎ Yakkasaroy tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ‎
Haydarov N.I.‎ Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Ataxodjayev A.E. ‎ Sirgʻali tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Rahmatullayev O.S.‎ Olmazor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Irmatov J.M. ‎ Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ‎
Gapparov N.Z. ‎ Uchtepa tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Sotvoldiyev Sh.X.‎ Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Tursunboyev D.Sh.‎ Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Matibragimov O.E. ‎ Bektemir tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Mirzayev V.M.‎ Hamza tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎
Yunusov A.T.‎ Mirzo Ulugʻbek tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi‎

‎‎“Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari davomida tibbiy xizmatni tashkil etish
‎boʻyicha ishchi guruh tarkibi

Xudoyorov A.A. ‎ Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari‎
Mirazimov D.B. ‎ Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika yordamini tashkil etish bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
Mamajonov B.A.‎ Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
Agzamxodjayev S.S.‎ Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati bosh vrachi ‎

‎‎“Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari ishtirokchilarining kelib-ketishini tashkil etish, logistika xizmati koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh tarkibi

Ziyoyev F.T. ‎ Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari, guruh rahbari ‎
Rizayev F.X.‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Xolbekov A.J. ‎ Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari ‎
Sodiqov O.H.‎ “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi ‎
Irisbekov S.N.‎ Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi ‎
Shukurov E.H.‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi raisi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi 101-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T\r‎

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ‎

Bajarish muddatlari‎ Bajarish uchun masʼullar ‎

‎‎I. Tashkiliy tadbirlar

1.‎

“Favvoralar sayli” tadbirini tashkil etishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish‎

2014-yil, 25-aprel ‎ Tashkiliy qoʻmita (A. Ikramov)‎
2.‎

“Favvoralar sayli” tadbirlari oʻtadigan joylarni belgilash va tasdiqlash uchun Tashkiliy qoʻmitaga kiritish‎

2014-yil, 26-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M. Xodjimatov), Ichki ishlar vazirligi (B. Kurbonov) ‎
3.‎

Sayilga tashrif buyuradigan ishtirokchilar sonini aniqlash, ularning roʻyxatini tuzish va har 10 nafar yoshga bitta murabbiyni biriktirish ‎

2014-yil, 26-aprel ‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (B. Gʻaniyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Kurbonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (F. Rizayev), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (U. Salimov) ‎
4.‎

Boʻlib oʻtadigan tadbirlarni muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalarda koʻmaklashish uchun dislokatsiya boʻyicha har bir favvora oldiga “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining vakillarini biriktirish‎

2014-yil, 28-aprel ‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (B. Gʻaniyev)‎
5.‎

Mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini saylga taklif etish va alohida reja asosida ularning ishtirokini tashkil qilish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ “Mahalla” xayriya jamoat fondi (A. Ahmedov)‎
6.‎

Tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarda “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlarining koʻrgazmasi va kitob savdosini tashkil etish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Xalq taʼlimi vazirligi (A. Xolbekov)
‎Matbuot va axborot agentligi (A. Yunusov) ‎
7.‎

Favvoralar atrofida rassomlar va hunarmandlarning mahorat darslarini tashkil etish, yosh rassom va hunarmandlarning ijodiga oid koʻrgazmalarni uyushtirish ‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Badiiy akademiya (A. Nuriddinov)‎
8.‎

“Favvoralar sayli” ommaviy tadbirlarini televideniye va shahardagi reklama monitorlarida targʻib qilish‎

2014-yil, aprel ‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev),
‎Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov)‎

‎‎II. Favvoralarning moddiy-texnik holatini yaxshilash, benuqson ishlashini tashkil etish, ‎sayil oʻtkaziladigan joylarda zarur shart-sharoitlarni yaratishga doir tadbirlar

9.‎

Toshkent shahridagi barcha favvoralarni kompleks tekshiruvdan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, taʼmirlash-montaj ishlarini amalga oshirish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov),
‎“Toshkent favvoralari” DUK (S. Karimjonov) ‎
10.‎

Favvoralarning benuqson ishlashini nazorat tariqasida sinovdan oʻtkazish, tegishli dalolatnomalar tuzish va Tashkiliy qoʻmitaga hisobot berish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Favqulodda vaziyatlar vazirligi (K. Aripov),
‎Sogʻliqni saqlash vazirligi (S. Saydaliyev) ‎
11.‎

Musiqali favvoralarda milliy kuy-qoʻshiqlar yangrashini tashkil etish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov), “Toshkent favvoralari” DUK (S. Karimjonov), Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi (M. Yunusov) ‎
12.‎

Sayil oʻtkaziladigan joylarda sahnalar tashkil etish va ovoz kuchaytirish moslamalarini oʻrnatish‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov), Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M. Xojimatov), “Toshshaharnur” DUK (S. Tolipov) ‎
13.‎

Tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni uzluksiz elektr quvvati bilan taʼminlash choralarini koʻrish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ “Oʻzbekenergo” DAK (I. Basidov),
‎Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov)‎
14.‎

Sayilgohlarda tashqi yoritish moslamalari toʻliq ishlashini taʼminlash‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov),
‎ “Toshshaharnur” DUK (S. Tolipov) ‎
15.‎

Favvoralar hududini obodonlashtirish va tashqi bezash ishlarini tashkil etish ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov)‎
16.‎

Tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarda muzqaymoq, turli shirinliklar va salqin ichimliklar savdosini tashkil etish‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov)‎

‎‎III. “Favvoralar sayli” ommaviy tadbirining ssenariysini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni ‎tayyorlash va oʻtkazishga doir tadbirlar

17.

‎“Favvoralar sayli” tadbirining konsepsiyasi va ssenariysini ishlab chiqish va tashkiliy qoʻmita muhokamasiga kiritish

2014-yil, 28-aprel ‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M. Xodjimatov), “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (B. Axmedov), “Oʻzbekteatr” birlashmasi (V. Umarov), Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov)‎
18.‎

Sayil tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylarda taniqli sanʼatkorlar va badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha jadval ishlab chiqish‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M. Xodjimatov), “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi (B. Axmedov)‎
19.‎

Sayillarda taniqli shoir, yozuvchilar, teatr va kino ijodkorlarining ishtirokini taʼminlash ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (M. Ahmedov), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (J. Qosimov), “Oʻzbekteatr” birlashmasi (V.Umarov) ‎
20.‎

Joylarda amalga oshiriladigan tadbirlarni keng yoritish va maxsus koʻrsatuv tayyorlash ‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratkulov)‎

‎‎IV. Tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlashga doir tadbirlar

21.‎

Sayil boʻlib oʻtadigan joylarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni belgilash va nazorat punktlarini oʻrnatish‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Ichki ishlar vazirligi (B. Kurbonov)‎
22.‎

Qatnashuvchilarni tadbir joylariga olib kelish va ketish jadvalini ishlab chiqish va Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritish‎

2014-yil, 27-aprel ‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati (B. Gʻaniyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Kurbonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi (A. Vaxabov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (U. Salimov) “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (O. Sodikov) ‎
23.‎

Qatnashuvchilarni tadbir joylariga tashkiliy ravishda olib kelish va yashash joylariga olib borish uchun avtobuslarni bepul ajratish, ularning soni va yoʻnalishlarini tasdiqlash ‎

2014-yil, 28-aprel ‎ Toshkent shahri hokimligi (R. Usmonov),
‎ “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (O. Sodikov) ‎
24.‎

Qatnashuvchilarni tashkiliy ravishda olib kelish va yashash joylariga olib borish uchun yoʻl patrul xizmati kuzatuvini tashkil etish‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Ichki ishlar vazirligi (B. Qurbonov)‎

‎‎V. Tadbirlar vaqtida tibbiy xizmatni tashkil etishga doir tadbirlar

25.‎

Sayil boʻlib oʻtadigan joylarda tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish‎

2014-yil,
‎ 1-may ‎
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudoyorov)‎
26.‎

Tibbiyot muassasalarida zaxira oʻrinlarni hamda kerakli miqdorda dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasini tashkil etish‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudoyorov)‎
27.‎

Sayil tadbirlari boʻlib oʻtadigan joylarda oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya meʼyorlariga javob berishini taʼminlash‎

2014-yil,
‎1-may ‎
Sogʻliqni saqlash vazirligi (S. Saydaliyev)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 194-modda)