07.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2572
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori, 07.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2572
Kuchga kirish sanasi
14.04.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 11-son, 118-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011-yil 18-maydagi 15, 11-son “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2235, 2011-yil 10-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 24-son, 251-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining (bundan buyon matnda oromgoh deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari va funksiyalarini hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
3. Oromgoh o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.