Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-yanvardagi 16-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-yanvardagi 16-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 1-aprel,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-apreldagi 77-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-oktabrdagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlariga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasining 537-satri.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilovaning 103-satri.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-dekabrdagi 450-f-son farmoyishi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 156-modda)