Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021 30.09.2013 yildagi 877-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.06.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati Peshkoʻ tumani hokimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Tumanda 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan korxonalar kesimida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni (kvotalangan ish oʻrinlari) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 305 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 37,0 foiz (113 kishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 53,7 foiz (164 kishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 4,3 foiz (13 kishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar uchun 3,0 foiz (9 kishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralar koʻriladigan shaxslar uchun 1,3 foiz (4 kishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 0,6 foiz (2 kishi) etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxona, tashkilotlar rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlari tashkil etish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (O. Ergashev)ga bir hafta muddatda qarorni ilovada belgilangan korxonalarga yetkazsin hamda ushbu qarorning bajarilishi boʻyicha yuqori tashkilotlarga har oy maʼlumot berib borish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxonaning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror “Peshkoʻ ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari S. Sirojov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim O. QODIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Peshkoʻ t.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 30-sentabr,

877-son