27.03.2014 yildagi 73-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʻyicha malakasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish tendensiyalariga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining barcha darajadagi xodimlarining malakasini doimiy oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2014-yil aprel oyidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (keyingi oʻrinlarda — TATU) tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun 1-ilovaga muvofiq oliy taʼlim muassasalari bazasida kompyuter texnikasi va Internet tarmogʻida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha malaka oshirish kurslari (keyingi oʻrinlarda — TATU malaka oshirish kurslari) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. TATU tomonidan tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislari uchun uch bosqichli oʻquv dasturi asosida kompyuter texnikasi va Internet tarmogʻida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha malaka oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarida oʻz faoliyatida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va Internet tizimini samarali qoʻllash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim va koʻnikmalar darajasini kurslar natijalariga koʻra xolisona baholashni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU malaka oshirish kurslarini tashkil etish sxemasi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATUda malaka oshirish kurslarining oʻquv dasturi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv rejasi) 4-ilovaga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda malaka oshirish kurslari oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan oʻqituvchilar roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda negizida malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda malaka oshirish kurslarini oʻtkazish jadvallari (keyingi oʻrinlarda — jadvallar) tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilishini, bilimlarini baholash va ularning jadvallar asosida malaka oshirish kurslariga biriktirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy mashgʻulotlarning ustunligiga alohida eʼtibor qaratgan holda malaka oshirish kurslarini yuqori saviyada tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya natijalari boʻyicha tinglovchilarga tegishli sertifikatlar berilishini hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari toʻgʻrisidagi axborotning yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali amaliyotchi mutaxassislarni TATU malaka oshirish kurslariga oʻqituvchilar sifatida jalb etish boʻyicha choralarni koʻrish va ularni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda TATU bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim portali va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yagona maʼlumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU malaka oshirish kurslarida oʻqish natijalari boʻyicha tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda oʻquv dasturlarining sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin va har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda TATU va uning hududiy filiallariga ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq , xodimlarning lavozimlari, funksional vazifalari va majburiyatidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturini oʻqitish darajalari kesimida tinglovchilar roʻyxatini taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU va uning hududiy filiallari bilan malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 2014-yil uchun biznes-rejalariga, shuningdek, budjet tashkilotlarining 2014-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalariga, agar budjetdan tashqari mablagʻlar yetarli boʻlmasa, TATU malaka oshirish kurslarini toʻlash boʻyicha xarajatlariga oʻzgartirishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning bilim va koʻnikmalarini yanada takomillashtirishni hisobga olgan holda tizimli asosda TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining rahbar va mutaxassislarini TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitishning oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda komplekslar yigʻilishlarida ushbu masala yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining shaxsiy hisobotlarini eshitsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining respublika oliy taʼlim muassasalari huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tayanch oʻquv markazlarini (keyingi oʻrinlarda — tayanch oʻquv markazlari) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq roʻyxat boʻyicha qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tayanch oʻquv markazlarining asosiy vazifalari deb quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha darajadagi xodimlarining oʻz faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun amaliy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha malakasini doimiy oshirish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan oliy taʼlim muassasalari negizida mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun amaliy axborot tizimlari va boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch oʻquv markazlari yuridik shaxs tuzilmagan holda, faoliyati pullik xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar va boshqa budjetdan tashqari tushumlar hisobidan moliyalashtirilgan holda tasdiqlangan umumiy xodimlar soni doirasida oliy taʼlim muassasalarining tarkibiy boʻlinmasi sifatida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU va tayanch oʻquv markazlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish boʻyicha faoliyati oliy taʼlim muassasalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va TATU bilan birgalikda bir oy muddatda tayanch oʻquv markazlari 2014-yil 1-sentabrdan ish boshlashini hisobga olgan holda ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli kompleks chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — kompleks chora-tadbirlar) ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks chora-tadbirlarda moddiy-texnika bazasini shakllantirish mexanizmini hamda oʻqituvchilarni, shu xorijiy oʻqituvchilarni etish tartibini, tayanch oʻquv markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini majburiy tartibda belgilash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TATU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayanch oʻquv markazlari faoliyatini normativ-metodik boshqarish, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va oʻquv dasturlarini tayyorlash masalalari boʻyicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, xorijiy konsultantlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ishtirokida Koreya Respublikasidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayanch oʻquv markazlariga konsultantlar sifatida jalb etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy konsultantlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda, tayanch oʻquv markazlarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va mutaxassislari uchun tegishli oʻquv rejalari va malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X.M. Mirzohidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 27-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun TATU malaka oshirish kurslari tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Respublika viloyatlari

Negizida TATU malaka oshirish kurslari oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalari

TATUda malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun masʼul oliy taʼlim muassasalari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

TATU Nukus filiali

TATU

2.

Andijon viloyati

Andijon davlat universiteti

TATU Fargʻona filiali

3.

Buxoro viloyati

Buxoro davlat universiteti

TATU Samarqand filiali

4.

Jizzax viloyati

Jizzax politexnika instituti

5.

Qashqadaryo viloyati

TATU Qarshi filiali

TATU

6.

Navoiy viloyati

Navoiy davlat konchilik instituti

TATU Urganch filiali

7.

Namangan viloyati

Namangan davlat universiteti

TATU Fargʻona filiali

8.

Samarqand viloyati

TATU Samarqand filiali

TATU

9.

Sirdaryo viloyati

Guliston davlat universiteti

TATU

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz davlat universiteti

TATU Qarshi filiali

11.

Toshkent viloyati

TATU

-

12.

Fargʻona viloyati

TATU Fargʻona filiali

TATU

13.

Xorazm viloyati

TATU Urganch filiali

TATU

14.

Toshkent sh.

TATU

-

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: respublika hududlarida zarur hollarda mahalliy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari negizida TATU malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TATU malaka oshirish kurslarida oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining lavozimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar xodimlari lavozimlarining nomi

1.

Vazir, davlat qoʻmitasining raisi va ularning oʻrinbosarlari

2.

Agentlik, markaz, qoʻmitaning bosh direktori, direktori, raisi va ularning oʻrinbosarlari

3.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika muassasasining rahbari va uning oʻrinbosarlari

4.

Fanlar akademiyasining prezidenti, vitse-prezidentlari, bosh ilmiy kotibi

5.

Badiiy akademiyaning raisi, rais oʻrinbosarlari, bosh ilmiy kotibi

6.

Respublika davlat inspeksiyasining raisi, boshligʻi va ularning oʻrinbosarlari

7.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyat, Toshkent shahar hokimi va ularning oʻrinbosarlari

8.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi vaziri, davlat qoʻmitasi raisi, idora rahbari va ularning oʻrinbosarlari

9.

Davlat boshqaruvi organining departamenti, bosh boshqarmasi, boshqarma, boʻlimi, shuʼbasi, kichik boʻlimi, boshqa tarkibiy boʻlinmalari boshligʻi, boshligʻining oʻrinbosarlari

10.

Vazirning, Davlat qoʻmitasi raisining, idora rahbarining yordamchisi

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimliklari kotibiyati, boshqarmasi, boʻlimi, boshqa tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi (mudiri), boshligʻining (mudirining) oʻrinbosarlari

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat, Toshkent shahar hokimining yordamchisi

13.

Mahalliy davlat hokimiyati organining boʻlimi, shuʼbasi, boshqa tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi (mudiri), boshligʻining (mudirining) oʻrinbosarlari

14.

Shahar, tuman hokimi va uning oʻrinbosarlari

15.

Shahar, tuman hokimligining kotibiyati, boshqarmasi, boʻlimi, shuʼbasi, boshqa tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi (mudiri), boshliq (mudir) oʻrinbosarlari

16.

Shahar, tuman hokimining yordamchisi

Xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlari lavozimlarining nomlari

17.

Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbari (raisi, bosh direktori, direktori, boshligʻi, boshqaruvchisi va sh. k.), rahbarining oʻrinbosarlari

18.

Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqarmasi, boʻlimi, shuʼbasi, boshqa tarkibiy boʻlinmasi boshligʻi (rahbari), boshligʻi (rahbari)ning oʻrinbosarlari

19.

Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarining (uning oʻrinbosarining) yordamchisi

20.

Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy (viloyat, shahar, tuman) boʻlinmasi (boʻlimi, filiali va sh. k.) rahbari, rahbar oʻrinbosari

21.

Uyushma, korporatsiya, konsern, kompaniya, birlashma va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqarmasi, boʻlimi, shuʼbasi, hududiy (viloyat, shahar, tuman) boʻlinmasi (boʻlimi, filiali va sh. k.)ning boshqa tarkibiy boʻgʻini boshligʻi (mudiri)

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqaruv xodimlarining barcha darajalardagi mutaxassislari lavozimlarining nomi

22.

Bosh va yetakchi mutaxassislar, 1-, 2-, 3-toifali va toifasiz mutaxassislar

23.

Maʼmurlar (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, tomosha muassasalar maʼmurlari, navbatchi maʼmurlar, zal maʼmurlari va shu kabilardan tashqari)

24.

Barcha nomlardagi buxgalterlar

25.

Yuridik maslahatchilar

26.

Hujjatshunoslar

27.

Muhandislar

28.

Instruktorlar

29.

Inspektorlar

30.

Kartograflar, koloristlar

31.

Kontrolyorlar

32.

Metodistlar

33.

Normalovchilar

34.

Taftishchilar, muharrirlar

35.

Barcha nomlardagi iqtisodchilar

36.

Statistiklar, sotsiologlar, mehnatni tashkil etish boʻyicha psixologlar, mehnat boʻyicha fiziologlar

37.

Maslahatchilar, shu jumladan iqtisodiyot maslahatchilari, konsultantlar, referentlar

38.

Boshqaruv xodimlarining boshqa mutaxassislari

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha darajalardagi texnik xodimlari lavozimlarining nomi

39.

Agentlar

40.

Arxivariuslar

41.

Ekspeditorlar

42.

Kutubxonachilar

43.

Ruxsatnoma byurosi navbatchilari

44.

Ish yurituvchilar

45.

Dispetcherlar

46.

Xoʻjalik mudirlari

47.

Kassirlar

48.

Mashinistlar

49.

Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi, EHM operatorlari

50.

Rahbarlarning kotiblari, kotib-referentlar

51.

Hisoblovchilar

52.

Telefonistlar

53.

Hisoblash texnikasiga xizmat koʻrsatuvchi texniklar va muhandislar

54.

Ekspeditorlar, kodirovkachilar, musahhihlar, maʼlumotnoma va axborot materiallarini tanlovchilar va ishlovchilar, stenografistlar, registratorlar, smetachilar, tabelchilar, taksirovkachilar, tarifikatorlar, telegrafistlar, hisobga oluvchilar, xronometrajchilar, shifrovkachilar va boshqalar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun kompyuter texnikasi va Internet tizimida ishlash, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha TATU malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Chora-tadbirlar

Muddatlari

Masʼul shaxslar

I. Tashkiliy chora-tadbirlar

1-bosqich

TATU va uning hududiy filiallariga oʻquv dasturini oʻqitish darajalari kesimida tinglovchilar roʻyxatini taqdim etish.

ikki hafta ichida

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, TATU

Oʻquv-metodik qoʻllanmalarini ishlab chiqish. Malaka oshirish kurslariga jalb etilgan oʻqituvchilar roʻyxatini tasdiqlash.

ikki hafta ichida

TATU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Nezasida malaka oshirish kurslari tashkil etiladigan oʻrta maxsus taʼlim muassasalari roʻyxatini tasdiqlash.

ikki hafta ichida

TATU, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

___________________________________________________________________________________________________________________________________

2-bosqich

Malaka oshirish kurslari jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tugaganidan keyin attestatsiyadan oʻtkazish.

bir oy ichida

TATU, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

___________________________________________________________________________________________________________________________________

3-bosqich

Malaka oshirish kurslari oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish, bilimlarini baholash va ularni malaka oshirish kurslariga biriktirish.

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

TATU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

___________________________________________________________________________________________________________________________________

4-bosqich

Malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha shartnomalar tuzish.

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

TATU, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

5-bosqich

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazish.

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

TATU, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

___________________________________________________________________________________________________________________________________

6-bosqich

Malaka oshirish kurslari yakuniga koʻra attestatsiyadan oʻtkazish, sertifikatlar berish.

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

TATU, Axborot texnologiyalari vazirligi

II. Oʻqitish sifati va toʻliqligi ustidan tizimli nazoratni tashkil etish

1-bosqich

Malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv dasturlarini amalga oshirish sifati va toʻliqligini nazorat qilish uchun ixtisoslashtirilgan guruhlarni tashkil etish.

bir oy ichida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

___________________________________________________________________________________________________________________________________

2-bosqich

Malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv dasturlarini amalga oshirish sifati va toʻliqligi ustidan joylarda nazorat qilishni taʼminlash va tegishli xulosalarni kiritish.

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq

Ixtisoslashtirilgan guruhlar

___________________________________________________________________________________________________________________________________

3-bosqich

Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

uch kun ichida

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TATU, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari

___________________________________________________________________________________________________________________________________

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi komplekslarining majlislarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish boyicha ishlarning holati va ularning natijadorligini koʻrib chiqish.

har chorakda

Bosh vazir oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining ATD, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: respublika hududlarida zarur hollarda mahalliy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari negizida TATU malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun kompyuter texnikasi va Internet tizimida ishlash, zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish boʻyicha TATU malaka oshirish kurslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻQUV DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Soatlar soni

Minimal daraja — 12 soat

1.

KOMPYUTER VA UNING AXBOROT TAʼMINOTI

Kompyuter va uning funksiyalari haqida tushuncha. Zamonaviy kompyuterning tarkibi va tuzilishi. Axborotni kiritish va aks ettirish qurilmalari. Kompyuterning multimedia imkoniyatlari. Kompyuterda axborot tushunchasi. Axborot turlari: matn, grafik, animatsiya, audio va video. Axborot birliklari, axborot oʻlchami va hajmi tushunchalari. Fayl tushunchasi va uning turlari. Axborot resurslari.

2

2.

KOMPYUTERDA ISHLASH ASOSLARI BILAN TANISHISH

Kompyuterni ishga tushirish va oʻchirish. Kompyuterni yuklash va qayta yuklash. Dasturlarni ishga tushirish va yakunlash. Kompyuterga axborotni kiritish. Hujjatlarni ochish va yopish. Fayl va papka tushunchalari. Fayl va papkalarni yaratish, qayta nomlash, oʻchirish. Papka tuzilishi. Papkalar boʻyicha koʻchirish. Matnlar va rasmlar bilan ishlash uchun standart dasturlar. Matn va grafik hujjatlarni tayyorlash.

2

3.

KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

Tarmoq tushunchasi va uning maʼnosi. Tarmoqlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar. Manzil tushunchasi. Axborot muhitida tezlik tushunchasi. Axborot uzatish tezligining birliklari. Kompyuterlar orasidagi aloqa. Axborotni uzatish va qabul qilish. Kompyuterlar oʻrtasida fayllarni almashish. Fayl va papkalardan foydalana olishni taʼminlash. Hujjatlarni masofadan bosib chiqarish xizmatlari. Kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining umumiy papkalari.

2

4.

INTERNET TARMOGʻINING ASOSIY TUSHUNCHALARI BILAN TANISHISH

Internet haqida asosiy tushunchalar. Internetga ulanish usullari. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish. Mobil aloqa vositalari orqali Internetga ulanish. Internet-manzillar tushunchasi va Internet-resurslar manzillari. Veb-sahifalar, veb-saytlar va giperhavolalar. Elektron pochta tushunchasi. Veb-sahifalarni koʻrish dasturiy vositalari. Veb-brauzer funksional imkoniyatlari. Brauzer manzili va holat satri. Veb-sayt yuklash.

2

5.

INTERNET TARMOGʻIDA ISHLASH VA NAVIGATSSIYA ASOSLARI

Veb sahifalar bilan ishlash asoslari. Veb-saytlar navigatsiyasi. Veb-saytlar manzillarini “Tanlangan”ga saqlash. Bosh sahifani oʻzgartirish va sozlash. Sahifani koʻrish rejimlari. Veb-sahifalarni turli formatlarda saqlash. Grafik va matnni nusxalash. Fayllarni yuklash. Internet tarmogʻidan axborotni saqlash. Internet tarmogʻi orqali taqdim etiladigan interaktiv xizmatlar turlari: transport xizmatlari jadvallari, samolyotlarning reyslari, temir yoʻl xizmatlari, valyuta kurslari va boshqalar. Ob-havo maʼlumoti. Yangiliklar. Televizion dasturlar. Radioeshittirish dasturlari. Ishga joylashtirish birjasi.

2

6.

ALOQA VOSITALARI VA MOBIL QURILMALARDAN FOYDALANISH

Mobil telefonlar va mobil aloqa muhiti. Mobil qurilmalar bilan tanishish: smartfonlar va planshetlar. Mobil aloqa servislari: suhbat, mobil Internet, mobil pochta. Planshetda ishlashning asosiy qoidalari. Planshetni Internetga ulash. Ilovalarni oʻrnatish . Planshet va smartfonlarning funksional xususiyatlari. Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS, MMS.

2

Jami

12

Oʻrtacha daraja — 24 soat

1.

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASINING HUQUQIY JIHATLARI.

Axborot texnologiyalaridan foydalanish va joriy etishni tartibga soluvchi asosiy meʼyoriy-huquqiy hujjatlar haqida tushuncha. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar.

2

2.

AXBOROT TIZIMLARINING APPARAT VA DASTURIY TAʼMINOTI

Har xil turdagi zamonaviy kompyuterlar. Periferik uskunaning turlari. Aloqa va kommunikatsiya vositalari. Tarmoq texnologiyalarining asoslari. Axborot uzatish vositalari. Axborotni saqlash tashuvchilari va vositalari. Printerlar va skanerlar. Noutbuklar va netbuklar, planshetlar. Tizimli, amaliy va instrumental dasturiy taʼminot. Tizimli va yordamchi utilitalari. Axborot himoyalovchi dasturiy taʼminot.

2

3.

BOSHQARUV VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINING AXBOROT TIZIMLARI

Oʻzbekistonda AKTni rivojlantirish istiqbollari. Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishning afzalliklari. “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishning asosiy tushunchalari, konsepsiyasi, yondashuvlari. Elektron hukumat arxitekturasi. Interaktiv davlat xizmatlari. Zamonaviy axborot tizimlari va ularning korxonalar faoliyatidagi roli. Axborot tizimlari va tarmoqlarini qurish asoslari. Axborot tizimlarini joriy etish jarayonlari va bosqichlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish. Korxona resurslarini rejalashtirish va hisobga olish axborot tizimlari.

2

4.

AXBOROT XAVFSIZLIGI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Login va parol tushunchasi, foydalanuvchi autentifikatsiyasi. Xavfsizlik taʼminlash usullari: foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish vositalari, kompyuterlarda saqlanadigan va tarmoqlar orqali uzatiladigan axborotni shifrlash vositalari. Kompyuter viruslari va virusga qarshi himoya vositalari. Axborot tizimidagi tashqi va ichki tahdidlar. Kompyuter tarmoqlariga ruxsatsiz kirish. Elektron raqamli imzo tushunchasi.

2

5.

INTERNET TARMOGʻIDA ISHLASH KOʻNIKMALARI

Tarmoq texnologiyalari asoslari. Lokal kompyuter tarmoqlari: lokal tarmoq tushunchasi, tarmoq tuzilishi, umumiy resurslarga tarmoq navigatsiyasi. Global Internet tarmogʻi: Internetga ulanish usullari, veb-saytlar, giperhavolalar. Veb-sahifalarni koʻrish dasturiy vositalari. Internetda axborotni qidirishning asosiy tamoyillari, elektron pochta xizmatlari: xabarlarni yaratish, qabul qilish va yuborish. Xalqaro elektron pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com.

2

6.

OPERATSION TIZIMLARDA ISHLASH KOʻNIKMALARI

Operatsion tizimlar tushunchasi va tuzilishi. Operatsion tizim ishini yakunlash, qayta yuklash. Operatsion tizim interfeysining asosiy elementlari. Operatsion tizimlarning asosiy obyektlari. Oyna turlari, ularning asosiy elementlari. Ish stoli va uning asosiy elementlari. Fayllar va papkalar bilan ishlash. Fayl va papkalarning turlari va xususiyatlari. Fayllar va papkalar bilan operatsiyalar. Axborotni tiklash. Fayllar va papkalarni nusxalash va koʻchirish. Fayllar va papkalarni saralash va izlash. Oʻrnatilgan amaliy dasturlarni ishga tushirish.

2

7.

MATN MUHARRIRI BILAN ISHLASH KOʻNIKMALARI

Matn muharriri foydalanuvchi interfeysi. Interfeys: lenta, menyu, varaqalar, guruhlar, tezkor foydalanish paneli, formatlash mini-paneli. Hujjat bilan ishlash rejimlari. Rejimni tanlash. Matnni yozish, tahrirlash va formatlash. Matn fragmentlari bilan ishlash. Shriftlar va xatboshilarni formatlash — asosiy usullari. Tabulyatsiyani sozlash. Matnni qidirish va almashtirish usullari. Roʻyxatlar va jadvallarni yaratish va shakllantirish. Elektron hujjatlarda grafik obyektlardan foydalanish. Imlo va orfografiyani tekshirish. Hujjatni chop etish uchun chiqarish. Uslublar va shablonlardan foydalangan holda hujjatni shakllantirish.

4

8.

ELEKTRON JADVALLAR BILAN ISHLASH KOʻNIKMALARI

Elektron jadvallar muharririning foydalanuvchi interfeysi. Interfeys asosiy elementlari: lenta, menyu va asboblar paneli. Tezkor foydalanish paneli. Fayllar va hujjatlar bilan ishlash. Asosiy tushunchalar: yacheyka, diapazon, varaq, maʼlumotlar formatlari. Ish kitoblari, varaqlari va yacheykalari bilan operatsiyalar. Maʼlumotlarni kiritish va tahrirlash. Jadvallar bilan ishlash: oddiy hisob-kitoblar, standart funksiyalar bilan ishlash. Maʼlumotlar bilan ishlash: maʼlumotlar va yacheykalarni formatlash, yacheykalar tarkibini tekislash usullari, maʼlumotlarni qidirish va almashtirish protseduralari, maʼlumotlarni saralash qoidalari va tartibi. Maʼlumotlar fragmentlari bilan ishlash. Shriftning asosiy parametrlari va ularni oʻzgartirish usullari. Yacheykalar va maʼlumotlarni shakllantirish. Elektron jadvallarda grafik obyektlardan foydalanish. Standart diagrammalar bilan ishlash. Hujjatlarni chop etish.

4

9.

TAQDIMOT HUJJATLARI BILAN ISHLASH KOʻNIKMALARI

Taqdimotning tuzilishi va dizayni: maʼruzaning maqsadi va strategiyasi, namoyish qilish vositalari, oʻlchamlari. Taqdimotlar muharriri foydalanuvchi interfeysi. Taqdimot materiallarini tayyorlash dasturining vazifasi va asosiy funksiyalari. Taqdimot yaratish usullari. Standart shablonlar asosida taqdimotlar yaratish. Shakllantirish shablonlarini qoʻllash va oʻzgartirish. Matn obyektlarining shrifti, oʻlchami, rangidan foydalanish. Slayd sarlavhasi ustida ishlash. Taqdimot slaydlari bilan ishlash. Slaydlarni shakllantirish. Slaydlarda illustratsiyalar, diagrammalar, tovushlar va boshqa obyektlardan foydalanish. Taqdimot slaydlarini boshqarish. Slaydlar va qaydlarni chop etish. Taqdimotlarni koʻrish rejimlari.

2

10.

MAʼLUMOTLAR BAZALARI BILAN ISHLASH KOʻNIKMALARI

Maʼlumotlar bazasining asosiy tushunchalari. Axborotni saqlashda maʼlumotlar bazalarining vazifasi va asosiy vazifalari. Maʼlumotlar bazalarining turlari va ularning jarayonlarni avtomatlashtirishdagi asosiy rollari. Maʼlumotlar bazasining asosiy obyektlari. Maʼlumotlar bazasini tashkil etish usullari. Jadvallar va maʼlumotlar bazalarini yaratish va tahrirlash. Maʼlumotlar maydonlari turlari. Mavjud maʼlumotlar bazasi bilan ishlash: axborotni kiritish, tahrirlash va oʻchirish. Yozuvlarni qidirish, saralash va tanlash.

2

Jami

24

Yuqori daraja — 36 soat

1.

AXBOROT-KOMMUNIKATSSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qarorlari. “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari komplekslarini yaratish boʻyicha loyihalar va tadbirlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilish.

2

2.

DAVLAT AXBOROT RESURSLARINING APPARAT-DASTURIY TAʼMINOTI

Server uskunasi va ilovalari. Zamonaviy aloqa tizimlari va kommunikatsiyalari. Keng polosali axborot uzatish tizimlari. Maʼlumotlarning katta massivlarini qayta ishlash va saqlash vositalari. Masofadan ishlaydigan oxirgi terminallar. Data-markazlar — maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari. Parallel va taqsimlangan axborotni qayta ishlash uchun apparat-dasturiy taʼminot komplekslari. Xosting va domenlarni boshqarish tizimlari. Virtuallashtirish tizimlari. Axborotni himoya qilish zamonaviy vositalari.

2

3.

DAVLAT BOSHQARUVIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini joriy etish samaradorligi. Elektron hujjat va elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron raqamli imzodan foydalanish. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot tizimlari va resurslari. Axborot tizimlari: lokal, korporativ va global. Milliy axborot tizimini shakllantirish uchun axborot tizimlari majmualarini yaratish va integratsiyalash usullari. Fuqarolarning davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotdan masofadan turib foydalanishini taʼminlash. Fuqarolar bilan oʻzaro ishlashni taʼminlash uchun axborot tizimlari. Normativ maʼlumotnoma axborotlarini yuritishni taʼminlaydigan axborot tizimlari.

2

4.

“ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMINING ASOSLARI

Elektron hukumat. Elektron hukumatni shakllantirishning asosiy tushunchalari, konsepsiyasi, yondashuvlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun axborot tizimlarini yaratishga yondashuvlar va ularni loyihalashtirish vositalari. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalashtirish. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish usullari, interaktiv xizmatlar turlari, asosiy interaktiv davlat xizmatlari reyestri.

2

5.

KORXONA RESURSLARINI REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH TIZIMI

Zamonaviy korxonalar faoliyatida axborot tizimlari. Mijozlar bilan oʻzaro ishlashni boshqarish tizimi. Korxona resurslarini rejalashtirishda axborot tizimlari. Ishlab chiqarish korxonasining materiallar, ishlab chiqarish quvvatlari va resurslariga boʻlgan ehtiyojni rejalashtirish uchun axborot tizimlari. ERP-tizimlari konsepsiyasi. Hududiy-taqsimlangan tashkilotlarda ERP-tizimlarini qoʻllash zarurati. Korxonalarning biznes jarayonlarini boshqarish texnologiyalari va vositalari. Biznesda AKT loyihalari samaradorligini baholash.

2

6.

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI

Hisoblash tizimlarining xavfsizligini oshirish chora-tadbirlari va vositalari. Korxonalarning lokal va virtual tarmoqlarida axborotni himoya qilishning zamonaviy usullari. Korporativ tarmoqlarda xavfsizlikni taʼminlash usullari. Axborot xavfsizligini taʼminlashning dasturiy-texnik usullari va vositalari. Axborot xavfsizligi siyosati. Axborot xavfsizligini taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar.

2

7.

OPERATSION TIZIMLARNING ASOSLARI

Foydalanuvchining oʻzaro ishlash interfeysi: Mavzu va uslubni shakllantirish. Operatsion tizimlar interfeyslarining oyna va konsol rejimlari. Fayl va papkalarning atributlari. Xavfsizlikni hamda fayl va papkalardan foydalana olishni boshqarish. Maʼlumotnoma sifatidagi tizimdan foydalanish. Operatsion tizimlarning tizim sozlamalari. Dasturlarni oʻrnatish va olib tashlash. Periferik qurilmalarni oʻrnatish va olib tashlash. Axborotni saqlash joyi bilan ishlash asoslari. Fayl tizimi. Fayl va papkalarni qidirish. Axborotni arxivlash va zaxiraga saqlash. Fayllarni siqish. Tarmoq sozlamalari va imkoniyatlari. Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati. Axborotni uzatish va qabul qilish. Hisobga olish yozuvi va mualliflashtirish usullari. Operatsion tizimlarning xizmatlari.

4

8.

MATNLI HUJJATLAR BILAN ISHLASH

Hujjatlar fayllarining formatlari. Fayllarni saqlash va boshqa formatlarga oʻzgartirish masalalari. Xatboshi?: har xil raqamlash va saralash. Ustunlar, ustunlar uzunligini sozlash. Uzilishlar. Uslublar bilan operatsiyalar. Izohlar, xatchoʻplar, adabiyotlar roʻyxati (manbalar). Nomlar va kesishuvchi havolalar. Mundarijani avtomatik yaratish. Jadvallarga formulalar va hisoblashlarni kiritish. Rasmlarni kiritish va ularni formatlash. SmartArt sxemaga oid diagrammalar. Illustratsiyalar, jadvallar, formulalar roʻyxatini avtomatik yaratish. Kolintitullar va pastki maʼlumotlar va giperhavolalarni yaratish. Makroslar. Sarvaraqni shakllantirish. Pochtani yuborish. Alohida hujjat sahifalarining yoʻnalishini oʻzgartirish. Katta hujjatlarni bir nechta kichik kiritilgan hujjatlarga boʻlish. Birlashish hujjatlarini yaratish — konvertlar, yopishtiriladigan yozuvlar, xatlar. Hujjat ustida jamoaviy ishlash. Tuzatishlar kiritish va izohlar kiritish. Sahifa parametrlari va hujjat xususiyatlarini sozlash. Elektron hujjatlardagi axborotni himoya qilish.

4

9.

JADVALLI HUJJATLAR BILAN ISHLASH

Elektron jadval fayllari formatlari. Fayllarni saqlash va boshqa formatlarga oʻzgartirish masalalari. Avtomatik toʻldirish. Maʼlumotlar bilan ishlash: koʻp darajali saralash, guruhlash va filtrlash. Formulalar: formulalar tuzilishi va operatorlari, formulalardagi havolalardan foydalanish xususiyatlari, formulalardagi tipik xatolar va ularni tuzatish usullari, murakkab formulalarni bosqichma-bosqich hisoblash imkoniyati. Funksiyalar: matematik va statistik funksiyalar, turli funksiyalardan foydalanish xususiyatlari. Mantiqiy funksiyalarga haqida tushuncha. Raqamlar, sanalar va vaqtlar uchun shaxsiy formatlarning xususiyatlari. Izohlar va hujjat himoyasidan foydalanish. Fayllar, ish kitoblari, varaqlar, alohida yacheykalar va diapazonlarni ruxsatsiz oʻzgartirishdan himoya qilish protseduralari. Diagrammalar: diagramma maʼlumotlar manbalari bilan ishlash, diagramma uslubini shakllantirish va tanlash. Makroslar. Chop etish: Sahifa parametrlarini sozlash va yoʻnalishni tanlash. Kolontitullarni yaratish tartibi. Izohlarni chop etishning xususiyatlari. Katta jadvallarni chop etishda sozlashlar.

4

10.

TAQDIMOT HUJJATLARI BILAN ISHLASH

Taqdimot fayllarining formatlari. Fayllarni saqlash va boshqa formatlarga oʻzgartirish masalalari. Turli rejimlarda slaydlar bilan ishlash. Avtomatik tarkib va shakllantirish shablonlari masteri. Diagrammalarni yaratish va tahrirlash. SmartArt tashkiliy jadvallaridan foydalanish. Jadvallarni yaratish va tahrirlash. Xususiy shakllantirish shablonini (mavzusini) yaratish. Slayd namunasidan foydalanish. Multimedia taqdimotini yaratish. Taqdimotga ovoz va videokliplarni qoʻshish. Slayd matni va obyektlari animatsiyasi. Harakatni sozlash. Boshqarish tugmalari va oʻzgartuvchilardan foydalanish. Giperhavolalarni yaratish. Oʻtish va slaydlar vaqtini sozlash. Slayd-film tayyorlash. Slaydlar uchun izohlar yaratish va ulardan foydalanish. Toʻliq ekranli koʻrsatishni boshqarish: qoʻlda yozilgan izohlar, slaydlarni yashirish, ixtiyoriy slaydlarga oʻtish. Kolintitullarni qoʻshish. Namuna mahsullar va izohlar bilan ishlash. Taqdimotni joylash — kompakt diskka yozishga tayyorlash. Taqdimotlarni Internetda nashr qilish uchun tayyorlash.

4

11.

MAʼLUMOT BAZALARI BILAN ISHLASH

Lokal va taqsimlangan maʼlumotlar bazalari. Relyatsion maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish. Maʼlumotlar bazalarining asosiy obyektlari: jadvallar, soʻrovlar, sxemalar, indekslar va kalitlar. Jadvallar parametrlari: maydonlar, maʼlumotlar turlari va maydon oʻlchamlari. Jadvallar, soʻrovlar va hisobotlarni yaratish, tahrirlash va olib tashlash. Koʻp jadvalli maʼlumotlar bazalari. Oʻzaro bogʻliq jadvallarni tashkil qilish. SQL ifodalarining turlari. Soʻrovlar yordamida maʼlumotlarni qoʻshish, yangilash va olib tashlash. Kirish yozuvining cheklovlari. Maʼlumotlar bazasi foydalanuvchilarini boshqarish. Maʼlumotlarni eksport va import qilish.

4

12.

KOMPYUTER TARMOQLARI VA INTERNET TEXNOLOGIYALARI

Zamonaviy simli va simsiz tarmoq texnologiyalari. Tashkilot va korxonalar faoliyatida lokal va global tarmoqlardan foydalanish xususiyatlari. VPN texnologiyalariga asoslangan tarmoqlar . Internet tarmogʻidan foydalanishni tashkil etish. WWW taqsimlangan tizimlar va ilovalar uchun platforma sifatida. Taqsimlangan axborot tizimlarini joriy qilishda Internetning roli. “Grid” va “bulutli texnologiyalar”ning xususiyatlari. Internet provayderlari va Internet xizmatlarini taqdim etish. Internetda manzillash. Elektron manzillarining turlari va tuzilishi. Elektron pochta va “tezkor xabarlar”. Xabarlar va pochta qutisi. Elektron pochta manzili tuzilishi. Filtrlar va qora roʻyxat. Pochta serveri va mijoz. Internet tarmogʻi protokollari. Proksi-xizmatlar va axborotni marshrutlash.

4

Jami:

36

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi oʻz faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv dasturiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi 73-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining tayanch oʻquv markazlarini tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Oliy taʼlim muassasalari

Vazirlar Mahkamasi komplekslari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

Makroiqtisodiy rivojlanish, iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha kompleks

2.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlarini qayta ishlash masalalari boʻyicha kompleks

3.

Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti

(yoʻl qurilish va transport tarmoqlari boʻyicha)

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari boʻyicha kompleks

4.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

(qurilish, arxitektura va kommunal sohalar boʻyicha)

5.

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali.

(neft va gaz sohasi boʻyicha)

Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari boʻyicha kompleks

6.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.

(geologiya, yoqilgʻi-energetika, metallurgiya sohasi boʻyicha)

7.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

(kimyo va neft-kimyo sohalari boʻyicha)

8.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotni standartlashtirish masalalari boʻyicha kompleks

9.

M. Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti

(fan, taʼlim va yoshlar siyosati sohasida)

Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha kompleks

10.

Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

(sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida)

11.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

(madaniyat va sport sohasida)

12.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha kompleks