06.03.2014 yildagi 133-f-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FARMOYIShI

Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida koʻzda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillarining 2014-yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda 15-mart kuni umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2014-yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda 15-mart kuni umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi guruh (A.Ikramov), Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (A.Ahmedov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar, aholi punktlari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni, koʻp qavatli uylar yon-atrofi va hovlilar hududini, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, boʻsh hududlarda bogʻlar barpo etish, daraxtlarni oqlash va butash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksa va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, boquvchisini yoʻqotgan kam taʼminlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari oʻtkazilishi jarayonida toʻplangan chiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumxalq xayriya hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Meva-sharbat” bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi, Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda joylardagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari qishloq va mahallalar hududlarini koʻkalamzorlashtirish hamda yangi bogʻlar barpo etish uchun zarur boʻladigan manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini tegishli tashkilot hamda korxonalarga oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida yetkazib berishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (A.Ahmedov), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi (B.Ganiyev) va mahalliy davlat hokimiyati organlariga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish tadbirlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, taʼlim muassasalari, harbiy qismlar va boshqa tashkilotlarni, shuningdek respublikaning barcha aholisini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablagʻlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimi, tuman va shahar boʻlinmalari boshqaruvlarining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi (A.Ahmedov) xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, kam taʼminlangan oilalarga, nogiron va yolgʻiz keksalarga moddiy hamda maʼnaviy yordam koʻrsatish, yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mahallalardagi mavjud sport maydonchalarini joriy taʼmirlash hamda ularni kerakli sport anjomlari bilan jihozlash, fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash kabi tadbirlarga sarflanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (A.Ahmedbayev) obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi davomida, ayniqsa, umumxalq xayriya hashari kuni jamoat tartibini saqlash, yongʻin va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin hamda hashar tadbirlarida texnik jihatdan soz boʻlgan texnika vositalaridan foydalanishni nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov) va boshqa ommaviy axborot vositalariga obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligining borishini hamda umumxalq xayriya hasharining oʻtkazilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 6-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133-f-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 133-f-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda 15-mart kuni umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Ikramov‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari‎
A.Ahmedov‎ —‎‎ “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari‎
O.Abduraxmanov‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, ishchi guruh masʼul kotibi‎
A.Alimov‎ —‎‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
B.Xodiyev‎ —‎‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
U.Inoyatov‎ —‎‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
Oʻ.Xolmuxammadov‎ —‎‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori‎
B.Kurbanov‎ —‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari‎
B.Ganiyev‎ —‎‎ “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi raisi‎
B.Maxmadaliyev‎ —‎‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari‎
D.Allayev‎ —‎‎ “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari‎
D.Usmonov‎ —‎‎ “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
U.Maxmudov‎ —‎‎ “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi boʻlim boshligʻi‎
Lavozim boʻyicha‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va ijtimoiy
‎rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari‎