Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga vazir oʻrinbosari — “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-mart,
PQ-2146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 12-son, 137-modda)