Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 03.03.2014 yildagi PQ-2137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlaridagi ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining quvvatlari bilan iqtisodiyot sohasi va tarmoqlarida kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish hajmlarining oʻsib borishi bilan oʻzaro bogʻliqligini, pudratchi tashkilotlarning ishlab chiqarish-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hisobiga olib borilayotgan qurilish- montaj ishlarining miqyosi va sifatini tubdan yaxshilash, butun qurilish ishlari siklini “kaliti bilan topshirish” usulida bajarishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasi bilan taʼminlangan va qurilish ishlarining butun siklini “kaliti bilan topshirish” usuli bilan bajarilishini taʼminlaydigan Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish- pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmasi 2, 2a va 2b-ilovalariga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2b-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Dasturni amalga oshirish doirasida sanoat, yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, meliorativ va ijtimoiy obyektlar qurilishining sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish omili sifatida qurilish pudrat tashkilotlarining ixtisoslashganligi darajasini koʻtarishga alohida eʼtibor qaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilish sohasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha viloyatlarida filiallari boʻlgan, zamonaviy qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari va maxsus transport lizingi boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan kompaniyasini tuzishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qurilish texnikasini, mashina va mexanizmlarni, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalarini lizing asosida xarid qilishning moliyalashtirish manbalarini, shuningdek mulkchilikning barcha turidagi qurilish tashkilotlariga lizing xizmatlarini koʻrsatish tartibini nazarda tutgan takliflarini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh (B.I. Zakirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari doirasida qurilish-pudrat tashkilotlarining Reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan ishlarning hajmlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini 2014 — 2016-yillarda tashkil etish Dasturi parametrlarini, oqilona hududiy joylashtirish orqali, soʻzsiz bajarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Reyestrga kiritilgan, yangidan tashkil etilayotgan va yiriklashtirilayotgan qurilish pudrat tashkilotlariga “nulinchi” sotib olish stavkasi boʻyicha tegishli investitsiya majburiyatlari asosida yoki davlatning ulushi sifatida beriladigan davlat mulkining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish pudrat tashkilotlarining namunaviy tuzilmalarini, yirik va kichik korxonalar uchun mos ravishda, ularning quvvati va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 3-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2137-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014 — 2016-yillarda yirik ixtisoslashtirilgan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

dona

Hududlar nomlanishi

Yangidan tashkil etiladigan yirik qurilish tashkilotlari soni

Shu jumladan yillar boʻyicha:

Tashkil etiladigan quvvat

2014-y.

2015-y.

2016-y.

Xodimlar soni

Qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar soni

Ishlab chiqarish bazalari soni

JAMI

88

20

30

38

7 763

2 107

229

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

5

1

2

2

700

257

19

Andijon viloyati

7

2

2

3

330

40

17

Buxoro viloyati

6

2

2

2

464

355

13

Jizzax viloyati

7

2

2

3

358

56

22

Qashqadaryo viloyati

7

1

3

3

2150

340

40

Navoiy viloyati

6

2

2

2

132

71

7

Namangan viloyati

7

2

2

3

724

159

28

Samarqand viloyati

6

1

3

2

940

276

21

Surxondaryo viloyati

6

1

2

3

115

41

6

Sirdaryo viloyati

6

1

2

3

143

10

6

Toshkent viloyati

7

2

2

3

450

42

28

Fargʻona viloyati

6

1

2

3

265

59

8

Xorazm viloyati

6

1

2

3

711

94

6

Toshkent shahri

6

1

2

3

281

307

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompleks qurilish pudrat tashkilotining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TAShKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rahbar

 

Birinchi oʻrinbosar — bosh muhandis

 

Iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosar

Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻyicha oʻrinbosar

Kadrlar boʻlimi

Ishlab chiqarish-texnik boʻlim

Moliyaviy iqtisodiy xizmat

Komplektatsiya boshqarmasi

Smeta-shartnoma boʻlimi

Buxgalteriya

Qurilish materiallari va konstruksiyalar boshqarmasi

Qurilish sifati boʻlimi

Yuridik xizmat

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻlimi

Qurilish-ishlab chiqarish boshqarmalari

Dispetcher

Geodezchi

Umumiy qurilish ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi

San�exnika ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi

Binoni shamollatish va haroratini saqlash boshqarmasi

Bosh energetik xizmati

Pardozlash ishlari boʻyicha qurilish boshqarmasi

Elektr montaj ishlari boshqarmasi

Qurilish mexanizatsiyasi va avtotransport boshqarmasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TAShKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rahbar

Bosh muhandis

Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻyicha oʻrinbosar

Moliyaviy iqtisodiy xizmat

Smeta-shartnoma, texnik-ishlab chiqarish boʻlimi

Buxgalteriya

Moddiy-texnikaviy taʼminot boʻlimi

Bosh mexanik xizmati

Kadrlar boʻlimi

Bosh energetik xizmati

Yuriskonsult

Ishlar sifati muhandisi

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi

Geodezchi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy soni bajariladigan qurilish-pudrat ishlarining ixtisoslashuvi va hajmiga bogʻliq boʻlib, 70 nafardan 400 nafargacha, shu jumladan maʼmuriy-boshqaruv xodimlari — 20 nafardan 30 nafargachani tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish-pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

B.I. Zakirov

Bosh vazir oʻrinbosari, Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

S.X. Gaffarov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.M. Mirusmo�ov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

B.B. Alimuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari

U.Z. Salimov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

M.E. Shodiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davarxitektqurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

M.Y. Eshmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari

Z.B. Mustafoyev

“Oʻzbeklizing interneyshnl” AJ direktori

T.B. Umarov

“Qurilish lizing” AK direktori

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

N.M. Xanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli vazifalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 121-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son; 02.04.2018-y., 07/18/3646/0981-son)