Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 05.03.2014 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarining muomalada boʻlish muddati 2014-yil 1-iyulda tugashi munosabati bilan hamda davlat tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni soʻzsiz bajarish, fuqarolar omonatlarining kafolatli himoya qilinishini taʼminlash, aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash maqsadida, shuningdek 2014-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini qabul qilish, saqlash va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining vakolatli boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini indeksatsiya qilish va toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholidan zayom obligatsiyalarini qabul qilish 2014-yil 1-apreldan 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining vakolatli boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalari taqdim etilganda obligatsiyalar saqlovchisining nomiga, unga tegishli tasdiqnoma bergan holda, “talab qilib olish hisob raqami” ochiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalari saqlovchilariga pul mablagʻlarini toʻlash, indeksatsiya qilishni hisobga olgan holda, 2014-yil 1-avgust — 30-noyabr davrida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan zayom obligatsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi hamda qabul qilinmaydi va toʻlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini qabul qilish va toʻlash masalalari boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin, unga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, Xalq bankining vakolatli boʻlinmalari ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish va hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi oʻrtasida zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlashni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini qabul qilish, xatlovdan oʻtkazish va toʻlash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini qabul qilish yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni indeksatsiya qilish miqdorlari boʻyicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 10-martgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida aholidan Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni va bankning zayom obligatsiyalarini qabul qilishga vakolatli boʻlinmalari roʻyxatini eʼlon qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-martgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan Xatlov dalolatnomasi asosida bankda saqlanayotgan ilgari realizatsiya qilinmagan zayom obligatsiyalari qoldiqlarini belgilangan tartibda yoʻq qilishni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning vakolatli boʻlinmalarida zayom obligatsiyalarini qabul qilishga tayyorlanish, tegishli hisob raqamlari ochish hamda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar boʻyicha zarur tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda respublika aholisi oʻrtasida zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha keng tushuntirish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish tadbirlari kompleksini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini chiqarish va uni tarqatish tartibi toʻgʻrisida” 1992-yil 6-apreldagi 165-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 51-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomini qabul qilish va toʻlash masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T A R K I B I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Azimov R.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, komissiya raisi ‎
Mullajonov F.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, komissiya raisining oʻrinbosari ‎
(lavozimiga koʻra)‎ —‎ Davlat-tijorat Xalq banki raisi ‎
Yusupov B.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Ikromov M.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Xudoyqulov S.X.‎ —‎ “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori ‎
Xusanov N.D.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqarma boshligʻi ‎
Umarov R.A.‎ —‎ Davlat-tijorat Xalq bankining departament direktori ‎
Islamov A.R.‎ —‎ Davlat-tijorat Xalq banki raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya kotibi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-martdagi 51-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini (keyingi oʻrinlarda zayom obligatsiyalari deb ataladi) qabul qilish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zayom obligatsiyalari taqdim etuvchining qimmatli qogʻozlari hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi oʻrinlarda zayom obligatsiyalarini saqlovchilar deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining vakolatli boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda Xalq banki yoki bank boʻlinmasi deb ataladi) toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlashga tegishli masalalarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12 foizli ichki yutuqli zayomi obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Respublika komissiyasi bayonnomalar shaklida rasmiylashtirilgan va majburiy tusga ega boʻlgan kollegial qarorlar qabul qiladi. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatini oʻzi tasdiqlaydigan ish reglamenti asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq banki Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi hamda u qabul qiladigan hujjatlarning hisobini yuritadi va saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Zayom obligatsiyalari ularni saqlovchilar tomonidan Xalq bankining boʻlinmasiga banklarning ish rejimiga muvofiq 2014-yil 1-apreldan 2014-yil 1-iyulgacha toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatda va tartibda bank boʻlinmasiga taqdim etilmagan zayom obligatsiyalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi hamda qabul qilinmaydi va toʻlanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan tartibda toʻlash uchun qabul qilingan zayom obligatsiyalari ularning egalariga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish bank boʻlinmalari tomonidan zayom obligatsiyalarini saqlovchi tomonidan uning asl nusxasi, shuningdek uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti koʻrsatilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bank boʻlinmasining masʼul xodimi zayom obligatsiyalarining asl nusxasi olingandan keyin zayomning har bir obligatsiyasining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini tekshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini raqamlashda aniq koʻrinib turgan qalbakilashtirishning yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalari ustiga yozib qoʻyilgan (nominal) qiymatni yozuv bilan belgilashda teshish belgilarining yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular toʻlanganligi toʻgʻrisida hisob-kitob shtamplarining izi va qoʻlda yozilgan matnlar, shuningdek oʻyish yoki oldin amalga oshirilgan toʻlovning izini boshqa yoʻl bilan yoʻq qilish belgilarining yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalari oʻlchamining yarmidan ortigʻi va unda (ularda) seriyaning har ikki raqami va zayom obligatsiyasining bitta raqami shikastlanmagan koʻrinishda, shuningdek zayom obligatsiyasining orqa tomonida nazorat ottisklari mavjudligi asosiy shartlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda chirish, moylanish, ifloslanish, yirtilish, kertik, bukish chizigʻi boʻyicha eskirganlik va tasodifiy tusga ega boʻlgan boshqa shikastlanishlar, agar zayom obligatsiyalari toʻlovga yaroqliligining qolgan belgilari buzilmagan boʻlsa, zayom obligatsiyalarini qabul qilish uchun toʻsiq hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq boʻlgan zayom obligatsiyalarini qabul qilishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bank boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarini saqlovchi tomonidan taqdim etiladigan zayom obligatsiyalarini qabul qilish boʻyicha har bir operatsiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasiga (Qabul qilingan zayom obligatsiyalari reyestriga) kiritiladi va elektron fayl shaklida belgilangan tartibda saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom har bir obligatsiyasining yuza tomonida u qabul qilingan sana, bank boʻlinmasining MFOsi va masʼul xodimning familiyasi (ismi va otasi ismining bosh harflari) koʻrsatilgan holda “QABUL QILINDI” shtampi bosiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlovchiga qatʼiy hisobot beriladigan tegishli hujjat — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnoma berilgan, unga “2014-yil 1-avgustdan boshlab 30-noyabrga qadar pul mablagʻlarini olish uchun taqdim etish sharti bilan” belgisi qoʻyilgan va saqlovchining nomiga “talab qilib olish” hisob raqami ochilgan holda belgilangan tartibda toʻlash uchun qabul qilingan barcha zayom obligatsiyalarining ustiga yozib qoʻyilgan (nominal) qiymati jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlash uchun qabul qilingan zayom obligatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlash uchun bankning omborxona boʻlinmasiga topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boyliklarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlmagan bank boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteri zayom obligatsiyalari tegishli saqlash shart-sharoitlariga ega boʻlgan yaqindagi bank boʻlinmasiga inkassatsiya qilinishi, saqlanishi va tashilishini belgilangan tartibda tashkil etishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq boʻlmagan zayom obligatsiyalari taqdim etilganda va zayom obligatsiyalarining haqiqiyligiga shubha tugʻilgan hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bank boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha alohida elektron maʼlumotlar bazasiga (Qabul qilingan shubha tugʻdiruvchi zayom obligatsiyalari reyestriga) maʼlumotlar kiritiladi. Ushbu maʼlumotlar bank boʻlinmalarida elektron fayl shaklida saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyalarining yuza tomoniga “QABUL QILINDI” shtampi qoʻyilmaydi, bunda qabul qilish sanasi va bank boʻlinmasi masʼul xodimining identifikatsiya shtampi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zayom obligatsiyasini(larini) saqlovchiga 30 (oʻttiz) kun mobaynida bank boʻlinmasiga kelish toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kvitansiya beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bank boʻlinmasining rahbari har haftada juma kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi inkassatsiya xizmati orqali bosh bankka haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tegishli xulosani olish uchun reyestrni ilova qilgan holda zayomning toʻplanib qolgan obligatsiyalarini yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tekshirish yakunlari boʻyicha zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligi eʼtirof etilgan taqdirda bank boʻlinmasining tegishli masʼul xodimi tomonidan zayom obligatsiyalarini saqlovchi kelganda berilgan kvitansiya olib qoʻyiladi va ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tartib-qoida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tekshirish yakunlari boʻyicha zayom obligatsiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalbakilashtirilganligi eʼtirof etilgan taqdirda — bank boʻlinmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovga yaroqli emas deb eʼtirof etilgan taqdirda — bank boʻlinmasining tegishli masʼul xodimi tomonidan saqlovchi kelganda berilgan kvitansiya olib qoʻyiladi va “YaROQLI EMAS” shtampi bosilgan holda zayomning yaroqli boʻlmagan obligatsiyasi qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bank boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteri zayomning qabul qilingan obligatsiyalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda bankning Markaziy operatsiya filialiga berilgunga qadar ularning saqlanishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Elektron maʼlumotlar bazasiga (reyestrga) kiritilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼuliyat bankning tegishli masʼul xodimiga, bank boʻlinmasining rahbari va bosh buxgalteriga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu faoliyatni amalga oshirishni muvofiqlashtirish Xalq banki Boshqaruvi raisining buyrugʻi asosida bosh bankning tegishli boʻlinmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Zayom obligatsiyalarini tekshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Zayom obligatsiyalarini tekshirish, ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan bank boʻlinmasining tegishli masʼul xodimi tomonidan taqdim etilganda zayom obligatsiyalarining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini tekshirishning asosiy shartlari hisobga olingan holda, bank boʻlinmasining tegishli masʼul xodimi (zayom obligatsiyalari taqdim etilganda) va bosh bank tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizomning 7-bandi talablariga muvofiq boʻlmagan va ularning haqiqiyligi shubha tugʻdirgan boshqa hollarda zayom obligatsiyalarini tekshirish bosh bankning tegishli boʻlinmasi tomonidan, shu jumladan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan taqdim etilgan zayom obligatsiyalarining himoya elementlari tavsifiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Zayom obligatsiyalarini tekshirish yakunlari bosh bankning tegishli boʻlinmasining ikki nusxadagi xulosasi bilan rasmiylashtiriladi, ulardan biri zayomning obligatsiyasi(lari) asl nusxasi bilan birgalikda reyestrga muvofiq bankning tegishli boʻlinmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Zayom obligatsiyasi toʻlovga yaroqli emas deb eʼtirof etilgan taqdirda bosh bankning tegishli boʻlinmasi tomonidan zayom obligatsiyasining yuza tomoniga “YaROQLI EMAS” shtampi bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Haqiqiylik va toʻlovga yaroqlilik boʻyicha bosh bankning tegishli boʻlinmasi xulosasini bank boʻlinmasiga taqdim etish muddatlari ular tushgan paytdan boshlab ikki haftadan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Zayom obligatsiyalarini indeksatsiya qilish va toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Zayom obligatsiyalarini qabul qilish va tekshirish tugallangandan keyin Xalq banki 2014-yil 5-iyulgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 2014-yil 1-iyuldagi holatiga koʻra bank boʻlinmalari boʻyicha Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yigʻma reyestrini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taqdim etilgan Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yigʻma reyestri asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan bankning Ichki audit boshqarmasi bilan birgalikda 2014-yil 12-iyulgacha boʻlgan muddatda qabul qilingan zayom obligatsiyalarini Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining yigʻma reyestri bilan solishtirish amalga oshiriladi, uning yakunlari Taqqoslash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taqqoslash yakunlari besh kun muddatda Respublika komissiyasi majlisida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ushbu Nizomga muvofiq toʻlash uchun qabul qilingan barcha zayom obligatsiyalarining ustiga yozib qoʻyilgan (nominal) qiymatining uzil-kesil summasi aniqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga indeksatsiya miqdori boʻyicha taklif kiritilgan holda tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika komissiyasi tomonidan kiritilgan takliflar asosida bir hafta muddatda zayom obligatsiyalari boʻyicha indeksatsiya miqdori toʻgʻrisida tegishli qaror chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xalq banki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingandan keyin ikki kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, indeksatsiya shartlarini hisobga olgan holda, zayom obligatsiyalari qiymatining uzil-kesil summasini Xalq bankining hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi tegishli talabnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan talabnoma va tasdiqlovchi hujjatlar asosida uch kun muddatda, indeksatsiya shartlari hisobga olingan holda, zayom obligatsiyalari qiymatining barcha summasini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xalq banki zayom obligatsiyalari qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgandan keyin ikki kun muddatda tegishli summani, indeksatsiya shartlarini hisobga olgan holda, mablagʻlarni zayom obligatsiyalarini saqlovchining hisob raqamiga oʻtkazish (yetkazib berish) uchun bank boʻlinmasiga oʻtkazadi, shundan keyin bank boʻlinmasi tomonidan qatʼiy hisobot beriladigan hujjat — tasdiqnoma va shaxsini tasdiqlaydigan hujjat — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti koʻrsatilgandan keyin zayom obligatsiyalarini toʻlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Zayom obligatsiyalarini yoʻq qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xalq banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2014-yilning 20-martigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan bank bilan birgalikda taqdim etilgan Xatlov dalolatnomasi asosida bankning Markaziy operatsiya filialida saqlanayotgan zayom obligatsiyalarining ilgari realizatsiya qilinmagan qoldiqlarining belgilangan tartibda yoʻq qilinishini belgilangan tartibda tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bank boʻlinmasi mablagʻlar, qoʻllanilgan indeksatsiya koeffitsiyentini hisobga olgan holda, obligatsiyalarni saqlovchining hisob raqamiga oʻtkazilgandan (yetkazib berilgandan) keyin 2014-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilingan va bank boʻlinmasida saqlanayotgan zayom obligatsiyalari bankning Markaziy operatsiya filialiga belgilangan tartibda yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bankning Markaziy operatsiya filiali Respublika komissiyasiga tegishli axborotni taqdim etgan holda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va 2014-yil 31-oktabrgacha saqlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xalq banki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2014-yil 25-noyabrgacha boʻlgan muddatda qabul qilingan zayom obligatsiyalarining belgilangan tartibda yoʻq qilinishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Zayom obligatsiyalarini yoʻq qilish natijalari boʻyicha Yoʻq qilish dalolatnomasi tuziladi. Yoʻq qilish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida, ikkinchi nusxasi esa Xalq bankida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bank boʻlinmalarining qalbaki yoki toʻlovga yaroqli boʻlmagan zayom obligatsiyalari qabul qilinishiga, ortiqcha summalar toʻlanishiga, shuningdek ushbu Nizom shartlari buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlari ularning xatti-harakati bilan yetkazilgan zarar uchun tegishli ravishda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Bank boʻlinmasi zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash boʻyicha sodir etilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sirini saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bank rahbariyati bank boʻlinmalari xodimlariga tegishli yoʻl-yoʻriq berishga, bank boʻlinmalarida koʻzga koʻrinarli joyda zayom obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishini taʼminlashga, belgilangan tartibda “ishonch telefoni” ishini, shuningdek zayom obligatsiyalari boʻyicha operatsiyalarni sodir etishda xodimlarning belgilangan tartibga rioya qilishi yuzasidan joriy nazoratni tashkil etishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan obligatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Qabul sanasi F.I.O.‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani Obligatsiya nominali Obligatsiyaning seriya nomeri Razryad‎i Obligatsiya nomeri‎ Bank boʻlinmasining MFOsi Masʼul xodim
1.‎
2.‎
...‎
...‎

Jami summa

Rahbar ‎‎
Bosh buxgalter
m.oʻ.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12- foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎TASDIQNOMA‎

‎‎Seriya_____ № _____________

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining‎ ‎‎______________________________‎

‎‎(boʻlinma nomi)‎

‎‎Bank boʻlinmasining MFOsi______________
‎‎Quyidagi obligatsiyalar 2014-yil “____” ______________ da qabul qilindi:
T/r‎ Obligatsiyalar nominali‎ Seriya nomeri ‎ Razryadi‎ Obligatsiya nomeri‎

1.‎

2.‎

...‎

...‎

jami
‎summa

Summa (soʻz bilan) ‎‎
‎‎ soʻm‎ tiyin‎
‎‎Obligatsiya saqlovchisining pasport maʼlumotlari __________________________________
____________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani)‎‎

Zayom obligatsiyasining saqlovchisi‎

_____‎________________________ ‎‎______________________________

(F.I.O.)‎‎‎

(imzo)‎‎‎

2014-yil 1-avgust — 30-noyabr davrida pul mablagʻlarini olish uchun taqdim etish sharti bilan.
Masʼul xodim‎ ‎‎______________________________ ‎‎______________________________

‎‎(F.I.O.)‎

(imzo)

Nazoratchi‎ ‎‎______________________________ ‎‎______________________________

(F.I.O.)‎‎‎

‎‎(imzo)‎

M.Oʻ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan shubha tugʻdiruvchi obligatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Qabul sanasi F.I.O.‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani Obligatsiya nominali Obligatsiyaning seriya nomeri Razryad‎i Obligatsiya nomeri‎ Bank boʻlinmasining MFOsi Masʼul xodim
1.‎
2.‎
...‎
...‎

Jami summa‎

Rahbar ‎‎
Bosh buxgalter
m.oʻ.‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎2014-yil “____” ______________‎

____________‎ soʻm‎‎ ___________ tiyin uchun‎ KVITANSIYA №________‎
____________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________dan

‎‎(obligatsiya saqlovchisining F.I.O.; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani)

‎‎___________________________________________________________________tomonidan

(bank boʻlinmasi, MFO)‎‎

quyidagi obligatsiya(lar) u(ular)ning haqqoniyligini va toʻlovlilikni aniqlash uchun qabul qilindi:
T/r‎ Obligatsiya nominali‎ Seriya nomeri ‎ Razryadi‎ Obligatsiya nomeri‎

1.‎

2.‎

…‎

…‎

Jami
‎summa‎

Summa (soʻz bilan)‎ ‎‎
soʻm‎ tiyin‎
‎‎Kvitansiyada koʻrsatilgan zayom obligatsiyalarini‎
‎‎qabul qilgan masʼul xodim ______________________________________

‎‎(F.I.O.)

Nazoratchi‎ ‎‎______________________________‎

‎‎(F.I.O.)‎‎‎‎

M.Oʻ.‎
‎‎Kvitansiya masʼul xodim va nazoratchining imzolari hamda muhr mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiydir.‎‎
‎‎Zayom obligatsiyasining saqlovchisi _______________________________________________‎

‎‎(imzo, F.I.O.)‎

‎‎Bank boʻlinmasiga kelish sanasi: 2014-yil “____” _______________gacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yilgi 12-foizli ichki yutuqli obligatsiyalarini qabul qilish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan zayom obligatsiyalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIGʻMA REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Qabul sanasi F.I.O.‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgani Obligatsiya nominali Obligatsiyaning seriya nomeri Razryad‎i Obligatsiya nomeri‎ Bank boʻlinmasining MFOsi Masʼul xodim
1.‎
2.‎
...‎
...‎

Jami summa‎

Rahbar ‎‎
Bosh buxgalter
M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 109-modda)