Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.11.2006 yildagi PQ-504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sportchilarini 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo oʻyinlariga sifatli tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan shaxsiy natijalari hamda ularning maʼnaviy-irodali sifatlaridan kelib chiqib, mamlakat terma jamoalarining Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishi uchun sport turlari boʻyicha jamlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarining yakunlovchi bosqichida mamlakat terma jamoalarining sifatli tayyorgarligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston sport delegatsiyasining 340 kishidan iborat tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga mamlakatimiz sport delegatsiyasining Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo oʻyinlarida qatnashishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni 2-ilovaga* muvofiq qoplash uchun moliyaviy mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sportchilarining 150 kishilik delegatsiyasi qatnashishi bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va homiylar hisobidan 2-ilovaga muvofiq qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur oʻyinlarda Oʻzbekiston sport delegatsiyasi qatnashishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlarini oʻz vaqtida erkin muomaladagi valyutaga belgilangan tartibda almashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sport delegatsiyasini tayyorlash va unda qatnashish uchun rasmiy-parad formasi, sport ekipirovkasi, maxsus sport formasi, inventar hamda uskunalarni respublikaga olib kirishda bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadi daromad (foyda) soligʻi toʻlashda 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishiga yoʻnaltirilgan mablagʻlarga teng summa kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mamlakatning terma jamoalari tarkibiga kiritilgan harbiy xizmatchilar, talabalar hamda oʻquvchilarning 2006-yilgi XV Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi mamlakat sport delegatsiyasi aʼzolari — XV Osiyo oʻyinlari ishtirokchilarining chiqish hujjatlari oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston terma jamoalarining Toshkent-Sharja-Toshkent yoʻnalishida imtiyozli shartlar boʻyicha uchishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sport delegatsiyalari ishtirokchilarining Toshkent aeroportidagi SIP zalidan xizmat uchun toʻlov undirilmagan holda oʻtishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV Osiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarining tayyorgarlik jarayoni va unda qatnashish natijalarini ommaviy axborot vositalarida belgilangan tartibda keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sovplastital” QK, “Oniks” IChB, “Fonon” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston MOQ eskizlari boʻyicha XV Osiyo oʻyinlariga joʻnab ketadigan Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun sovgʻa mahsulotlari va zarur atributlarni imtiyozli shartlar asosida tayyorlab bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston sport delegatsiyasining XV Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi bilan bogʻliq masalalarni hal etishda faol ishtirok etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat terma jamoalariga idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikaning barcha sport bazalarida ijara toʻlovlari undirilmagan holda oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 6-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-504-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 11-son, 628-modda)